Asosiy adabiyotlar ro`yxati
Campbell R. McConnel, Stanley L. Brue, Sean M. Flynn. Microeconomics: Principles, Problems and Policies. -19 th ed. – New York. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2015. P. 604.
2. Аддреу ас-Колелл и др. икроэкономическая теория.
Учебник. – .: Дело и Сервис, 2016. - 630 стр.
3. Тарануха .В. икроэкономика. Учебник. – .: Дело и
Сервис, 2011. - 580 стр.
Пиндайк Р., Рубинфильд Д. икрэкономика. / Пер. с англ. –
СПб.: Питер, 2011. - с. 608.
5. Нуриев Р. . Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – .:
Норма, 2012. - с. 576.
Sаlimov B.T., Muхitdinovа U.S., Mustаfаkulov Sh.I., Sаlimov B.B. Mikroiqtisodiyot. Dаrslik. – T.: TDIU, 2005. - 230 b.
331
XIX Bob. KORXONALAR FAOLIYATINI DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
19.1. Iste′molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Tovarga narx bozor tomonidan o`rnatiladigan raqobatlashgan bozorda tovarni ishlab chiqaruvchilar bozor narxida (muvozanat narxida) sotadi, shu bozor narxida iste′molchilar tovarni sotib oladi.
Lekin, ayrim iste′molchilar uchun tovarning qiymati uning bozor narxidan ko`ra yuqoriroq. Shuning uchun ham u tovarni bozor narxidan yuqoriroq narxda ham sotib olishi mumkin.
Iste′molchi ortiqchaligi - iste′molchi tomonidan tovarga to`lashi mumkin bo`lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o`rtasidagi farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, iste′molchining tovar uchun berishi mumkin bo`lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda to`lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng.
Iste′molchi ortiqchaligi (qo`shimcha naf) alohida insonning qanchalik o`rtacha yaxshi yashayotganligini ko`rsatadi.
Iste′molchining umumiy ortiqchaligi bu talab chizig`i bilan bozor narxi chizig`i o`rtasida joylashgan soha (19.1-rasmda shtrixlangan soha).
-
Do'stlaringiz bilan baham: |