Linux operatsion tizimi haqida Tuzuvchi: Rahmaaliyev Elyor


Download 1.2 Mb.
bet3/9
Sana26.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1725190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
linux operatsion tizimi haqida

Xakerlarning "Barcha ma'lumot erkin va ochiq bo'lishi kerak" degan ma'lum ta'limotining tarafdori Stolmen o'zining loyihasiga GNU nomini beradi. GNU - rekursiv: "GNU - Not UNIX", o'zbekcha ma'nosi: "GNU - Yuniks Emas" qisqartmasi demakdir. Rekursiv degani - GNU nomi ochilsa, "GNU - Not UNIX" chiqadi, GNU qisqartmasi qayta ochilsa yana o'sha "GNU - Not UNIX" degan ma'no chiqaveradi. Bu esa - xaker dasturchilarning nom berishda qandaydir hazil, original usuli bo'ladi. Yangi tizim uchun Yuniks asos qilinib olingan bo'lsa ham, Stolmen loyiha nomi bilan Yuniksdan jiddiy ravishda farqlanishini ta'kidlamoqchi bo'lgan. U loyihani 1983 yil 27 sentyabrda butun dunyoga e'lon qilgan [6]. E'lonning to'liq matnini quyidagi manzil bo'yicha ko'rish mumkin: http://www.gnu.org/gnu/initial-announcement.html.

1989 yil fevral oyida GNU -ning mahsulotlarini huquqiy himoyalash maqsadida Umumiy ommabop litsenziyasi (GNU General Public License, yoki GPL)e'lon qilingan. Bu litsenziyanining mohiyatini tushunish uchun uni standart mualliflik huquqlari bilan solishtirish mumkin. Oddiy mualliflik huquqlarida yaratilgan mahsulotni o'zgartirish, nusxa olish, sotish kabi amallarni faqat egador hal qilishi, uning roziligi bo'lishi kafolatlangan. Bunday holat yana COPYRIGHT nomi bilan mashhur.

  • 1989 yil fevral oyida GNU -ning mahsulotlarini huquqiy himoyalash maqsadida Umumiy ommabop litsenziyasi (GNU General Public License, yoki GPL)e'lon qilingan. Bu litsenziyanining mohiyatini tushunish uchun uni standart mualliflik huquqlari bilan solishtirish mumkin. Oddiy mualliflik huquqlarida yaratilgan mahsulotni o'zgartirish, nusxa olish, sotish kabi amallarni faqat egador hal qilishi, uning roziligi bo'lishi kafolatlangan. Bunday holat yana COPYRIGHT nomi bilan mashhur.
  • GPL litsenziyasining mohiyati oddiy mualliflik huquqlariga teskari bo'lib, hujjat bilan himoyalangan mahsulotlarni kerakligicha o'zgartirish, nusxa olish, o'zga shaxslarga tarqatish yoki o'zgartirilgan turlarini GPL litsenziya asosida sotish uchun barchaga ruhsat berilgan. Uni yana "GPL - Guaranteed Public For Life" ("Hayot uchun ommabopligi kafolatlangan") deb tushintirishadi. Ommabop litsenziya bilan himoyalangan dasturiy ta'minotdan nusxa olish erkin yoki COPYLEFT nomi bilan ham ma'lum.
  • 1990 yillarga kelib, GNU loyihasi ichida erkin operatsion tizim hosil qilinishi uchun asosiy qismlar yaratilgan edi. Emacs tahrirlovchisidan tashqari, Stolmen yangi dasturlarni yaratuvchi "gcc" (GNU C Compiler) kompilyator va dasturlarni to'g'rilovchi "gdb" sozlovchini ishlab chiqdi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling