FileMode – faylni ochish rejimlari:
-Append– fayl yaratadi yoki fayl mavjud bo`lsa uni yozish uchun ochadi. Yoziluvchi ma’lumotlar fayl oxiridan boshlab yozilishni boshlaydi. Ushbu rejim faqat faylning ruxsat rejimi FileAccess.Write bo`lgandagina ishlaydi.
-Create – Yangi fayl yaratish(Agar fayl mavjud bo`lsa, ustidan yozadi).
-CreateNew – Yangi fayl yaratish (Agar fayl mavjud bo`lsa xatolik generatsiya qilinadi)
-Open – Faylni ochish (Agar topilmasa xatolik generatsiya qilinadi).
-OpenOrCreate – Agar fayl mavjud bo`lsa uni ochish, mavjud bo`lmasa yangi fayl yaratish.
-Truncate– faylni ochish uchun ishlatiladi, lekin faylni ichidagi barcha ma’lumotlar tozalab tashlanadi. (agar fayl topilmasa xatolik generatsiya qilinadi).
Klass
|
Ilova
|
Binary, Reader va Writer
|
Sodda tipli ma’lumotlarni yozish va o`qish
|
Directory, File, DirectoryInfo va FileInfo
|
Fayl va kataloglarni yaratish, o`chirish, ko`chirish hamda nusxa olish. Ushbu sinflar xusisiyatlari va metodlaridan foydalanib fayl hamda katalog haqida to`liq ma’lumot olish mumkin.
|
FileStream
|
Faylga oqimlar orqali murojaat qilish
|
MemoryStream
|
Xotiradagi ma’lumotlarga murojaat qilish
|
StreamWriter va StreamReader
|
Matnli ma’lumotlarni yozish va o`qish
|
StringReader va StringWriter
|
Matnli bufferdan matnli ma’lumotlarni o`qish va yozish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |