Lingvistika: O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi I bosqich
Download 6.32 Kb.
|
Ilmiy seminar.Elbek
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO‘LIMI LINGVISTIKA: O‘ZBEK TILI TA’LIM YO‘NALISHI I BOSQICH MAGISTRANTI RO‘ZIYEV ELBEKNING ILMIY TADQIQOT SEMINARIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI O‘ZBEK TILI TARIXIDA SIYOSIY NUTQNING SHAKLLANISH ASOSLARI Mundarija Kirish 1 Bob. Siyosiy nutq lingvistik diskursning alohida mustaqil turi sifatida. 1.1. Tilshunoslikda siyosiy nutq tushunchasi. 1.2.Muammoning o’rganilish tarixidan. 1.3.Turkiy tillar tarixida bitilgan siyosiy nutq bilan bog’liq matnlar tavsifi. Bob bo’yicha xulosalar 2.Bob. Turkiy tillar tarixida siyosiy nutqning yuzaga kelishi va takomili masalalari. 2.1.Turkiy tillar tarixida siyosiy nutqning yuzaga kelishiga sabab bo’lgan omillar. 2.2.Meloddan avvalgi ikkinchi asrdan melodiy XVI asrgacha bo’lgan davr turkiy siyosiy nutqni davrlashtirish masalalari . Bob bo’yicha xulosalar 3.Bob. Turkiy tilllar tarixida amalda bo’lgan siyosiy nutqning til xususiyatlari 3.1.Eng qadimgi davrlardan V asrgacha bo’lgan siyosiy nutq xususiyatlari 3.2.VI – X asrlar siyosiy nutq bilan bog’liq matnlarining til xususiyatlari 3.3.XI – XIII asrlardagi turkiy turkiy siyosiy nutqning o’ziga xosliklari 3.4.XIV – XVI asrlar siyosiy nutqining o’zgachaliklari Bob bo’yicha xulosalar Xulosa Adabiyotlar ro’yxati Ilova: Siyosiy nutq bilan bog’liq matnlardan namunalar Siyosiy lingvistika hozirgi zamon tilshunosligida faol rivojlanayotgan sohalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Lingvopolitologiya yoki siyosiy lingvistika ikki mustaqil fan: siyosat va lingvistikaning tutashish chorraxasida vujudga kelgan bo‘lib lingvistikaning mustaqil tarmog‘idir. Shu jihatdan tilshunoslar siyosiy nutq bo‘yicha ham faol izlanishlar olib bormoqda. Ular siyosiy nutq tushunchasini aniqlashga, uning asosiy xususiyatlarini, funksiyalarini ko‘rib chiqishga harakat qilmoqdalar. Quyida biz siyosiy nutqning o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning boshqa tilshunoslik sohalari bilan aloqasini tahlil etishga harakat qilib o‘tamiz. Siyosiy lingvistika sohasini o‘rgangan rus olimi A.Chudinov, siyosiy tilshunoslik boshqa tilshunoslik yo‘nalishlari bilan chambarchas bog‘liq holatda bo‘lishini ta’kidlar ekan, uning til va jamiyatning o‘zaro ta’siri muammolari tomonidan – sotsilingvistika, funktsional stilistika va ayniqsa, publitsistik uslubni o‘rganishi bilan, klassik va zamonaviy ritorika, kognitiv lingvistika va matn lingvistikasi bilan bog‘liqlik tomonini bildirib o‘tadi Чудинов А.П. Политическая лингвистика: Учеб. пособие / Москва. Изд-ва «Флинта», «Наука». 2006. –254 с. Siyosiy lingvistikada “siyosiy diskurs” atamasi alohida e’tiborni talab qiladi. Shu ma’noda biz bu tushuncha haqida to‘xtalib o‘tsak. “Diskurs” atamasi faqatgina tilshunoslikning obyekti bo‘libgina qolmasdan sotsiologiya, kulturologiya, pedagogika, yurispuridensiya sohalarining ham tadqiq obyekti bo‘lib xizmat qiladi. Diskurs atamasining asl lug‘aviy ma’nosi lotin tilidan (discursus so‘zidan) kirib kelgan bo‘lib, “harakat“, “aylanish“, “suhbat“, “muloqot“ degan ma’nolarni anglatadi. “Diskurs” lingvistik termin sifatida birinchi marta 1952-yilda amerikalik olim Z. Harrisning “Discourse analysis” kitobida keltirilgan. Zamonaviy diskurs nazariyasining mustaqil fan sohasi sifatida shakllanishini asosan XX asrning 60-yillari o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ushbu davr olimlarining tilni ajralmas aloqa vositasi deb hisoblash istagi matnlarni o‘rganishda namoyon bo‘lgan. Tilshunoslik asta-sekin shakliy, formal- funksional doiradan chiqib, tilni mazmuniy, yaxlit, izchil o‘rganishi asnosida diskurs atamasi ham faol qo‘llanila boshlandi. Siyosiy tilshunoslik bilan shug‘ullangan ayrim olimlar siyosiy lingvistikaga bog‘liq bo‘lgan to‘rtta tarkibiy yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tadi [Э.В.Будаев, М.Б. Ворошилова, Е.В. Дзюба, Н.А. Красильникова; отв. ред. А.П.Чудинов; Современная политическая лингвистика : учебное пособие / Урал. гос. пед. ун-т. — Екатеринбург, 2011. — 252 с]. Ular: - siyosiy diskursni tanqidiy tahlil qilish; - siyosiy diskursning tarkibini tahlil qilish; - siyosiy diskursning ritorik tahlili; - siyosiy diskursning kognitiv tadqiqotlari. Siyosiy diskurs siyosiy lingvistikada alohida o‘ringa ega tushuncha hisoblanadi. “Diskurs” va “mant”ning farqlovchi xususiyatlarini keltirish borasida fikrlar hamon munozarali hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlar asosida yaxlit xulosa qilishimiz mumkinki siyosiy diskurs o‘z ichiga barcha siyosiy nutqiy harakatlarni qamrab oladi hamda ularni faol yo‘naltiradi. Download 6.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling