Concat : ikkita to'plamni birlashtiradi
Zip : ma'lum bir shartga muvofiq ikkita to'plamni birlashtiradi
First : to'plamdagi birinchi elementni tanlaydi
FirstOrDefault : to'plamdagi birinchi elementni tanlaydi yoki sukut bo'yicha qaytaradi
Single : to'plamning bitta elementini tanlaydi, agar to'plamda bir yoki bir nechta element bo'lsa, istisno qo'yiladi
SingleOrDefault : To'plamdagi birinchi elementni tanlaydi yoki sukut bo'yicha qaytaradi
ElementAt : ma'lum bir indeksda ketma-ketlik elementini tanlaydi
ElementAtOrDefault : Muayyan indeksda yig'ish elementini tanlaydi yoki indeks doiradan tashqarida bo'lsa, standart qiymatni qaytaradi
Last : to'plamdagi oxirgi elementni tanlaydi
LastOrDefault : to'plamdagi so'nggi elementni tanlaydi yoki sukut bo'yicha qaytaradi
LINQ qanday ishlaydi?
LINQ ma'lumotlar bazasiga (data source)ga murojaatlar yuborish va ma'lumotlarni qayta ishlash uchun xizmat qiladi.
4.LINQ yozish usullari
C# tilida querylarni yozishning 3 xil usullari mavjud. Har bir usulning o'ziga yarasha kerakli tomonlari mavjud:
1. Query Syntax
2. Method Syntax
3. Mixed Syntax (Query + Method)
Query Syntax usuli har qanday murakkab querylani oson, tushunishga qulay va sodda ko'rinishga ega usul hisoblanadi. Bu usul ko'p hollarda SQL queryga juda o'xshab ketadi.
Method Syntax bugungi kunda eng mashhur usullardan hisoblanadi (serioz). Chunki ko'pgina murakkab vazifalarni ushbu usul bilan osonlikcha hal qilsa bo'ladi. Bu usul sintaksisi o'qishga juda oson hisoblanadi (ko'pchilik dasturchilar tomonidan tasdiqlangan). Lekin murakkab querylar uchun ushbu usulni Query Syntaxga nisbatan yozish birmuncha qiyin. Bu usulda query bir necha metodlar (albatta nuqta(.)) bilan aralashgan holda yoziladi.
Mixed Syntax. Bu usul joriy usullar, Query Syntax va Method Syntaxlarning kombinatsiyasi desak adashmaymiz. Ushbu usul bilan querylarni yozish bir muncha osonlashishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |