Linux operatsion tizimi haqida. Linuxning buyruqlar qatori orqali fayllarni boshqarish
cp yordamida fayllar nusxasini yaratish
Download 1.34 Mb.
|
kurs ishi
cp yordamida fayllar nusxasini yaratish
Fayllardan nusxa olish uchun cp buyrug`i ishlatiladi. Quyidagi misolda cp buyrug`i orqali bir katalogdagi fayldan boshqa bir katalogga nusxa ko`chirish ko`rib o`tilgan. Unda Home katalogida joylashgan File.txt faylidan Desktop katalogiga nusxa olish berilgan. Odatda fayldan nusxa olish buyrug`ining sintaksisi quyidagicha tashkil etiladi: cp fayl nomi / yangi manzil Agar nusxa ko`chirilayotgan manzil katalogda bu fayl yoki shu nomdagi boshqa fayl mavjud bo`lsa, u holda foydalanuvchidan mavjud fayl o`rniga yangi faylni yozish (overwrite) so`raladi, bu so`rovni chiqarish uchun cp –i buyrugi beriladi: Faylni o`rniga boshqa faylni yozmaslik (overwrite) uchun cp –n shakli ishlatiladi: mkdir buyrug`i yordamida kataloglar hosil qilish Joriy katalogda abc nomi bilan yangi katalog yaratamiz, buning uchun mkdir buyrug`ini qo`llaymiz. Buning uchun quyidagi sintaksisdan foydalaniladi: “mkdir yangi katalog nomi” va bizning misoldagi abc nomdagi katalog uchun quyidagi buyruqni kiritamiz: Bu buyruq orqali Desktop katalogida yangi abc katalogini hosil qilish so`rovi operatsion tizimga kiritildi. Natija esa quyidagi rasmda keltirilgan grafik muhitda ko`rsatilgan chmod buyrug'i yordamida faylga ruxsatni (permission) o'zgartiring Fayllar va papkalarga foydalanuvchi uchun ruxsatni o`rnatish uchun chmod buyrug`idan foydalaniladi. Chmod foydalanuvchi rollari uchun quyidagi uchta hil belgili ko`rsatgichlarni qo`llaydi: u - foydalanuvchi (user) g –guruh (group) o – boshqalar (others) Quyida esa foydalanuvchilarning fayllar va papkalardan foydalanishlari uchun ruxsat etishning uchta belgili ko`rsatgichlari keltirilgan r – o`qish uchun ruxsat (read permission) w – yozish uchun ruxsat (write permission) x – o`zgartirish uchun ruxsat (execute permission) Quyidagi misollarda chmod buyrug`idan foydalanish ko`rsatilgan, buyruqlar qatorida “+” ishoraning berilishi, bu ruxsat etishni anglatadi. Malasan, birinchi keltirilgan holatda foydalanuvchu (u - user) uchun o`zgartirish uchun ruxsat (x – execution permission) berilganligini ko`rish mumkin, va buyruq sintaksisi “chmod u+x fayl nomi” ko`rinishida bo`ladi: Fayl va papkalarga bir vaqtning `ozida turli foydalanuvchilarga turli ruxsatlarni beruvchi buyruqni ham kiritish imkoni mavjud. Buning uchun “,” orqali ruxsat beruvchi kodlar bir biridan ajratiladi. Bu misoldan ko`rinadiki, biror aniq foydalanuvchi faylni faqat o`qish, foydalanuvchilar guruxi esa faylni o`zgartirish uchun ruxsat etilgan. Ruxsatlarni rad etish uchun “chmod u-rx fayl nomi” sintaksisdagi buyruq kiritiladi: Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling