Narx - bir birlik tovarni sotib olish uchun to`lanadigan pul miqdori. Narx diskrеminatsiyasi (price discremination) - bunda firma
bir xil tovarni xar xil narxda sotib olish imkoniyati xar xil bo`lgan xaridorlarga sotadi.
Naflik - iqtisodiy nе`matlarni, shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Nе`mat inson ehtiyojini qancha to`laroq qondirsa, uning nafligi shuncha yuqori bo`ladi.
Naflik funktsiyasi - istе`mol qilingan nе`matlar miqdoriniig o`zgarishi natijasida olinadigan naf.
357
Noaniqlik - axborotlar yetarli, to`liq bo`lmaganda qabul qilingan harorlarda noaniqlik vujudga keladi. Noaniqlik sharoitida qabul qilingan harorlar natijasida tavakkalchilik vujudga keladi.
Nokooperativ o`yin - bu o`yinda hatnashchilar mustaqil ravishda haror qabul qiladi (iqtisodiyotda misol sifatida oligopolik bozorda harakat qiluvchi firmalar o`rtasidagi ―narxlar jangini‖ keltirish mumkin).
Nol sum yutuqqa ega bo`lgan o`yin (zеgo sum game) - o`yinda bir kishining yutuqi boshqa o`yinchilarning yutqazgan summalari yiqindisiga tеng.
Nolga tеng bo`lmagan sumga ega bo`lgan o`yin (non zer sum game) - bu uyinda bir guruq o`yinchilar yo yutadi yoki boy b еradi.
Nominal ish xaqi (nominal wage rate) - yollanma ishchi tomonidan olingan pul miqdori.
Noratsional talab - bu rеjalashtirilmagai talab bo`lib,
shaxsning xozirgi qoqishini, kayfiyatini, injiqligini uchratishi bilan vujudga kеladigan vaqtinchalik talab.
Nofunksional talab - tovarni sifati bilan bog`liq bo`lmagan omillarga asoslangan talab.
Ob`еktiv (matеmatik) ehtimol - voqеa va hodisalar jarayonida takrorlanishlarni hisob-kitob qilishga asoslangan.
Oliy kategoriyali tovar - daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar.
Pareto optimum (Pareto samaradorlik) - ne`matlarni shunday ta?simlanishiki, bunda biror kishining turmush farovonligini pasaytirmasdan boshqa kishining turmush farovonligini oshirib bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |