Linzalar. Linzalarni xarakterlovchi kattaliklar. Linzalada tasvir yasash Reja
Download 88.64 Kb.
|
Linzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Linza nima va uni qanday tushunamiz
- Linzaning bosh optik o`qi deb
- Linzalarda tasvir yasash
- Linzaning optik kuchi nima
Linzalar. Linzalarni xarakterlovchi kattaliklar. Linzalada tasvir yasash Reja: Linza nima va uni qanday tushunamiz? Linzada tasvir qanday hosil bo`ladi? Linza nima va uni qanday tushunamiz? Linzadan yorug`likning qaytishidan va sinishidan nurlarning yo`nalishini o`zgartirish uchun yoki yorug`lik dastalarini boshqarish uchun foydalaniladi. Masalan: mikroskop, fotoapparat va boshqa shu kabi maxsus optik asboblarning yaratilishida ushbu qoidaga asoslangan. Bu asboblarning asosiy qismini linza tashkil etadi. Masalan, ko`zoynakning oynasi gardishga olingan linzadir. Ko`zoynakdan insonlar kichik narsalarni katta qilib, uzoqni yaqin qilib ko`rishda foydalaniladilar. Inson hayotida linzalarning qo`llanilishi muhim ahamiyatga ega. Demak linzalar shaffof jismlardan yasaladi. Shaffof jism deb nimaga aytiladi? Yorug`likni yaxshi o`tkazadigan moddalardan yasalgan jismlarga shaffof jism deyiladi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi. Uni har qanday shaffof materialdan, hatto muzdan ham yasash mumkin.Linzalarda tasvir yasash uchun optik o`qqa parallel nurlar yuboriladi. Linzaning bosh optik o`qi deb sferik sirtlarning O1 va O2 markazlaridan o`tuvchi to`g`ri chiziqqa aytiladi. Linzalar qanday turlarga bo`linadi? Linzalar qavariq va botiq linzalarga ajratiladi. Qavariq linza yig`uvchi, botiq linza sochuvchidir. Linzaning o`rta qismi chetlariga qaraganda yo`g`on bo`lsa qavariq, ya’ni nurlarni yig`adi, agar o`rta qismi chetlariga qaraganda ingichka bo`lsa botiq, ya’ni nurlarni sochadi. Linzalarning mana shu xususiyatidan amalda keng foydalaniladi. Masalan: Fatoapparatlarda yig`uvchi linzalar fotosuratga olinayotgan buyumni kichiklashtirgan tasvirni beradi. Sochuvchi linza kino apparatdagi kichik kadrdagi tasvirni yuzlab marta kattalashtirib beradi. Linzaning fokus masofasi deb nimaga aytiladi? Linzadan o`tgan nurlar bir nuqtada yig`iladi. Bu nuqta linzning fokus masofasi deyiladi. Fokus nuqtani F harfi bilan belgilanadi. Linzaning markazi O nuqtadan F nuqtgacha bo`lgan masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Botiq linzada tasvir hosil bo`lmaydi. Botiq linzada mavhum fokus mavjud. Sochilgan nurlarni go`yoki F nuqtadan chiqib kelayotgandek tasavvur qilish mumkin. Linzalarda tasvir yasash. Buyumdan linzaga qarab ikkita nur birinchisi optik o`qqa parallel, ikkinchisi linzaning markaziga yo`naltiriladi. Nur linza fokusidan o`tsa, ikkinchisi linza markazidan sinmasdan o`tadi va A nuqtada uchrashadi va tasvir hosil bo`ladi. Linzaning optik kuchi, buyum va linza orasidagi masofaga bog`liq ravishda tasvir turlicha bo`ladi. .
D= Optik kuchi birligi qilib dioptriya (1 dptr) qabul qilingan. 1 dioptriya- bu fokus masofasi 1 m ga teng bo`lgan linzaning optik kuchidir. Fokus masofasi 1 m dan kichik bo`lgan linzalarning optik kuchi 1 dptr dan katta bo`ladi. Masalan, fokus masofasi 0,5 m bo`lgan linzaning optik kuchi quyidagiga teng. D= =2 Download 88.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling