Linux operatsion tizimi haqida Tuzuvchi: Rahmaaliyev Elyor

Download 1.2 Mb.
bet5/9
Sana26.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1725190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
linux operatsion tizimi haqida

1980 yillarda paydo bo'lgan Microsoft operatsion tizimi bilan qurollangan shaxsiy kompyuterlar 1990 yillarga kelib, kompyuter bozorida ustunlikka erishdi. Shaxsiy kompyuterlarning texnik imkoniyatlari yetarli quvvatga ega bo'lmay Yuniks turli tizimlarini bunday kompyuterlarda qo'llab bo'lmas edi. Modomiki, shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari shiddatli ravishda o'sar ekan, bunday kompyuterlar uchun Yuniks turli tizimlari paydo bo'lishi tabiiy xol bo'lgan.

1987 yili Linuks tizimining yaratilishiga o'ziga xos hissasini qo'shgan, gollandiyalik professor Andryu Tanenbaum Yuniks turli tizimini yaratadi. Tizimga muallif Miniks (Minix) nomini berib, uni shaxsiy kompyuterlarda o'quv quroli sifatida ishlatishni tavsiya qiladi. Albatta, Miniks mukammal va benuqson operatsion tizim bo'lmagan, lekin uning dastlabki kodi ochiq bo'lib, Tanenbaumning "Operatsion tizimlar" kitobida tizimning ishlash jarayonlari batafsil yoritilgan. Bu esa operatsion tizimni o'rganishni xohlovchilar uchun bebaho o'quv qo'llanma bo'lgan, shuning uchun Yevropa oliygohlarining talabalari bosh ko'tarmay Miniks tizimining 12 000 keltirilgan satr kodini astoydil o'rganishgan.

Linus Benedikt Torvalds (Linus Benedict Torvalds - 1969 y. tug'ilgan) Finlyandiya poytaxti Xelsinki universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo'lib, professor Tanenbaum kitobini sotib olgan. "Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi" xotiranomasida Linus: "Kirish qismini o'qiganimdayoq, Yuniks mohiyatiga tushunib, uni qudratli, mustahkam va go'zal operatsion tizim ekanligiga iqror bo'lganman, hamda o'sha zahotiyoq Yuniks ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan," - deb yozadi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling