Linux operatsion tizimlarining rivojlanishi va ishlash printsipi
Paket orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
116 ММТ талабаси Ғофуров Аваз
- Bu sahifa navigatsiya:
- Repositoriya orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari
- GNU nima G NU’s N ot U
Paket orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari:
+ Paket bu kompilatsiya bo’lgan barcha zarur kutubxonalari joylangan arxivdir. Buni o’rnatish jarayoni arxiv ochiladi va kerakli kataloglarga fayllar joylanadi. + Dastur o’rnatishni boshqarish moduli mavjud. Package manager orqali qanday versiya o’rnatilgan, qanday modullardan tashkil topgan va hokozo ma’lumotlarni boshqarish mumkin. – O’rnatish uchun administrator huquqi talab qilinadi. – Paket bu aniq operatsion tizim distrubitivi uchun yaratiladi. Repositoriya orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari: Repostory bu joy bo’lib, u yerda dastur uchun zarur barcha ma’lumotlar fayl ko’rinishida saqlanadi va tarmoq orqali unga murojaat qilish imkoniyati mavjud bo’ladi. •AppStore (Apple) •Play Market (Google) •Market (Microsoft) + Kerakli barcha kutubxonalarga bog’lanishlar mavjud; + Dasturni o’rnatish boshqaruvi mavjud; + Qoidalar to’plami bo’lib, barcha jarayonlar repositoriya orqali avtomatik amalga oshiriladi. Tavsiya qilinadigan variati bu – paket orqali o’rnatish bo’lib, unda versiyasi qanday modullar mavjudligini ko’rish mumkin. Agarda mavjud operatsion tizim uchun paket fayli mavjud bo’lsa, uni yuklab olib o’rnatgan ma’qul hisoblanadi. Lekin ideal datur o’rnatish usuli bu – repositoriya orqalidir. GNU nima? GNU’s Not UNIX so’zlarini qisqartmasi bo’lib, bu abviatura hisoblanadi. 1983-yilda Richard Stolman – GNU loyihasini yurg’izadi. Loyiha nomi – “GNU is Not Unix” so’zlaridan olingan abbreviatura hisoblanadi va “GNU – Unix Emas” ma’nosini beradi. Bu loyihadan maqsad: UNIX kodlaridan foydalanmasdan, mutlaqo bepul UNIX’simon OT yararish edi. GNU loyohasida ko’plab dasturlar yaratiladi, lekin ularning yadrosi – ya’ni OT’ning o’zi bo’lmaydi. 1991-yilda Linus Torvalds yangi UNIX’simon OT’ni taqdim etadi. Uning do’stlari hazil tariqasida Linus va UNIX so’zlarini qo’shib, bu tizimni Linux deb atay boshlashadi. Bu nom hozirgacha saqlanib qolgan. Linux ham “ochiq kodlik” bo’lganligi uchun, Linux OT’i va GNU dasturlaridan foydalanib istagan odam Linux distributivini yaratishi mumkin edi. Shuning uchun ham dunyoda minglab Linux distributivlari mavjud. Distributiv aslida alohida OT, lekin ular shunchalik ko’p va bir-birga o’xshashki – ularni Linux distributivi deyishadi. Debian, Ubuntu, Fedora, Kali kabi mashhur distributivlarning o’zi 300 dan ortiq. Linux bu operatsion tizim yadrosi hisoblandi. Operatsion tizim GNU/Linux deb nomlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling