Lim muassasalariga kiruvchilar uchun savollar kitobi


ASOSIY BLOK: ONA TILI VA ADABIYOTI


Download 390.84 Kb.
bet2/5
Sana03.02.2023
Hajmi390.84 Kb.
#1151048
1   2   3   4   5
Bog'liq
I blok (ona ingliz)

ASOSIY BLOK: ONA TILI VA ADABIYOTI
31. Mo'ylovning guruhida 40 ta o‘quvchi bor edi. Ma’no ko‘chish turini aniqlang.
A) metanimiya B) sinekdoxa C) vazifadoshlik D) kinoya

32. Sof ko‘makchi qatnashgan qatorni aniqlang.


A) Gapirishdan avval o‘ylab ko‘rish lozim
B) Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi
C) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar
D) Gap futbol o‘yini ustida ketardi.
33. Nelardan so‘zlar kaftimdagi xarita.
Ma’no ko‘chish turini aniqlang.
A) metanimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik

34. Yasama so‘zni aniqlang.


A) uxlamoq B) uhlamoq C) buklamoq D) savalamoq

35. Ism sanaladigan so‘zlar qatorini aniqlang.


A) o‘g’lon, pushti, poya, borish, men
B) har bir, hech kim, har vaqt, har lahza
C) bormoq, qizil, kimdir, sholi, bug‘doy
D) taq-tuq, evoh, albatta, yoki, -chi

36. Ismning munosabat shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?


A) kelishik, egalik, -man, -san, -dir
B) ko‘plik, kichraytirish, egalik
C) zamon, mayl, shaxs-son
D) egalik, kelishik ko'plik

37. Hokim so’zi ot bilan ifodalangan so‘z birikmalarini aniqlang.


A) gulning qizili, hammadan tez, o‘qimishli bola
B) navro'z bayrami, o‘rik hidi, qattiq aziyat
C) sarson aylan, akam o‘quvchi, qiz o‘rtoq
D) o‘sgan nihol, kitobni qadrlash, oy yuz

38. Na...na yordamchisi yuklama vazifasida qo'llangan qatorni toping.


A) Na so‘ngiga yetoldi ishning, na dunyoni anglab ulgurdi.
B) Na otam, na onam, na oilam bor.
C) Na saljuq, na Chingiz qilmadi shafqat.
D)Na sen bording, na u bordi.

39. Hayqiraman tog'lar bag‘ridan.


Gap qanday bo‘laklardan tuzilgan?
A) kesim, aniqlovchi, hol B) kesim, ega, hol
C) kesim, ega, to‘ldiruvchi D) kesim, aniqlovchi, ega

40. Gap bo’laklari tartibi quyidagi shartli belgilarga mos keladigan qo’shma gapni aniqlang.


To’ldiruvchi-kesim-aniqlovchi-ega-aniqlovchi-to’ldiruvchi-kesim
A) Kitoblar o‘qing, chunki badiiy asarlar insonning dunyoqarashini shakllantiradi.
B) Bog‘da taralar gullarning muattar bo‘yi yangraydi qushlarning sho’x navosi
C) Shuni bilingki, shirinsuxan oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi
D) Shunga aminmanki, mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning...

41. Qismlari o‘zaro ko'makchi yordamida bog‘langan fe’lli birikmalarni aniqlang.


1) yurt deya kurashmoq; 2) yo‘lga qadar; 3) kitob kabi qadrli; 4) vatan uchun jon bermoq; 5) dala tomon ketmoq; 6) uyga taklif qilmoq.
A) 3, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 4, 5

42. Vazifadosh ko‘makchilar qatorini aniqlang.


A) sari, ko‘ra, qaramay, singari B) uchun, tufayli, uzra, haqida
C) orqali, bilan, sayin, keyin D) ko‘ra, qarab, deb, atab
43. Qaysi maqolda ikkita bitishuvli birikma mavjud?
A) Aqlsiz do‘stga kular, aqlli do‘stini suyar.
B) Qardoshingni yomonlab, qaydan tuqqan toparsan.
C) Issiq ovqat, issiq non dasturxonga tortildi.
D)Nomardga yalinma, bir baloga chalinma

44. Gumon olmoshi qatnashgan gapni toping.


A) U nimadir qizil va ko‘k o‘sadi?
B) Kimdir seni sog‘ insa, shu baxt.
C) Men nechun sevaman O’zbekistonni?
D) Sen meni ortimda nima qilyapsan?

45. Zargarov sahrodagi ishlarning miqyosini tasvirlab berdi.


Qaratqich aniqlovchi qaysi turkumdagi so‘z bilan ifodalangan?
A) sifat B) ravish C) fe’ l D) ot

46. Qaysi javobda asosi shakldoshlik xususiyatiga ega yasama so‘zlar berilgan?


A) Umum, chog‘lamoq, yoniq, ozaymoq
B) bog‘li, karamli, oqimtir, paxtakor
C) Chopiq, terim, qo‘shilmoq, o‘rinsiz
D) savdogar, kulgi, otlanmoq, karamli

47. O’timli fe’lni aniqlang.


A) chopmadi B) sovimadi C) supurdi D) esdi

48. Hukmronlikni o‘rnatadigan, himoya qiladigan, ko’paytiradigan narsalar, katta boylik qo‘shin, adolatli siyosatdir, ularni bir biridan ayro tasavvur qilish qiyin.


Ushbu gapdagi fe’llar haqida qaysi fikr xato?
A) Ushbu gapda barcha fe’llar o’timli sanaladi.
B) Ushbu gapdagi barcha fe’llar yasama fe’l hisoblanadi.
C) Ushbu gapdagi barcha fe’ller tarkibida lug‘aviy shakl yasovchi fe’ller qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi sodda yasama fe’llar bir xil so‘z turkumidan yasalgan.

49. Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,


Quyoshga bir savat gul tutib xursand.
Baytda qanday badiiy san’at qo‘llanilgan?
A) tazod B) talmeh C) tashxis D)iyhom

50. Qaysi javobda bir adabiy turga oid asarlar nomi keltirilgan?


A) «Ot egasi» (Sh. Xolmirzayev) «Ikki eshik orasi»
(O’. Hoshimov), «Oltin devor» (E. Vohidov
B) «Bu men tug‘ilgan tuproq» (M irtem ir) «Turkiylar»
(Sh. Rahmon) «Qiyomat qarz» ( O’. Umarbekov)
C) «Urushning so‘nggi qurboni» ( O’. Hoshimov)
«Shubha» (Thokur), «Yulduzli tunlar» (P. Qodirov)
D) «Yulduzlar mangu yonadi» (T. Murod) «Yovvoyi yo‘rg’a» (E.S. Tompson) «Sohibqiron» (A. Oripov)

51. " Qochoq" hikoyasida " O'tinning sira keragi yo'q. Po'k ildizdan o'tin chiqmas, bu o'tindan olov chiqmas. Nima qilardiz ildiz yig'ib?"- deya Jannat xolaga mehribonlik qiladigan kim edi?


A) Rayim B) Nizomjon C) To'lanboy D) A'zamjon

52. "Ot egasi " hikoyasida "birovning mulk-u molini o'zlashtirishdan vijdoni qiynalmaydigan, birovning ko'ngil boyligiga ham changal solmoqni xohlaydigan, "birov" deganlar ham odam ekanligi, faqat qorabayiridan ayrilmaslik uchun hamma narsasidan voz kechmoqqa tayyorligini bir zum bo'lsin o'ylamaydigan" obraz qaysi ? A) Eshamat podachi B) Egamberdi Hudoyberdiyev


C) Bo'riboy D) Tangriqul Abdurahmonov

53. “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy fojiasida kimni Jaloliddin: "Jajji kelin" deya ataydi?


A) Sultonbegimni B) Esondavlatbegimni C) Xadichabegimni D) Oychechakni

54. Fors-tojik shoiri Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostonlarida tarso (xristian) qizga ishqi tasvirlangan qaysi obraz Nodiraning "Oqibat" radifli g'azalida talmeh san'atini yuzaga keltirgan?


A) Sulaymon B) Shayx San'on C) Majnun D) Shayx Sa'diy

55. "Oq kema" qissasida nima "qo'y suruvi emas, tarqalib ketmaydi, lekin tashvishi oz emas" deya ta'riflanadi ? A) o'rmon B) daraxt C) tog' D) o'tlar


56. O'tkir Hoshimovning bir adabiy janrga xos bo'lgan asarlarini toping.


1.”Shamollar esaveradi” 2. “Tushda kechgan umrlar” 3. “To'ylar muborak” 4. “Bahor qaytmaydi” 5. “Dunyoning ishlari” 6 “Nur borki soya bor”
A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 4, 5, 6 D) 2, 4, 6

57. Xojaning bizgacha yetib kelgan dostoni kimning asariga nazira shaklida (ergashib) yozilgan?


A) Zahriddin Boburning B) Abdurahmon Jomiyning
C) Nizomiy Ganjaviyning D) Xusrav Dehlaviyning

58. Quydagi uch olamni oʻz asarlarida birlashtira olgan ijodkor kim? "Tabiat... Uch olam (rassomlik, badiiy adabiyot va ilim) nuqtayi nazaridan kelib chiqib tasvirlandi. Aksariyat hollarda bu uch olam nuqtayi nazari,fikri bir-biriga toʻgʻri kelmay qoldi. Rassomlar tabiat i boshqa, olimlar tabiati boshqa boʻlib keldi".


A) Seton-Tompson B) Rasul Hamzatov
C) Chingiz Aytmatov D) Oʻlmas Umarbekov

59. Abdulla Qahhor asarlari ustida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan ijodkor kim? A) Odil Yoqubov B) Primqul Qodirov


C) Abdulla Oripov D) Ibroyim Yusupov

60. "Ko'ngildagi ko'rkam oy og'izdan chiqqach xiralanadi" ushbu so'zlar kimga tegishli ?


A) Alisher Navoiy B) Sadiy Sheroziy C) Abay D) Nizomiy Ganjaviy



Download 390.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling