Liofob va liofil kolloidlar


Koagulyatsiya mexanizmi va kinetikasi


Download 25.21 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2023
Hajmi25.21 Kb.
#1231486
1   2
Bog'liq
Abilla

Koagulyatsiya mexanizmi va kinetikasi. Zollar koagulyatsiyalanganda ko’pincha sinergizm va antogonizm xodisalari sodir bo’ladi. Additivlik xodisasi kam uchraydi. Kolloidlarning o’zaro koagulyatsiyasi deb, bir kolloid eritmaga qarama - qarshi zaryadli ikkinchi kolloid eritmaning malum miq-dorda qo’shilishi natijasida koagulyatsiya yuz berishiga aytiladi.
Masalan, musbat zaryadlangan Fe(OH)3 zoli manfiy zaryadli As2S3 qo’shish bilan koagulyatsiyaga uchraydi.
Kolloidlarning o’zaro koagulyatsiyasidan ichiladigan suvlarni tozalashda foydalaniladi. Buning uchun suvdagi, ko’pincha, manfiy zaryadli kolloid zarrachalar suvga AI2(SO4)3 qo’shishdan hosil bo’ladigan musbat zaryadli AI(OH)3 bilan o’zaro koagulyatsiyalanadi va suv filtrlanib tozalanadi.
Gidrofob kolloidlar izoelektrik holatda, yani elektroneytral holatda eng katta tezlik bilan koagulyatsiyalanadi.
Koagulyatsiya vaqtida ion almashinish adsorbtsiyasi ham sodir bo’ladi. Bunda zolga qo’shilayotgan elektrolitning ionlari adsorbtsion qavatdagi qarshi ionlar bilan o’rin almashinadi.
Katta zaryadli ionlarning kolloid eritmaga qo’shilishi natijasida granula elektroneytralgina bo’lib qolmasdan, katta zaryadlanishi mumkin.
Bunda granulalar ortiqcha adsorblangan elektrolitning ionlari zaryadiga ega bo’lib, qaytadan barqaror kolloid eritma xoliga keladi. Qo’shilayotgan katta zaryadli ionlari bo’lgan elek-trolit kontsentratsiyasi ortib borishi bilan dastavval koagulyatsiya sodir bo’ladi.
Koagulyatsiya kinetikasi koagulyatsiya protsessining sodir bo’lish tezligini ko’rsatadi.
Koagulyatsiya tezligi zarrachalarning vaqt birligi ichida o’zaro birikish soni bilan harakterlanadi.
M.Smoluxovskiy nazariyasiga ko’ra ikki zarrachaning o’zaro birikib bir agregat hosil qilish koagulyatsiyaning boshlanishi deyiladi.
Koagulyatsiya tezligi quyidagi omillarga bog’liq:
•Zarrachalarning o’zaro tortishish kuchining tasir etish radiusi.
•Broun harakatining tezligi.
•Kolloid eritmaning kontsentratsiyasi.
•Elektrolitning kontsentratsiyasi.
Yüklə 43,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:


1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11

PROMOTED CONTENT


Yotishdan oldin bitta osh qoshiq: bir oyda minus 27 kg!
Fatality



Bo'g'inlar bir hafta ichida tiklanadi: Uyda bo'g'imlarni davolash
Sustaflex


Download 25.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling