Linzaning fokus masofasini aniqlash
YORUG'LIKNING QAYTISH QONUNLARI
Download 185 Kb.
|
ОПТИКА
- Bu sahifa navigatsiya:
- YORUGLIK NI SINISH QONUNLARI
YORUG'LIKNING QAYTISH QONUNLARI.
Yorug'lik nurlanishlari uchun qaytish qonunlari tajriba yordamida eramizdan oldingi 3-asrda qadimgi grek olimi Yevklid tomonidan topilgan edi. Hozirgi sharoitlarda bu qonunlar optik shaybalar yordamida tekshiriladi. U A yorulik manbadan iborat bo'lib, uni darajalarga (graduslarga) bo'lingan diska atrofida ko'chirish mumkin. Yorug'likni qaytaruvchi sirt 3 ga yunaltirib, i va burchak-lar o'lchanadi . YORUG'LIKNING QAYTISH QONUNLARI to'lqinlarning to'siqlardan qaytish qonunlari bilan mos keladi. Tushuvchi nur, qaytgan nur va qaytaruvchi sirtning nur tushish nuqtasiga o'tkazilgan perpendikulyar bilan bir tekislikda yotadi. Nurning qaytish burchagi uning tushish burchagiga teng: YORUG'LIK NI SINISH QONUNLARI Yorug'likning bir muhitdan ikkinchi muhitga, masalan, suvdan havoga o’tganda sinishini biz tabiatda ko'p uchratamiz. Tiniq suvga botirilgan tayoqchaning qismi guyo sinib (1-rasm) qolgandek ko'rinishi, suv ostida yotgan buyumning haqiqiy o'rnidan siljigan holda ko'rnishi va boshqalarni eslaylik. Bularga yorug'likning muhitdan muhitga o'tishida sinish hodisasi sababchidir. Yorug'likning sinish qonuni quyidagicha ta'riflanadi: Tushuvchi va singan nurlar ikki muxit chegarasiga nurning tushish nuqtasi orqali o'tkazilgan perpendikulyar bilan bir tekislikda yotib, tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muhit uchun o'zgarmas kattalikdir. (rasm-1),ya'ni . Bunda n-muhitning nisbiy sindirish ko'rsatgichi yoki ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko'rsatkichi deyiladi. Endi muhitning absolyut sindirish ko'rsatkichi haqida to'xtab o'taylik. Biror muhitning vakuumga nisbatan sindirish ko'rsatkichi uning absolyut sindirish ko'rsatkichi deyiladi. Muhitlarning ana shu n1 va n2 absolyut sindirish ko'rsatkichlari yorug'likning tushish i va sinish burchaklari sinuslari , yorug'likning shu muhitlardagi tezliklari V1 va V2 hamda muhitlarning nisbiy sindirish ko'rsatkichlari orasida quyidagi munosabat o'rinli: Shuni eslatib o'tamizki, normal sharoitda havoning absolyut sindirish ko'rsatkichi vakuumning absolyut sindirish ko'rsatkichiga deyarli teng, ya'ni 1 ga (aniqrog'i 1,000292 ga ) teng. Ana shu sababli amaliyotda asosan muhitlarning havoga nisbatan sindirish ko'rsatkichi ishlatiladi. Istalgan muhitning havoga nisbatan sindirish ko'rsatkichi 1-dan katta sondir, chunki бўлгани учун 1. Yorug'lik sindirish ko'rsatkichi katta bo'lgan muhitdan (masalan shishadan, suvdan) sindirish ko'rsatkichi kichikroq muhitga (masalan, havoga ), o'tganda to'la ichki qaytish hodisasi kuzatilishi mumkin. Masalan, yorug'lik havoga nisbatan sindirish ko'rsatkichi ga teng bo'lgan shishadan havoga o'tayotgan bo'lsin (rasm-2). Bu holda shisha birinchi, havo esa ikkinchi muhit bo'lib xizmat qiladi. Bu vaqtda sinish qonuni quyidagicha yozish mumkin: . Бундан Бу ерда 1 бўлганлигидан ya'ni sinish burchagi tushish burchagidan katta. Download 185 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling