IX Bob. FIRMA VA UNING TASKILIY-IQTISODIY ASOSLARI
9.1. Firma tushunchasi va uning turkumlanishi
Bozor xo`jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Ammo amaliyotda ko`pincha korxona so`zi ko`p ishlatiladi. Eng avvalo korxona va firma so`zlarining terminologik farqlarini ko`rib chiqsak.
Korxona – bu zavod, fabrika, ferma va boshqa ko`rinishdagi tashkilot bo`lib, u asosan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda taqsimlash bilan shug`ullanadi.
Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo`lgan va o`ziga qarashli bo`lgan korxonada (korxonalarda) mustaqil xo`jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida resurslarni birlashtiradi.
Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasining 2012 yil 3 mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi
―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida‖gi qonunining 3-moddasida ―Tadbirkorlik faoliyati‖ tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: ―Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o`z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat‖ hisoblanadi.
Firmalarni turli mezonlar bo`yicha turkumlash mumkin (9.1-rasm):
Huquqiy mаqоmi bo`yichа:
- jismоniy shахs; - yuridik shахs.
Mulkchilik shаkli bo`yichа:
- хususiy mulk egаligidа; - hаmkоrlik mulkidа;
- kоrpоrаtiv mulkdа.
Bаnd bo`lgаn хоdimlаr sоni bo`yichа:
- yakkа tаdbirkоr; - mikrоfirmа;
- kichik kоrхоnа; - yirik kоrхоnа.
147
TADBIRKORLIK SUB′YEKTLARINING TURLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |