Linkni bosib ko`ring


Qayta qurish siyosatining barbod bo‘lishi


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/84
Sana03.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1690821
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84
Bog'liq
10-uzb oson qo`llanma (to`liq)

Qayta qurish siyosatining barbod bo‘lishi. 
Mamlakatda bo‘lgan qayta qurish jamiyatning ijtimoiy va siyosiy tuzilishida bir qator 
o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. KPSSning sovet jamiyatidagi rahbarlik va yetakchilik mavqeyiga 
putur yetdi, saylov tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
 
№ 
Qayta qurish pirovardida siyosiy jihatdan safsatabozlikka 
aylanib, tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va 
boshlangan islohotlarni oxirigacha yetkazish imkoniyatini 
bermay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holatning sabablari 
quyidagicha edi: 
 
Birinchidan 
qayta qurishning aniq va izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan 
dasturi yo‘q edi. Demokratiya va oshkoralik kabi shiorlar haqida ko‘p 
gapirilsa ham, amalda partiya siyosiy rahbariyati eski qarashlar 
girdobida bo‘lib, rahbarlikning demokratiyaga zid bo‘lgan ma’muriy-
buyruqbozlik usullaridan foydalanish davom etardi. 
Ikkinchidan 
mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab 
qolishdan manfaatdor edi. Chunki mamlakatni eskicha usulda boshqarish 
oson edi 
Uchinchidan 
qayta qurishda milliy respublikalarning suvereniteti haqida gapirilsa 
ham Ittifoqni yangilangan holatda saqlab qolish ko‘zda tutilgan edi 
 
To‘rtinchidan 
M.S.Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin 
emas edi. Chunki sotsializm doirasidagi mulkiy munosabatlar, ijtimoiy 
sohadagi siyosat, milliy va diniy siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik va 
mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya va oshkoralik bilan 
kelisha olmagan. 
Farg‘ona fojiasi va uning mohiyati. 
Markaz jilovni qo‘ldan bermaslik uchun butun imkoniyatlarni ishga solayotgan bir sharoitda 
1989-yil
may-iyun oylarida Quvasoyda  yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik vodiyda millatlararo 
to‘qnashuvni (mesxeti turklari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida) keltirib chiqardi. U Farg‘ona 
vodiysi va Toshkent viloyatiga tarqalib, xavfli tus oldi. 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling