Nutqning to‘g‘riligi va aniqligi nutqning mantiqiyligi va nutqning tozaligi (sofligi) Nutqning maqsadga muvofiqligi, nutqning boyligi va ifodaliligi


So‘zning noo‘rin tanlanishi natijasida: Rejissyor bir qator umidli sahna ustalarini kashf etdi


Download 476.33 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi476.33 Kb.
#1058864
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu (1)

5. So‘zning noo‘rin tanlanishi natijasida: Rejissyor bir qator umidli sahna ustalarini kashf etdi.

5. So‘zning noo‘rin tanlanishi natijasida: Rejissyor bir qator umidli sahna ustalarini kashf etdi.

6. Bir sinonimik qatorni tashkil qilgan so‘zlarning barchasi ham boshqa so‘zlar bilan sintagmatik munosabat tashkil qilolmaydi. Puxta, pishiq, mustahkam sinonimlari bino so‘zi bilan sintagmatik munosabat tashkil qiladi, yigit so‘zi esa pishiq va chidamli so‘zlari bilan sintagmatik aloqaga kirishadi.


Nutqning aniqligi so‘zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qo‘llanishi, so‘zning voqelikdagi o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir.
Hurmatli byuro a’zolari! Men Bashirjon akani uzoq yillardan beri bilaman. U kishi juda g‘alati, o‘ziga xos odam. Adabiyotchilar tili bilan aytsak, o‘ziga xos bir tip. Bashirjon o‘tirgan yerida qimirlab qo‘ydi. U tip so‘zini tif deb tushunib: Yolg‘on! Umrimda tif bilan og‘rigan emasman!-deb qichqirmoqchi ham bo‘ldi. (N.Aminov. Yelvizak)
Mantiqiylik nutqning tinglovchi tomonidan to‘g‘ri va to‘liq anglanishi uchun zaruriy bo‘lgan sifatlaridan biridir. Mantiqiylikdan mahrum bo‘lgan biron-bir nutq kishilar o‘rtasidagi tayinli aloqani ta’minlay olmaydi. Nutqning mantiqiyligini to‘g‘rilik va aniqlik sifatlaridan ajralgan holda tasavvur ham qilib bo‘lmaydi, chunki to‘g‘ri va aniq bo‘lmagan nutq hech qachon mantiqiy bo‘lishi mumkin emas.
Fikr tarkibi va qurilishining to‘g‘ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosi deyish mumkin. Nutqda til vositalarining mantiq va to‘g‘ri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini baholashning bosh o‘lchovi hisoblanadi.

.


Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asilligi, boshqa keraksiz unsurlardan xoliligi, o‘z mohiyatiga Muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me’yorlardan kelib chiqiladi. Soflik sifati nutqni ana shunday baholash me’yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, nutqning bu kommunikativ sifati nutq bilan adabiy til va nutq bilan jamiyat munosabatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra nutqning sofligini nutqning adabiy til me’yorlariga va jamiyatdagi ma’naviy-axloq qoidalariga yot bo‘lgan unsurlardan xoliligi bilan belgilanuvchi kommunikativ sifat tarzida ta’riflash mumkin..
Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiylari quyidagilardir:
1) shevaga xos so‘z, ibora, grammatik shakllar, urg‘u va talaffuz;
2) o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari (varvarizmlar);
3) jargon va argolar;
4) dag‘al, haqorat so‘z va iboralar (vulgarizmlar);
5) “ishlamaydigan” yoki parazit so‘zlar;
6) idoraviy so‘z va iboralar (kanselyarizmlar) va hokazo
Nutqning ta’sir quvvati, tegishli axborotni tinglovchiga tugal va qulay, “yuqumli” tarzda yetkazish imkoniyati muhim kommunikativ sifatlardan bo‘lmish boyligiga ham bog‘liq. Boy nutq tinglovchining joniga tegmaydi, balki u bunday nutqni jon qulog‘i bilan tinglaydi
Головин Б.Н.

Download 476.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling