Lingvokulturemalar


Yon qo‘shnim – jon qo‘shnim


Download 0.92 Mb.
bet18/30
Sana28.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1302854
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
Qurbonov Mirjalol. tayyorladi. O’zbek tilida “lingvoku

Yon qo‘shnim – jon qo‘shnim. O‘zbeklarda qo‘shniga azal-azaldan kattta e’tibor va hurmat qaralgan. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona kabi maqollarning ham kelib chiqishi mana shunday hurmat va e’tiborning natijasidir. Hatto, diniy manbalarda ham agar ovqat qilsang, hidi qo‘shningnikiga yetib borsa, o‘sha ovqatdan qo‘shniga ham berish kerak deyilgan. Shundan kelib chiqqan holda, dono xalqimiz “Yon qo‘shning-jon qo‘shning” deb atashgan. Bu maqolda ana shu o‘zbekona ruh va man’naviy qadriyat sezilib turadi.

  • Yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga. O‘zbek xalqida qariyalarni farishtaga qiyoslashadi. Shuning uchun qarisi bor uyning parisi bor deyishadi. Shu tufayli ham qariyalar qay vaqt kelmasin, ularni hurmatlab to‘riga o‘tirgizib, oshga tortishgan. Shuning uchun yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga deyishgan. Bu maqolda garchi etalon ishtirok etmagan bo‘lsa-da, lekin o‘zbeklarga xos milliylik ruhi sezilib turadi.

  • Zaifaning tushi chap. Bu maqolda o‘zbek xalqining diniy qarashlari aks ettirilgan. Chunki o‘zbekona qarashga ko‘ra ayol kishining tushi doimo chapdan keladi. Bu maqolda etalon yo‘q bo‘lsa-da, xalqimizga xos qarash sezilib turadi.

  • O‘zbek iskab bo‘lsa ham elini topar. Bu maqolda o‘zbekning xalqchilligi, millatparvar va xalqparvarligi ko‘rsatilgan. Chunki o‘zbeklar qayerda bo‘lmasin, elim deb, yurtim yonib yashagan xalq hisoblanadi.

  • O‘ziga ugra kesa olmagan birovga lag‘mon cho‘za olarmidi. Bu maqolda o‘zi uchun biror foydali ish qila olmagan inson, o‘zgalarga ham foydali ish qilib bera olmasligi yoki kengroq olib qaraydigan bo‘lsak, o‘zining tarbiyasi, bilimi bo‘lmagan inson boshqalarga ham ta’lim-tarbiya bera olmaydi kabi ma’nolarda keladi. Ugra so‘zi etalon sifatida kelgan bo‘lib lingvomadaniy birlik vazifasini bajargan.

    Lingvokulturologiyaning obyekti sanalgan barqaror birikmalardan biri frazeolgizm, ya’ni iboralardir. Iboralar tilni, uning mazmunini yanada boyituvchi ma’naviy xazina bo‘lib, ular ham lingvokulturologik obyekt sifatida millatning madaniyatini o‘zida jamlovchi til birligi hisoblanadi. Quyida bunday iboralardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling