Lim muassasalariga kiruvchilar uchun savollar kitobi


Download 390.84 Kb.
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi390.84 Kb.
#1151048
  1   2   3   4   5
Bog'liq
I blok (ona ingliz)





OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRUVCHILAR UCHUN
SAVOLLAR KITOBI


ABITURIYENT: _________________________________________ __________ Imzo
F. I. O


Abituriyentlar diqqatiga!!!
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2022-yil 25-apreldagi 13-son bayoni bilan 2022/2023 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlariga ko’ra, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189.0 ballni tashkil etadi va buning uchun ajratilgan vaqt (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) - 3 soat (180 daqiqa) dan iborat. Manba: Davlat test markazi (https://t.me/dtmuzb/4675)
KITOB TIPI - I
MAJBURIY FANLAR:
ONA TILI - (1-10)
MATEMATIKA - (11-20)
O‘ZBEKISTON TARIXI - (21-30)


ASOSIY FANLAR:
ONA TILI VA ADABIYOTI - (31-60)
ENGLISH LANGUAGE - (61-90)


DIQQAT!!! Ushbu testdan olgan ballingiz va boshqa o’quvchilarning natijalarini https://t.me/kildon_edu_atm telegram kanali yoki @kildontestuzbot boti orqali bilishingiz mumkin. Taklif va murojaatlaringiz bo’lsa, @Egamqulov_Dostonjon telegram akkauntiga yozing.


KILDON - 2023

*Bismillahir rohmanir rohim
MAJBURIY BLOK: ONA TILI
1. Qo‘ziqorin, tuyaqush, qizilishton, har bir kabi so'zlar so‘zning tuzilish jihatdan qanday turiga mansub?
A) sodda B) qo‘shma C) juft D) takroriy

2. Yig‘iq gap berilgan javobni toping.


A) Qiziqarli asarni o'qidim.
B) Yoqimli suhbatlarni anchadan beri kutaman.
C) Men o‘qidim, yozdim, yodladim.
D) Bugungi darsimizda o‘quvchilar faol.

3. Xususiyat bildiruvchi sifatlar berilgan qatorni aniqlang.


A) kamtar, hozirjavob, dono B) chiroyli, baland, benuqson
C) yozgi, keng, quvnoq D) qadimiy, yozma, qishki

4. Faqat lug‘aviy shakl yasovchi qo'shimcha olgan so’zlar qatorini aniqlang.


A) kulimsiramoq, uylardagi, borguncha
B) qaynatma, aybsitmoq, topilgan
C) giyohlarni, ajratma, keltirish
D) asabiylashmoq, kelinchak, burchak

5. Bog‘iz undoshi tushirib qoldirilgan so'zlar qatorini toping.


A) Bamayli..otir, ta..sin, maza..
B) So..ibqiron, ..odisa, mar…amat
C) ..usumat, so..ta, da..lsizlik
D) Xar..asha, xo..lamoq, majru…

6. Yasama so’z berilgan javobni toping.


A) mevalar B) mevazor C) mevaning D) mevani

7. ng harfi qaysi qatordagi so'zlarda n va g hisoblanadi?


A) ong, bong, tong B) manglay, tinglamoq, tanglay
C) kongress, ingliz, shtanga D) ingramoq, jiringlamoq, arang

8. Qaysi qatordagi so‘zlarning barchasi to‘g’ri yozilgan?


A) Sinf sardori bo‘lgan voqeani ustozga yetkazish uchun tashqariga chiqib ketti.
B) Bobom shunaqa: ko‘p gapiradigan odamni xech yoqtirmaydilar.
C) Har bir voqea va hodisaga katta mas’uliyat bilan yondashishimiz kerak.
D) Uning uzoq yillar davomida to‘plagan obro‘-e’tiboriga dog’ tushurishga yo‘l qo‘ymayman.

9. Har doim, har zamon, har lahza, har palla, har muddat kabi so‘zlarning turkumi nima?


A) olmosh B) ravish C) fe’l D) ot

10. Imloga oid xato hukm qaysi qatorda mavjud?


A) Qisqartma so‘zlar har doim qo'shib yoziladi.
B) Oliy darajadagi unvon va mukofotlar nomlari tarkibidagi so'zlar har biri bosh harf bilan yoziladi.
C) Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo'shib yoziladi.
D) Muhim tarixiy sana va bayramlar nomi tarkibidagi barcha so‘z bosh harf bilan yoziladi.


MAJBURIY BLOK: MATEMATIKA
11. Bir muzqaymoq narxi 1 yevroga teng. Ammo chegirma bilan 5 yevroga 6 ta muzqaymoq xarid qilishingiz mumkin. Siz 36 yevroga sotib olishingiz mumkin bo'lgan muzqaymoqlarining eng ko'p miqdori qancha?
A) 30 B) 36 C) 42 D) 43

12. Muhammadali asosiy imtihonga tayyorgarlik uchun kitob o'qishni boshladi. U o'qiyotgan ikki ketma-ket sahifalardagi sonlar yig'indisi 177ga teng. U qaysi betni o'qiyotgan bo'lishi mumkin?


A) 86 B) 87 C) 89 D) 90

13. Cristiano Ronaldo ning Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubidagi yillik daromadi 200 mln yevro. Agar 1 yevro = 12 045 so’m bo’lsa, Ronaldo har soatda qancha daromad oladi?


A) 6 450 000 000 so’m B) 320 000 000 so’m
C) 275 000 000 so’m D) 225 000 000 so’m

14. 5-“B” sinfda 35 ta o’quvchi o’qiydi. 11-yanvar kuni darsga qizlarning chorak qismi keldi. O’g’il bolalarning to’qqizdan bir qismi keldi. Agar darsga kelgan o’gil bolalar soni qizlardan 1 taga ko’p bo’lsa, necha o’quvchi darsga kelmagan?


A) 5 B) 25 C) 28 D) 30

15. Maxfiy yig'ilishda kelgan mehmonlar agar aytilgan songa mos sonni aytsa kiritiladi. 1-mehmonga 8 aytildi, u 6 deb kirdi. 2-siga 7 deyildi, U 5 deb kirdi. 3-siga 6 deyildi. U 4 deb kirdi. 4-mehmonga 4 deyildi. U 2 degan edi kiritilmadi. 4 ga mos son nima?


A) 4 B) 3 C) 6 D) 5

16. 6 ta sumkada mos ravishda 15, 16, 18, 19, 20, 31 ta olmalar bor edi. Hasanboy 3 ta sumkani, Zuhraxon 2 ta sumkani, Nizomjon 1 ta sumkani oldi. Agar Hasanboydagi jami olmalar soni Zuhraxondagidan 2 marta ko'p bo'lsa, Nizomjon olgan sumkada nechta olma bor?


A) 18 B) 19 C) 15 D) 20

17. Bayrog'imizda yarim oy yonida 12 ta yulduz bor. 1-qatorda 5 ta, 2-qatorda 4 ta va 3-sida 3 ta. Har bir yulduz kengligi 6 cm va ikki yuzduz orasi bir yulduz kengligida ochiq bo’lsa, 1-qatordagi 1-yulduzning boshidan 5-yulduz oxirigacha bo’lgan masofani toping.


A) 30 cm B) 42 cm C) 54 cm D) 60 cm

18. Sinfda 30 ta o’quvchi bor. Bitta partada 2 ta stul bor. Barcha o’g’il bolalar qiz bolalar bilan o’tirishadi. Qizlarning yarmi o’g’il bolalar bilan o’tirishadi. Sinfda nechta o’g’il bola bor?


A) 25 B) 15 C) 20 D) 10

19. Imom Buxoriy savdo molini 5000 dirham foydasiga olmoqchi bo’lgan 1-savdogarga ertaga kelishini aytdi. Ertasi kuni 2-savdogar 10000 dirham foydani aytsa ham molni 1-savdogarga sotdi. Imom omonatdorlik uchun qancha foydadan voz kechgan? (1 dirham=26000 so’m)


A) 26 000 000 so’m B) 78 000 000 so’m
C) 150 000 000 so’m D) 130 000 000 so’m
20. Tata Steel Chess-2023 xalqaro shaxmat turnirining Master guruhida (guruh peshqadami hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov) dunyoning eng kuchli 14 ta grossmeysteri o’zaro kuch sinashadi. Agar har bir shaxmatchi qolganlari bilan bir martadan o’ynab chiqsa, ushbu guruhda jami nechta o’yin o’tkaziladi?
A) 182 ta B) 168 ta C) 91 ta D) 70 ta


MAJBURIY BLOK: O’ZBEKISTON TARIXI
21. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida» gi qonunda vakillik organlariga nechi yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi.
A) 22 B) 23 C) 24 D) 21

22. Qo‘qon xonligida xazina ishlari va xarajatlarini kim nazorat qilgan?


A) mingboshi B) mehtar
C) qozikalon, qozilar D) muhtasib-raislar

23. Moskvani himoya qilishda mardligi va jasorati uchun “Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlangan shaxsni toping.


A) Sobir Rahimov B) Zebo G`aniyeva
C) Qo‘chqor Turdiyev D) Botir Boboyev

24. Kidariylar davlatining poytaxti?


A) Marv B) Kobul C) Balx D) Hirot

25. Sulton Husayn Boyqaro Amir Temurning ikkinchi o‘g`li………….. ning nabirasi edi


A) Jahongir B) Umarshayx C) Mironshoh D) Shohrux

26. Abdullaxon II kimning ko‘magida Buxoro taxtini amalda egalladi?


A) Muhammad Islom B) Shayx Abubakr Sa`d
C) Xoja Ahror D) Shayx Shamsiddin Kulol

27. Xivada Kalta minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani kim qurdirgan?


A) Eltuzarxon B) Muhammad Rahimxon I
C) Olloqulixon D) Muhammad Aminxon

28. Qachon Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi?


A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII asr

29. Marg‘iyona Antioxiysi o‘sha vaqtdagi (Salavkiylar davlatida) qaysi shahar edi?


A) Termiz B) Baqtra C) Nishopur D) Marv

30. Amir Temur bilan yuzma-yuz o‘tirib suhbatlashishga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi kim?


A) Ibn Arabshox B) Ibn Xaldun
C) Ibn Xavqal D) Ishtaxriy



Download 390.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling