Linux ot fayl tizimi bilan tanishib chiqish. Fayllar bilan ishlash buyruqlarini o‘rganib chiqish


Download 59.14 Kb.
bet2/4
Sana18.10.2023
Hajmi59.14 Kb.
#1709105
1   2   3   4
Bog'liq
LINUX OT fayl tizimi bilan tanishib chiqish. Fayllar bilan ishlash

/home/username

username foydalanuvchisining shaxsiy katalogi. Bu katalogda foydalanuvchining shaxsiy sozlash fayllari va foydalanuvchining barcha ma’lumotlari saqlanadi. Linux ko’p foydalanuvchililik OT hisoblanadi, shu sababdan barcha foydalanuvchiga o’z shaxsiy fayllarini saqlash uchun shaxsiy katalog ajratiladi.

/root

root super foydalanuvchisining shaxsiy fayllari saqlanadigan joy, ya’ni root foydalanuvchisining uy katalogi. Bu katalog boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy katalogidan farq qilmaydi. Root foydalanuvchisining imkoniyatlari keng bo’lganligi uchun, uning shaxsiy katalogi alohida asosiy katalog ichida joylashtirilgan.

/lib

Bu katalogda tizim kutubxonlari saqlanadi. Tizim kutubxonalari — /bin /sbin katalogidagi dastur kutubxonalari va operatsion tizimni ishlashi uchun lozim bo’lgan kutubxonalardir.

/media

Operatsion tizim, avtomat montirovka qila oladigan turli xil qurilmalarni (CD-ROM, USB) shu katalogga montirovka (joylashtiradi) qiladi.

/mnt

Agar operatsion tizim qurilmalarni avtomat montirovka qila olmasa, foydalanuvchi shu katalogga «mount» buyrug’i orqali kerakli qurilmani montirovka qiladi (joylashtiradi).

/opt

Katta hajmdagi dasturlar yoki katta hajmdagi yordamchi paketlar shu katalogga o’rnatiladi.

/sbin

Tizimni boshqarish va sozlash uchun zarur bo’lgan asosiy tizim dasturlar saqlanadi (ifconfig, iptables).


Download 59.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling