Kompyuter tuzilmasi
Kompyuter nima – elektroenergiya orqali ishlatiladigan jixoz bo’lib, har xil ma’lumotlarni maxsus dastur orqali qayta ishlab, saqlab, natijani chiqarib beradi.
Kompyuter sistemasining asosiy qurilmalari
СPU (Central Processing Unit) – Асосий қайта ишлаб чиқиш қурилма
Memory Unit (RAM, HDD, FDD) – Хотира қурилмалари
Input-Output Unit – киритиш чикариш қурилмалари
Multimedia Unit (Sound cart, CD/DVD-ROM) – мультимедиа жихозлари
Network Unit (Network card, Modem) – тармоқ қурилмалари
Peripheral equipment – ташқи қурилмалар
Komputerning imkoniyatlari
Word Processing –so’zlar bilan ishlash jarayoni
Data Processing – ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlarni yig’ib yaratib, saqlab kerak bo’lsa ta’minlab beradi.
Spread Sheet – hisoblash. Har xil hisoblash ishlarini amalga oshiradi.
Drawing – chizish.
Music – Musiqa eshitish, yaratish.
Communication – aloqa. Internet va boshqa kompyuterlar bilan aloqasi
Kompyuterning yuzaga kelishi
1 945 yilda mashhur matematik Djon fon Neyman kompyuter yaratish uchun hamkorlikka chaqiriladi va shundan keyin u kompyuter tuzilishining umumiy printsiplari qanday bo’iishini e’lon qiladi.
Mazkur printsip asosida kompyuter quyidagi qurilmalardan iborat bo’iishi lozim:
a) arifmetik-logik qurilma – arifmetik-logik amallarni bajarish uchun ;
b) boshqaruv qurilmasi – programma bajarish jarayonini boshqaradi;
v) xotiralovchi qurilma yoki xotira – programma va ma‘lumotlarni saqlaydi;
g) tashqi qurilma – ma‘lumotlarni kiritadi va chiqaradi.
Mazkur qurilma orasidagi aloqalarda yakka chizik – boshqaruvni, juft chiziklar – ma‘lumotli bog’lanishlarni bildiradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, usha vaqtdan hozirgi kungacha yaratilayotgan kompyuterlarning aksari fon Neyman printsipi asosida yaratilayapti.
Shunday qilib, 1949 yilda fon Neyman printsipiga asoslangan birinchi kompyuterni ingliz olimi Moris Uilki yaratdi va kompyuterlar erasi boshlandi.
Kompyuterlarning rivojlanishida uning element bazasi o’zgarishi lozim edi. Chunki 1940 – 50 yillarda yaratilgan kompyuterlar tarkibini elektron lampalar tashkil etardi. Shu sababdan bu kompyuterlar katta hajmda bo’lib, joylashtirish uchun katta zallar kerak bo’lardi. Misol uchun, 1953 yilda yaratilgan BESM – 1 kompyuterida 4000 dona lampa ishlatilgan, 3 x 5 metr hajmdagi maydonda joylashgan, tezligi sekundiga 7000 – 8000 amal bo’lib, xotirada 4096 bayt ma‘lumotni joylay olardi(Pentium turidagi hozirgi zamon kompyuterida operativ xotira – bir necha Gigabaytni tashkil qiladi).
Insoniyatda rivojlanishga intilish bo’lgani uchun 1948 yilda tranzistorlar paydo bo’ldi. Tranzistorlarni elektron lampalar o’rniga ishlatish mumkinligi aniqlangach, kompyuter qurilmalarida ham foydalanila boshlandi. Natijada, Amerikada, 1965 yilda PDP – 8 nomli tranzistorlar negizida birinchi minikompyuter (so’ngra mashxur PDP - 11) yaratilgan edi. Bunday mashinilarning analoglari (uxshashlari) ni SM – 3, SM – 4, SM – 1420 nomda Respublikamizning ko’pgina hisoblash markazlarida uchratish mumkin.
1959 yilda Intel firmasining ta‘sischisi Robert Noys kremniyning kichkina plastinasida tarnzistorlar bo'glash usulini ixtiro qilib, integral sxemalar yoki chiplar asrini boshlab berdi. Shunday chiplarga asoslanib, keyin yaratilgan kompyuterlar, shartli ravishda uchinchi bosqich kompyuterlari deb atala boshlandi.
Integral sxemalarga asoslangan birinchi kompyuter 1968 yilda Burroughs firmasi tomonidan yana AQShda yaratildi. Respublikamizning ko’pgina statistik organlardagi EC – 1055, 1060 turidagi kompyuterlar uchinchi bosqich kompyuterlariga misol bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |