Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
Ishlab chiqarish omilarini bir-biri bilan almashtirish
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chekli texnologik almashtirish normasi
- Ishlab chiqarish funksiyasining ikki xususiy holi.
- 10.7-rasm. Ishlab chiqarish funksiyasining omillari to`liq almashtiriladigan holati
- 10.3. Izokosta va ishlab chiqarish xarajatlarini minimalashtiruvchi omillar sarfini aniqlash
Ishlab chiqarish omilarini bir-biri bilan almashtirish. Ikki omilga bog`liq ishlab chiqarish funksiyasini ko`rib chiqamiz. Masalan, ishlab chiqarishda ikkita omildan - mehnat va kapitaldan foydalaniladi, deylik. U holda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:
Q F(L, K) , bu yerda: Q - mahsulot hajmi; K- kapital; L- mehnat. 176 Faraz qilaylik, mehnat va kapital sarflab oziq-ovqat ishlab mahsulot ishlab chiqarishi hajmlaridagi izokvantalar 10.5-rasmda keltirilgan. K
kombinatsiyalarini ifodalaydi. Shuning uchun ham 65 birlik mahsulot ko`proq kapitaldan foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin (A nuqta), yoki ko`proq mehnat sarfidan foydalanib ishlab chiqarish mumkin (B nuqta). Ikkala chetki A va B nuqta oraliqlaridagi variantlar ham bo`lishi mumkin. Rasmdan malumki, mahsulot ishlab chiqarishda mehnat omili (L)
nuqtasidagi burchak koeffitsienti bir ishlab chiqarish omili bilan (bu yerda kapital) boshqa bir omilni (mehnatni) texnik almashtirish qanday bo`layotganligini ko`rsatib beradi. Shuning uchun ham ushbu burchak koeffitsientining absolyut qiymati chekli texnologik almashtirish normasi deb yuritiladi va u MRTS ko`rinishida belgilanadi. MRTS o`z mohiyatiga ko`ra iste′mol nazariyasidagi chekli almashtirish normasi MRS ga o`xshashdir: MRTS K - kapital sarfining o`zgarishi L - mehnat sarfining o`zgarishi 177
K sarfi birdan 2 ga o`zgarganda L 2 . Mehnat sarfi 2 dan 3 ga oshganda MRTS 1 ga teng (kamayib bormoqda). Mehnat sarfi 3 birlikdan 4 ga o`zgarganda va 4 birlikdan 5 ga o`zgarganda MRTS mos ravishda 23 va 13 ga kamayib boradi. Demak, qancha ko`p miqdordagi mehnat kapital bilan almashtirilsa, shuncha mehnat unumdorligi past bo`ladi va kapitaldan foydalanish nisabatan samarali bo`lib boradi (10.6-rasm). K 5
10.6-rasm. Chekli texnologik almashtirish normasi Izokvanta chizig`i botiq shakldagi ko`rinishga ega, shuning uchun izokvanta chizig`i bo`yicha pastga harakat qilganimizda MRTS qisqarib boradi. Chekli texnologik almashtirish normasining kamayishi har qanday omildan foydalanish samaradorligi cheklanganligini ko`rsatadi. Ishlab chiqarishda kapitalni ko`proq mehnat bilan almashtirish mehnat unumdorligini pasayishiga olib kelsa, xuddi shunday mehnatni ko`proq kapital bilan almashtirish kapital qaytimini (bir-birlik qo`shimcha kapital hisobidan ishlab chiqariladigan qo`shimcha mahsulot miqdorini) 178 kamaytiradi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun balanslashgan resurslar kombinatsiyalari talab qilinadi. MRTS chekli kapital mahsuloti MPK va chekli mehnat mahsuloti MPL bilan bog`liqdir. Bunday bog`liqlikni ko`rish uchun kapitalni mehnat bilan almashtirishda ishlab chiqarish hajmi ( Q * ) o`zgarmaydi deylik, ya`ni almashtirish ( Q * ) izokvanta chizig`ida amalga oshiriladi, deb qaraymiz. Mehnat sarfining oshishi natijasida olingan qo`shimcha mahsulot QL* quyidagiga teng: QL* MPL L Bu yerda MPL - qo`shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan olingan qo`shimcha mahsulot; L - qo`shimcha sarflangan mehnat. Xuddi shunday qo`shimcha mehnat sarfi hisobidan qisqartirilgan kapital K ga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish hajmining qisqarishi QK* quyidagicha hisoblanadi: QK* MPK K Bu yerda: QK* - kapital sarfining qisqarishi hisobidan ishlab chiqarish hajminingqisqarishi; MPK - chekli kapital maxsuloti, qo`shimcha bir birlik capital sarfi natijasida olinadigan qo`shimcha maxsulot miqdori; K - kapital sarfining qisqarishi. K bilan L ni almashtirishda ishlab chiqarish hajmi izokvanta chizig`ida o`zgarmasligini hisobga olsak: QK QL , teng va ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi nolga teng bo`ladi. Shunday qilib, (MPL)L(MPK )K 0. MPL K MRTS. Ushbu munosabatdan: MPK L Yuqoridagi munosabat shuni ko`rsatadiki, alohida izokvanta uchun kapitalni mehnat bilan ishlab chiqarish jarayonida uzluksiz almashtirish chekli kapital mahsuldorligini oshirishga va chekli mehnat mahsuldorligini kamayishiga olib keladi. Ikkala omilning o`zgarishi bunday chekli 179 texnologik almashtirish normasining kamayishiga va izokvanta chizig`ining to`g`rilanishiga olib keladi. Ishlab chiqarish funksiyasining ikki xususiy holi. Ishlab chiqarish jarayonida bir omil bilan ikkinchi omilni almashtirishda ikki xususiy hol mavjud. Birinchi holda (10.7-rasm) omillar bir-biri bilan to`liq almashtiriladi. Bu yerda izokvantaning har qanday nuqtasida MRTS o`zgarmas qiymatga ega: K
10.7-rasm. Ishlab chiqarish funksiyasining omillari to`liq almashtiriladigan holati Ikkinchi holda, ishlab chiqarish omillaridan belgilangan tartibda foydalanishni ifodalaydigan ishlab chiqarish funksiyasi (10.8-rasm). К
A K1 Q L1 L2 L3 L 10.8-rasm. Tarkibi belgilangan omillardan foydalanishni ifodalovchi ishlab chiqarish funksiyasi 180 Q2 ga va Q3 ga ga (K1, L1) (K2,L2) (K3, L3) Har bir ishlab chiqarish hajmi aniq proporsiyadagi omillar kombinatsiyasidan foydalanishni talab qiladi. Masalan Q1 miqdorda mahsulot ishlab chiqarish K1 va L1 miqdordagi resurslar kombinatsiyasini sarflashni talab qiladi; Q2 va Q3 miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishda - mos holda (K2 , L2 ) va (K3 , L3 ) tarkibdagi resurslar kombinatsiyalarini sarflash talab qilinadi. Berilgan tarkibdagi resurslardan birortasining miqdori oshirilgan bilan mahsulot ishlab chiqarish oshmaydi. Shunday qilib to`g`ri burchakli izokvantaning gorizontal va vertikal qismlarida chekli kapital va chekli mehnat mahsuldorliklari (MPK va MPL ) nolga teng. Agar sarflanadigan resurslar bir vaqtning o`zida, ma′lum kombinatsiyada oshsa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshadi. Masalan, A nuqtadan B nuqtaga va C nuqtaga o`tganda omillar sarfi kombinatsiyasi mos ravishda dan ga va o`zgarganda ishlab chiqarish hajmi ham mos holda Q1 dan o`sadi. A, B va C nuqtalar texnik nuqtai nazardan samarali omillar kombinatsiyalari hisoblanadi. 10.3. Izokosta va ishlab chiqarish xarajatlarini minimalashtiruvchi omillar sarfini aniqlash Ishlab chiqarish resurslari cheklanganda maksimal mahsulot ishlab chiqarish masalasi firmalar uchun asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Masalani soddalashtirish uchun ikkita o`zgaruvchi omilni ko`ramiz: mehnat va kapital. Mehnat sarfi ( L ) soatbay ish haqi bilan, kapital sarfi ( K ) - uskuna, mashina va mexanizmlardan foydalanish vaqti (soatlarda) o`lchanadi. Faraz qilaylik, mehnat va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanadi va ijaraga olinadi. Mehnat haqi bir soatlik ish haqi bilan o`lchanadi va uni W orqali belgilaymiz. Kapital narxi - uskuna, mashinalarning bir soatlik ijara haqiga teng deylik va uni r deb belgilaymiz. Mehnat va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanishi va ijaraga olinishini e′tiborga olsak, ularning narxi bozorda aniqlanadi va 181 o`zgarmaydi. Demak, mehnat va kapital narxlari o`zgarmaydi. Berilgan xarajatlarda ishlab chiqarishni maksimallashtirish masalasini qarashda xarajatlar chizig`idan, ya′ni izokostadan foydalanamiz. Izokosta - bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo`lib, u umumiy qiymati bir xil bo`lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga oladi, ya′ni umumiy qiymati bir xil bo`lgan mehnat va kapital sarflari kombinatsiyalarni ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga oladi. Agar firmaning ishlab chiqarish omillariga sarflanadigan byudjetni S deb belgilasak, ishchi kuchiga sarfini W L va kapitalga sarfini r K desak, izokostani ifodalovchi tenglamani quyidagicha yozish mumkin: C W L r K (1) Demak, firmaning ishchi kuchiga sarfi bilan kapitalga sarfi yig`indisi uning umumiy xarajati C ga teng. Izokostani grafikda quyidagicha aniqlaymiz: munosabatdan K 0 bo`lsa, ya′ni firma mablag`ini faqat ishchi kuchiga sarflasa, u L WC miqdorda ishchi kuchi yollashi mumkin. WC nuqtani gorizontal o`q bo`yicha belgilaymiz. Agar firma mablag`ini faqat
C mumkin. r nuqtani vertikal o`q bo`yicha joylashtiramiz. K - Kapital Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling