Linzaning fokuslari linzaga qanchalik yaqin bo’lsa linza nurlarini yig’ib yoki sochib shunchalik kuchli sindiradi va linzaning optik kuchining absolyut qiymati shunchalik katta bo’ladi. Linzaning optik kuchi “Dioptriya” (dptr) bilan ifodalanadi. Fokus masofasi 1m bo’lgan linzaning optik kuchi 1 dptr bo’ladi. Yupqa linzaning optik kuchi uning har ikki sindiruvchi sirtlari optik kuchlarning yig’indisiga teng. D=D1+D2. Hamma vaqt n>1, demak D optik kuchning ishorasi miqdorning ishorasiga qarab musbat yoki manfiy bo’ladi. Agar D (+) bo’lsa unda linza yig’uvchi linza bo’ladi, ya‘ni yorug’likning parallel shu‘lasi linzaning sinib o’tgandan so’ng linzaning ikkinchi bosh fokusida yig’iladi (13.4a-rasm). Agar D manfiy bo’lsa, linza sochuvchi linza bo’ladi, ya‘ni yorug’likning parallel shu‘lasi linzadan sinib o’tgandan so’ng bir–biridan uzoqlashib taraluvchi nurlar shu‘lasini hosil qiladi va u nurlarning teskari davomlari ikkinchi bosh fokusda kesishadi (13.4b- rasm). 13.4- rasm Linzalarda tasvir yasashni qaraylik. 13.5- rasm 13.6- rasm Uchta kattalikni: buyumdan linzagacha bo’lgan d masofani, tasvirdan linzagacha bo’lgan f masofani va fokus masofa F ni bir-biriga bog’lovchi formulani qaraylik. (13.5) yoki (13.6) bu munosabatni yupqa linza formulasi deb atash qabul qilingan. d, f, D kattaliklar musbat bo’lishi ham, manfiy bo’lishi ham mumkin. Isbotsiz shuni ta‘kidlab o’tamizki, linza formulasi tadbiq etilar ekan, hadlar oldiga qoyidagi qoida asosida ishoralar qoyish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |