Lim,fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 0.55 Mb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1458019
1   2   3
Bog'liq
arxitektura 3

Umumiy xotirali arxitektura-birgalikda qo’llaniladigan yoki ajratilgan xotira ham deb ataladi va har bir protsessor manzillar oralig’iga murojaat qilish huquqiga ega. Har qanday protsessorning xotiraga murojaat qilishi bir xil bo’lgan va bir xil vaqtni egallaydigan umumiy xotirali hisoblash tizimlari xotiraga bir xil usulda murojaat qiladigan UMA(Uniform Memory Access) tizimlar deyiladi.
UMA(Uniform Memory Access)


NUMA(Non-Uniform Memory Access) deb ataluvchi xotiraga bevosita murojaat qilishdir.
Bunda manzil oralig’i yagona bo’lib, har bir protsessor esa lokal xotiraga egadir.
NUMA (Non-Uniform Memori Access)

Multiprotsessorlar

Barcha protsessorlar birgalikda umumiy fizik xotiradan foydalanilishi asosida ishlovchi parallel kompyuter multiprotsessor yoki umumiy xotirali tizim deb ataladi.
Gibrid arxitekturaning asosiy afzalligi xotiraga bir jinsli bo’lmagan murojaat (NUMA - nonuniform memory access).
Gibrid arxitektura SMP va MPP arixitekturalarning afzalliklarini o’zida mujassamlashtirgan. Bu arxitekturaning moxiyati shuki xotira fizik jixatdan tizim qismlari o’rtisida taqsimlangan bo’lib mantiqiy jixatdan umumiy hisoblanadi. Shuning uchun foydalanuvchi yagona adreslar fazosiga ega bo’ladi. Tizim bir jinsli bazaviy modullar (platalar) asosida qurilgan. Har bir modul bir nechta prosessor va xotira blokidan tashkil topgan. Modullar yuqori tezlikka ega bo’lgan kommutator orqali bog’langan. Boshqa modullarning xotirasiga murojaat qurilmaviy jihatdan tashkil qilingan. Bu holda lokal xotiraga murojaat uzoqdagi xotiraga nisbatan bir necha barobat tez amalga oshiriladi. Moxiyatiga ko’ra NUMA arxitekturasi MPP arxitekturasi hisoblanib alohida hisoblash elementlari sifatida SMP tugunlardan foydalaniladi.

Bitta SMP tugun ichida ma’lumotlar almashish va xotiraga murojaat tugunning lokal xotirasi orqali juda tez amalga oshiriladi. Boshqa SMP tugun prosessoriga murojaat nisbatan sekin amalga oshiriladi.



2.1- rasm. Gibrid arxitekturaning strukturaviy sxemasi.
Birinchi marta gibrid arxitektura g’oyasini Stiv Vollox taklif etgan. HP firmasi bu g’oyani sotib olgan va o’zining SPP seriyali superkompyuterlarida qo’llagan. Seymur Krey (Seymour R.Cray) bu g’oyaga yangi element – kogerent keshni qo’shib cc-NUMA arxitekturasini yaratgan (Cache Coherent Non-Uniform Memory Access – keshlar kogerentligi ta’minlangan xotiraga bir jinsli bo’lmagan murojaat). Origin tizimlari shunday arxitektura asosida qurilgan.

2.2-rasm.Xotira turlarining tashkiliy joylashuv sxemasi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling