Nutqning to‘g‘riligi va aniqligi nutqning mantiqiyligi va nutqning tozaligi (sofligi) Nutqning maqsadga muvofiqligi, nutqning boyligi va ifodaliligi
Download 476.33 Kb.
|
8-mavzu (1)
Maqsad:
NUTQ VA ADABIY ME’YOR Reja:Nutqning to‘g‘riligi va aniqligi 1 3 Nutqning mantiqiyligi va nutqning tozaligi (sofligi) Nutqning maqsadga muvofiqligi, nutqning boyligi va ifodaliligi 1. 2. 3. Nutqiy madaniyatning muhim belgilaridan biri fikrni to`g`ri, mazmunli bayon qilishdir. Adabiy tilning fonetik-orfoepik, leksik-semantik va grammatik me`yorlari talablariga mos keladigan nutq to‘g‘ri nutqdir. Nutqning talaffuz madaniyati til materiallarini to`g`ri, ifodali talaffuz qilish bilan bog‘liqdir. Bunga so‘z va iboralarning to‘g‘ri diksiyasi, so‘z va mantiqiy urg‘u, intonatsiya va pauzaga e‘tibor qilish orqali erishiladi. Masalan: qatlama, hozir kabilar. Nutqda mantiqiy urg‘udan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Masalan, Semiz papkali kishi keldi, Onasiz bola o‘ynamas kabi gaplarning ma’nosi urg‘uning qaysi gap bo‘lagiga tushishiga ko‘ra turli ma’nolarni anglatishi mumkin. Madaniy nutqda so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishi eng muhim shartlardan biridir. Ayrim so‘zlarni eskirgan shaklda talaffuz qilish (ishkop, parishta), talaffuzi bir-biriga yaqin so‘zlarning farqiga bormay (tip-tif), e’tiborsizlik natijasida h tovushi o‘rnida x ni (shoh-shox), u tovushi o‘rnida o‘( ulkan-o‘lkan)ni talaffuz qilish g‘ayri me’yoriydir.
Fikriy noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi:2. Paronimlar ma’nosini bilmaslik natijasida: Sutxo‘rning o‘limi asarini o‘qidi. 3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bo‘lgan tushuncha ifodalovchi so‘zlarni yonma-yon ishlatish natijasida: Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya o‘rnatildi (ishlab chiqarish jarayonlari va usullari haqidagi bilimlarning jami, shuning uchun moddiy bo‘lmagan narsa o‘rnatilmaydi, balki joriy etiladi yoki texnika so‘zi bilan almashtirish kerak). 4. Nutqda o‘zni o‘z o‘rniga qo‘yib gap tuzolmaslik, gap tartibining buzilishi natijasida: Yaqindagina nashriyotdan chiqqan adibimizning yangi asarlar to‘plami keng jamoatchilikka manzur bo‘ldi. Download 476.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling