Lim vazirligi


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 0.56 Mb.
bet2/13
Sana10.12.2021
Hajmi0.56 Mb.
#179737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Malakaviy bitiruv

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun javobgarlik va ularga qarshi kurash mavzusi bo’yicha respublikamiz huquqshunos olimlaridan M.H.Rustambayev, F.Tohirov, M.Usmonaliyev, Q.Abdurasulova Yu.S.Po’latov, R.Kabulov, U.Abdug’aniyev, A.Ya.Yakubov, A.Rustambayev, S.Niyozova, rossiyalik olimlar S.S.Avetisyan, A.A.Arutyunov, S.A.Baleyev, R.X.Shaipov, F.G.Burchak, V.D.Ivanov, S.X.Mazukov, M.I.Kovalev, Yu.A.Krasikov, A.V.Ilidjeyevlar tomonidan o’rganilgan.

Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi.Malakaviy bitiruv ishi kirish,uchta bob,sakkizta paragraf,xulosa,foydalanilgan adabiyotlar ro’yxa-tidan iborat.

1- bob Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarning nazariy masalalari

1.1 Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo’shma majlisidagi ma’ruzasida shunday deyilgan: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo’lidan og’ishmay izchil va qat’iyat bilan borishdir1». Bu o’z navbatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldida jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish bilan bog’liq aniq vazifalarni belgilab qo’yadi. Bular ishtirokchilik shaklida sodir yetilgan qilmishlarga ham bevosita taalluqlidir.

Ma’lumki, jinoyatda ishtirokchilikning asosiy belgilaridan biri – uning obektiv belgilari hisoblanadi. Ular:

a) ikki va undan ortiq shaxslarning jinoyatda qatnashganligi;

b) ularning yagona jinoyatning sodir yetish uchun birgalikda o’z hissasini qo’shishi kabilar kiradi.

Ikki va undan ortiq shaxslarning yagona jinoyatni sodir yetishda qatnashgan yoki jinoiy faoliyat bilan shug’ullanganlik belgisi ishtirokchilikning son ko’rsatkichi hisoblanadi. Sodir yetilgan jinoyatda kamida ikki shaxs qatnashgan taqdirda ishtirokchilik vujudga keladi. Demak, son ko’rsatkichining yeng kam miqdori ikki kishini tashkil yetadi. Bir jinoyatni sodir yetishda yoki jinoiy faoliyat bilan shug’ullanishda deb yozgan yedi professor B.A.Mirenskiy, - ikki yoki undan ortiq shaxslarning mavjudligi belgisi ishtirokchilikning miqdoriy ko’rsatkichi hisoblanadi2. Jinoyatda qatnashgan barcha shaxslarning hammasi ham ishtirokchi bo’lavermaydi. Ishtirokchilik deb baholash uchun ikki yoki undan ortiq shaxslar jinoyat sodir yetish bilan birga jinoyatga subekt bo’lishlari kerak. Ishtirokchi deb faqat ma’lum yoshga to’lgan, aqli raso, jismoniy shaxslar hisoblanishi mumkin. Ishtirokchilikda jinoyat sodir yetgan shaxslarning zaruriy yuridik belgisi bu – ularning jinoiy javobgarlik yoshiga yetganligi hisoblanadi. Ma’lum yoshga yetganlik deganda Jinoyat kodeksida ko’rsatilgan jinoiy javobgarlik yoshiga to’lganlik tushuniladi. Jinoyat qonunida umumiy jinoiy javobgarlik yoshi 16 yosh deb belgilangan. Ammo, Jinoyat kodeksining 17 - moddasiga asosan ayrim jinoyatlarga 13 yoshdan, 14 yoshdan, 18 yoshdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat qonunida 13 yoshdan boshlab, faqat javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirish jinoyati uchun javobgarlik belgilangan (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi). Javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirish jinoyatida ishtirok yetayotgan ikki shaxsdan biri 13 yoshga to’lmagan bo’lsa ishtirokchilik vujudga kelmaydi. Bu kabi holatlarda jinoiy javobgarlik yoshiga to’lgan shaxs, qanday harakatni bajarishidan qat’iy nazar, u bevosita jinoyatni bajaruvchisi hisoblanadi.

Shunday qilib jinoyat qonuni bilan belgilangan jinoiy javobgarlik yoshiga to’lgan shaxslar jinoyatda ishtirokchi bo’lishlari mumkin. Shu bilan birga, jinoiy javobgarlik, ishtirokchi shaxslar aqli raso bo’lgan taqdirda vujudga keladi. Jinoyat kodeksining 18 –moddasiga asosan, jinoyat sodir yetish vaqtida o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o’z harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso deb topiladi. Ushbu moddada ko’rsatilganidek, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir yetish vaqtida aqli naroso bo’lgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi, ammo unga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib, aytish mumkinki, ishtirokchilik uchun jinoiy javobgarlik, jinoyat sodir yetishda ikki va undan ortiq, aqli raso, jinoyat qonunida ko’rsatilgan ma’lum yoshga to’lgan shaxslarning birgalashib harakat qilishi natijasida vujudga keladi. Jinoyat sodir qilishda qatnashgan ikki shaxsning biri javobgarlik yoshiga yetmagan yoki aqli noraso deb topilsa, bu jinoyat ishtirokchilikda sodir qilingan deb topilmaydi. Bu holatda jinoyat subekti bo’la olmaydigan shaxslar orqali jinoyat sodir qilingan hisoblanadi va ular bilan birga bajargan, ularni jinoyatga yo’naltirgan, qiziqtirgan va jinoyat sodir yetishlarida yordam bergan shaxslar bevosita bajaruvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Shu bilan birga ayrim olimlarning fikricha jinoyatda qatnashgan ikki shaxsdan biri jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan yoki aqli noraso bo’lgan taqdirda ham ishtirokchilik mavjud bo’lishi mumkinligi ta’kidlab o’tilgan.1

Ammo bu fikrga qo’shilib bo’lmaydi, chunki qonun chiqaruvchi kamida ikkita jinoyatga subekt bo’la oladigan shaxslarning birgalashib harakat qilishlari ishtirokchilikni tashkil yetishi mumkinligini ta’kidlab o’tgan.

Agar, jinoyatga jalb qilayotgan shaxs 18 yoshga to’lgan bo’lib, jalb qilish harakatini voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir yetgan bo’lsa, u holda jinoyatga jalb qilgan shaxs sodir yetilgan jinoyat va Jinoyat kodeksining 127 moddasi 3-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ishtirokchilarning jinoyat sodir yetishda birgalashib harakat qilishi obektiv belgining asosiy qismini tashkil yetadi. Ishtirokchilik tushunchasida qonun chiqaruvchi jinoyatda birgalashib qatnashish uning zaruriy belgisi yekanligini ko’rsatib o’tgan. Jinoyat sodir yetishda birgalashib qatnashishning mohiyati shundan iboratki, aybdorlarning harakati o’zaro uzviy aloqada bo’ladi, hamda barcha ishtirokchilar uchun yagona bo’lgan jinoiy oqibatga olib keladi. Bu holatni ishtirokchilarning hamkorligi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Hamkorlikda sodir qilingan jinoyat o’zida ishtirokchilarning umumiy jinoiy oqibat keltirib chiqarishiga qaratilgan harakatlari mavjudligini anglatadi. Unda ishtirokchilarning umumiy birgalikdagi harakatlari orqali jinoyat sodir qilinadi va jinoiy faoliyat yesa amalga oshiriladi.

Birgalikdagi (hamkorlikdagi) harakat jinoyatni obektiv tomonini tashkil qilganligi tufayli u ham ishtirokchilikning obektiv belgisini tasvirlaydi. Birgalikda jinoyat sodir yetishda ikki yoki undan ortiq shaxslarning xarakatlari o’zaro bir-biriga bog’liq bo’ladi. Ularning har biri yagona tajovuzga o’z xissasini qo’shib harakat qiladi. Kimdir ko’proq, kimdir kamroq hissasini qo’shishi mumkin. Ishtirokchilarning harakati o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, boshqa ishtirokchiga yordam berishga, jinoyat sodir yetishni osonlashtirishga yoki jinoyat izini yashirishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Shu bilan birga bir ishtirokchining harakati ikkinchi ishtirokchini harakat qilishga majburlamaydi (bundan jinoyat sodir yetishga majbur yetish hollari mustasno). Har bir ishtirokchi jinoyat sodir qilish - qilmaslikni o’zi hal qiladi. Shaxs jinoyat sodir yetishga va’da berib, so’ng jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytmoqchi bo’lsa (sodir yetayotgan barcha harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda), o’z ixtiyori bilan, boshqa ishtirokchilar bilan birga sodir yetishga va’da bergan jinoyatni sodir yetilishini hamda jinoiy oqibat kelib chiqishining oldini olishi kerak. Aks holda shaxs boshqa jinoyatdan qaytmagan ishtirokchilar bilan bir qatorda jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Agar shaxs o’z qilmishi bilan boshqa ishtirokchining qilmishiga sharoit yaratib berganligi isbotlangan taqdirda ishtirokchilarning harakati o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan deb hisoblanadi. Shunday qilib, birgalikda ishtirok yetish, jinoyatni umumiy harakatlar natijasida sodir qilinishini, jinoiy faoliyat yesa umumiy harakatlar natijasida amalga oshirilishini to’g’riligi yana bir bor tasdiqlanmoqda. Ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan sodir qilinayotgan vaqtda bir ishtirokchining harakati guruhning barcha a’zolari yoki bir necha a’zolari yoxud bitta a’zosi harakati bilan uzviy (to’g’ridan-to’g’ri) bog’liq bo’ladi. Boshqa ishtirokchilarning harakati bilan bilvosita (vositali) sababiy bog’lanishda bo’ladi.

Ishtirokchilikda jinoyat sodir qilayotgan shaxslarning harakatining o’zaro bog’liqligini xususiyati shundan iboratki, unda bir ishtirokchining harakati, boshqa ishtirokchilarning harakat qilishi uchun zarur shart bo’lishi yoki sharoit yaratib beruvchi omil bo’lib xizmat qilishi mumkin. Muayyan predmetlar yoki hodisalarni o’zgatiradigan, keltirib chiqaradigan va shunga o’xshash boshqacha ta’sir yetadigan barcha holatlar sabab deb ataladi. Ayni paytda bir holat, ya’ni bir qilmishdan iborat. Sharoit sabab bilan birga bo’lib, oqibatga qilmishning sabab bo’lishini tezlashtiradi yoki buning aksi bo’lishi mumkin. Ammo sababga o’xshab oqibat keltirib chiqarmaydi.

Ishtirokchining harakati jinoiy oqibat kelib chiqishiga sabab bo’lishi yoki boshqa ishtirokchi tomonidan jinoiy oqibatni keltirib chiqarishda sharoit yaratib bergan bo’lishi mumkin. Shularni inobatga olgan holda aytish mumkinki, birgalikda jinoyat sodir yetishda barcha ishtirokchilarning qilmishi bajaruvchi sodir yetgan jinoyat bilan sababiy bog’lanishda bo’ladi. Sababiy bog’lanishni aniqlash ishtirokchilarning javobgarlik chegarasini belgilash imkonini beradi. Sababiy bog’lanishni birgalikda jinoyat sodir yetishning belgisi sifatida aniqlashning ahamiyati ham shunda namoyon bo’ladi.

Ikki yoki undan ko’p kishilarning jinoyat qilishida birgalashib harakat qilishi va jinoiy oqibat ularning birgalikdagi harakati natijasidagi bo’lishi ishtirokchilikning asosiy obektiv belgisidir. Bizga ma’lumki, har bir sodir yetilgan jinoyat o’ziga xos bo’lgan ijtimoiy xavflilik darajasiga yega. Moddiy tarkibli jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yetkazilgan zararning xususiyatiga qarab aniqlanadi. Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yakka shaxs tomonidan sodir qilingan jinoyatga taqqoslab aniqlanadi.

Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi yakka shaxs tomonidan sodir qilingan jinoyatga nisbatan yuqori bo’ladi. Yakka shaxs tomonidan sodir qilingan jinoyatga nisbatan, ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar, ko’p hollarda, ko’proq zararli oqibatlarga olib kelishi tabiiydir. Zararli oqibatlar deganda jinoyat sodir yetish natijasida vujudga kelgan borliq, dunyodagi salbiy o’zgarishlar tushuniladi. Sodir yetilgan har bir jinoyat davlatga, jamiyatga yoki fuqarolarning huquq va yerkinliklariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin bo’lgan zararli oqibat orqali jiddiy xavf soladi.

Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatda har bir ishtirokchining harakati zararli oqibatning kelib chiqishiga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ayrim holatlarda ishtirokchilar jinoyat tarkibining obektiv tomonidagi barcha harakatlarning teng bajarishlari ayrim holatlarda yesa ba’zi ishtirokchilar jinoyatning obektiv tomonidagi harakatlarning ko’prog’ini, qolganlari bir qismini bajarishlari mumkin. Shu bilan birga, ayrim ishtirokchilar yoki bitta ishtirokchi tomonidan jinoyatning obektiv tomoni to’laligicha bajarilishi mumkin, qolgan ishtirokchilar yesa unga yordam berish, dalolat qilish va yo’l-yo’riqlar ko’rsatib rahbarlik qilish bilan chegaralanib qolishi, ya’ni jinoiy oqibat kelib chiqishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir o’tkazmasdan bilvosita aloqada bo’lishi mumkin.

Sud va tergov idoralari amaliyotdagi har bir jinoyat natijasida kelib chiqqan zararning miqdori, xususiyati va boshqa holatlarini aniqlash, ularning bevosita vazifalari yekanligi qonunda ko’rsatilgan. Ulardan kelib chiqqan holda har bir ishtirokchiga taalluqli bo’lgan quyidagi holatlarni aniqlash zarur: birinchi - ishtirokchining qilmishi qanday darajada boshqa ishtirokchilar qilmishiga sharoit yaratib bergan yoki boshqa ishtirokchilar qanday darajada unga sharoit yaratib bergan; ikkinchi - guruhga umumiy bo’lgan jinoiy oqibat va shaxsning harakatining o’zaro zarurligi; uchinchi - shaxsning guruhga umumiy bo’lgan jinoiy oqibati kelib chiqishida qatnashish darajasi.

Ushbu tizimni soddaroq qilib aytish mumkinki, ishtirokchilikning obektiv belgisi hisoblanmish, jinoyatda shaxsning faol qatnashganligi va asosiy harakatlarni sodir yetganligini yoki buning aksi, ya’ni passiv qatnashganligi va boshqa ishtirokchilar tomonidan jinoyat sodir yetilishiga faqat sharoit yaratib berishi bilan cheklanganligini (bu sharoitning muhimligi yoki unchalik ahamiyat kasb yetmasligini) aniqlash muhim ahamiyatlidir.

Birgalikdagi harakat, bizning nazarimizda quyidagi holatlarning yig’indisi bilan aniqlanadi: birinchidan, har bir ishtirokchining qilmishi boshqa ishtirokchining harakat qilishi uchun zarur bo’lishi, ya’ni ularning harakati bir-biriga kerak (muhim, zarur, bog’liq) bo’lishi shart. Masalan, o’g’irlik jinoyatida sodir yetishda ishtirokchilardan biri jinoyat sodir yetish uchun vositalar qidirib topsa, ikkinchisi, bevosita o’g’irlikni sodir yetishi mumkin. Ko’rinib turibdiki har ikkala ishtirokchi o’g’irlik sodir yetishga qaratilgan, biri ikkinchisiga kerak bo’lgan harakatlarni sodir yetmoqda. Ikki va undan ortiq shaxslar harakati bir-biriga zarur bo’lmasa ishtirokchilik ham bo’lmaydi. Masalan, mevazor bog’dan meva uzib o’g’irlik qilayotgan A. shaxsning yoniga B. shaxs kelib qo’shildi. Ikkalasi ham bir-birining jinoyat sodir yetayotganini biladi. Ammo ularning har biri o’zi uchun o’g’irlik sodir yetmoqda va biri ikkinchisiga harakat yetishda na zarari na foydasi bor, ya’ni ularning harakati o’zaro bog’liq yemas.




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling