Agar linza yig’uvchi bo’lsa, uning fokusi haqiqiy bo’ladi va had oldiga “plyus” ishora qoyiladi. Linza sochuvchi bo’lganda F 0 bo’ladi va (13.5) formulaning o’ng qismida manfiy kattalik turadi. Agar tasvir haqiqiy bo’lsa, had oldiga “plyus” ishora, agar tasvir mavhum bo’lsa “minus” ishora qoyiladi. Nihoyat, yorug’lik chiqaruvchi no’qta haqiqiy bo’lsa, had oldiga “plyus” ishora, agar u mavhum bo’lsa (ya‘ni linzaga davomlari bir no’qtada kesishuvchi yaqinlashuvchi nurlar dastasi tushsa) “minus” ishora qoyiladi. Ammo fokus masofani yoki linzadan tasvirgacha yoxud manbagacha bo’lgan masofani hisoblab topish natijasida manfiy kattalik chiqsa, demak, fokus, tasvir yoki manba mavhum bo’lgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |