OLIY TA’LIM MUASSASALARI BAKALAVRIATIGA KIRISH TEST SINOVLARIDA
ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN FOYDALANILADIGAN TEST VARIANTI
TAFSILOTI
1. Test variantining qo‘llanish maqsadi
Ona tili va adabiyot fanidan test topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
muassasalariga kirish test sinovlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat
ta’lim
standartlari, ona tili va adabiyot faniga oid umumta’lim o‘quv dasturlarida o‘zlashtirilishi
belgilangan bilim, ko‘nikma, malaka talablari asosida abituriyentlarning tayyorgarlik darajasini
aniqlab berish uchun mo‘ljallangan.
2. Test variantini shakllantirishda asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlar
Ona tili va adabiyot fanidan test topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim
standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga muvofiq amaldagi davlat ta’lim standarti, ona tili
va adabiyot faniga oid umumta’lim o‘quv dasturlari, ta’limning vakolatli
davlat tashkilotlari
tomonidan tavsiya etilgan hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida amalda
qo‘llanayotgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarga tayangan holda shakllantiriladi.
3. Ona tili va adabiyot fanidan shakllantiriladigan test
variantining tarkibi
Ona tili va adabiyot fanidan
mutaxassislik fani sifatida shakllantiriladigan test varianti ikki
qismdan tarkib topgan. Birinchi qism ona tili faniga oid 18 ta test topshirig‘idan, ikkinchi qism
adabiyot faniga oid 12 ta test topshirig‘idan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball
belgilangan.