Linzalar va ko’zgular Reja


Download 1.27 Mb.
Sana14.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1004056
Bog'liq
Linzalar va ko’zgular

Linzalar va ko’zgular

Reja:


Geometrik optika
1
Linzalar
2
Optika
3

Geometrik optika


Ko‘pchilik optik asboblar tuzilishi: Yorug‘lik nurlari bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi va ikki muhit chegarasida qaytish hamda sinish xossasiga egadir degan tushunchaga asoslangandir. Optikaning bunday asboblar nazariyasi haqida baxs yurituvchi bo‘limi nurlar optikasidir.
Yorug’lik to’lqinlari tarqalganda Poyting vektori yo’nalishi bo’yicha tarqaladi. Bu yo’nalishni odatda yorug’lik nuri deb ataladi. SHu yorug’lik nuri haqidagi tushunchaga asoslanib ko’p optik hodisalarni ko’rib chiqish mumkin.
Optikaning bu tushunchaga asoslangan bo’limi geometrik optika deyiladi.

Geometrik optika prinsiplari asosida linzalar, ko’zgulardan to’zilgan optik asboblarda nurning yo’li matematik ravishda hisoblanadi. Misol sifatida yupqa linzada tasvirni yasash va uni fokus masofasini keltiramiz:


Markazlashtirilgan optik sistema


Bitta sferik sirtda sinish holi kamdan-kam bo‘ladi. Sindiruvchi real sistemalarning ko‘pchiligida kamida ikkita sindiruvchi sirt (linza) yoki undan ham ko‘prok sirtlar bo‘ladi.
Agar barcha sferik sirtlarning markazlari bir to‘g‘ri chiziqda yotsa bunday sferik sirtlar sistemasi markazlashtirilgan sistema deb yuritiladi, markazlar yotgan to‘g‘ri chiziq esa sistemaning bosh optik o‘qi deyiladi. Xuddi shuningdek, Lagranj-Gelmgols teoremasi ham sirtlarning markazlashtirilgan sistemasi uchun o‘z kuchida qoladi.
Y1n1U1=Y2n2U2=Y3n3U3=...

Markazlashtirilgan sistemaning optik ikkita sferik sirtdan iborat bo‘lgan eng oddiy holi katta ahamiyatga ega; bu ikki sirt yorug‘likni yaxshi sindiruvchi biror shaffof materialni (shishani) atrofdagi havodan chegaralab turadi. Ravshanki, bunday sistema odatdagi linzadir.


Agar linzaning ikkala uchi ustma-ust tushadi deb hisoblash mumkin bo‘lsa, ya‘ni linzaning d qalinligi chegaralovchi sirtlarning R1 va R2 egrilik radiuslariga nisbatan juda kichik bo‘lsa, linza yupqa linza deyiladi.

S dan o‘tuvchi har qanday paraktsiol nur sinmaydi desak bo‘ladi. Haqiqatdan ham, linzaning bunday nurlar o‘tayotgan joydagi ikkala sirtini (qismini) parallel deb hisoblash mumkin, shu sababli bu qismlardan o‘tganda nur o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydi. Optik markazdan o‘tadigan nurni biz linzaning optik o‘qi deb ataymiz.


Nurning ikkinchi sferik sirtda sinishi sindirish ko‘rsatkichi n bo‘lgan yaxlit shishada sirt uchidan SC=a masofada (13.3-rasm) S tasvir hosil qilgan bo‘lar edi,

Manba har qanday joylashgan va fokus shunga yarasha joylashgan har qanday holda linzaning bu umumiy formulasi qavariq va botiq linzalar uchun yaraydi.


Bosh optik o’qqa parallel bo’lgan nurlarning linzadan o’tgandan keyin kesishish no’qtasi linzaning fokusi deyiladi.Linzadan fokusgacha bo’lgan oraliqdagi masofa linzaning fokus masofasidir. Fokusdan bosh optik o’qqa perpendikulyar ravishda o’tadigan tekislik fokal tekislik deyiladi.
Yupqa linzani tekshirganimizda ob‘ektgacha va tasvirga bo’lgan masofalarni а1 va а2 bilan belgilaylik unda linzaning umumiy formulasi.

Optika


Optikaning rivojlanish jarayonida yorug’lik tabiati haqida ikki qarama-qarshi nazariya vujudga kelgan. Birinchi nazariyaga ko’ra, yorug’lik tabiati to’lqin xarakterga ega. Bu sohada birinchi bo’lib Robert Guk, Xristian Gyuygens, Tomas Yung, Arago, Koshi, Frenel kabi olimlar ko’plab ish qildilar.
Keyinchalik ularning ishlari ingliz olimi Maksvell tomonidan ishlab chiqilgan elektromagnit nazariyaga asos bo’ldi va yorug’likning elektromagnit nazariyasi yaratildi.
Bu nazariyaga ko’ra yorug’lik to’lqinlari ko’ndalang to’lqinlar bo’lib, elektr vektoryorug’likning tarqalish tezligi s o’zaro perpendikulyardir. Yorug’likning to’lqin nazariyasi asosida yorug’lik interferensiyasi, yorug’lik difraksiyasi, yorug’likning qutblanishi bilan bog’langan barcha hodisalar to’g’ri tushuntiriladi.

Yorug’likning to’lqin nazariyasi bilan bir qatorda yorug’likning kvant nazariyasi ham rivojlandi. Bu sohada I.Nyutonning g’oyalari va ishlari katta ahamiyatga ega. I.Nyuton o’zi kuzatgan yorug’lik dispersiyasi va boshqa hodisalarni tushuntirishda yorug’lik juda kichik zarralar — korpuskulalar oqimidan iborat degan g’oya asosida tushuntirgan edi.


Bu nazariyaga ko’ra yorug’lik elementar zarralar — fotonlar oqimidan iborat deb qaraldi, absolyut qopa jism qonunlari fotoeffekt, Kompton effekti shu nazariya asosida tushuntirildi. Yorug’likning foton nazariyasi kvant mexanikasi asosida vujudga keldi. SHu sababli yorug’likni foton nazariyasi yana yorug’likning kvant nazariyasi deb ham ataladi.

Фойдаланилган адабиётлар:

1. «Умумий физика курси» И.В. Савелев «Тошкент» 1976 й

2. «Физика» О. Ф.Кобордин «Тошкент» 1992 йил

3. «Ёш физик энсиклопедик лугати» А.А.Абдуроззоков, Е.Н Назиров «Тошкент» 1989 йил.

4. “Amaliy fizika” ma’ruzalar matni dots. D.T.Rasulov

5 www.ziyonet.uz


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling