Pmax N
MC
E
Pe*
D=MR
F
Q e* Q
15.4-rasm. Ideal diversifikatsiyalashda foydani ifodalovchi grafik
Ammo, xaridorlar juda ko`p bo`lsa, firma ularning har biri uchun alohida narx belgilashi qiyin. Bu erda asosiy muammo, xaridorlar sotib olishi mumkin bo`lgan narxni aniqlashdir. Firma xaridorlar bilan so`rov o`tkazishi mumkin, lekin xaridor ushbu sotib olishi mumkin bo`lgan maksimal narxni to`g`ri aytadi deb hech kim kafolat bera olmaydi. Shunga qaramasdan, xaridorlar kamroq bo`lganda, real hayotda narx differentsiatsiyasidan foydalanuvchi firmalar ham yo`q emas. Masalan, gazga, elektroenergiyaga aholi va korxonalar to`laydigan narxlar, hayvonot bog`iga, muzeyga kirish chiptalarining yosh bolalarga, katta yoshdagilarga va guruhlarga har xil narxlarda bo`lishi. Bunday hollarda
262
narxni differetsiatsiyalovchi firma iste′molchi ortiqchaligining bir qismini o`zlashtiradi.
Yana bir misol tariqasida poyafzal sotuvchi firmani ko`rib chiqaylik. Sotuvchi har bir poyafzal sotilishidan 20 foiz foyda oladi deylik. Sotuvchi ba`zi bir xaridorlarga tovarni o`z narxida sotsa, boshqa biriga sotganda o`z ulushining bir qismidan voz kechadi, nima uchun deganda, foyda olmagandan ko`ra har bir poyafzaldan 10 foizdan (20 foiz o`rniga) foyda olish uning uchun afzalroq.
Agar narxlar differentsiatsiyasi xaridorlar sonini oshishiga olib kelsa, bundan sotuvchilar ham, xaridorlar ham manfaat ko`radi. Demak, umumiy farovonlik oshadi. Quyidagi 11.5-rasmda ana shu vaziyat tasvirlangan (15.5-rasm).
P
MC S
P3
Pm
P2
Do'stlaringiz bilan baham: |