Lipidlarning umumiy tasnifi


Download 36 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi36 Kb.
#1026906
Bog'liq
Lipidlarning umumiy xossali


Mavzu:Lipidlarning umumiy xossali

Lipidlar (yunoncha Lipos-yog’lar) o’simlik va hayvonot olamida keng tarqalgan moddalarning eng asosiy guruhlaridan biri. Lipidlar sinfiga tegishli birikmalarning asosiy umumiy xususiyati shundaki, ular qutblanmagan erituvchilarda(masalan, etanol, xloroform, efir, aseton, benzol, dixloretan, petroley efiri va boshqalarda) yaxshi erib, suvda deyarli erimaydi, suv molekulalari bilan bog’lanmaydi. Shuning uchun ular gidrofob - suvdan qo’rqadigan moddalar qatoriga kiritiladi.


Lipidlarning turli xil tasniflari mavjud: strukturali, fizik-kimyoviy va biologik yoki fiziologik.
1.Strukturasi bo’yicha lipidlar quyidagicha bo’linadi:
I. Oddiy lipidlar qatoriga yog’lar, moylar va mumlar kiradi. Ular lipidlarning eng ko’p tarqalgan va sodda vakillaridir. Yog’lar va moylar ximiyaviy tuzilishiga ko’ra uch atomli gliserin bilan turli yog’ kislotalarning birikishidan hosil bo’lgan murakkab efirlardir.
Ular faqat oddiy sharoitdagi konsistensiyalari bo’yicha bir-biridan farqlanadi: ko’pincha qattiq konsistensiyali vakillari esa moy deb yuritiladi. Mumlar yuqori molekulali yog’ kislotalarni yuqori yog’ deb, suyuq konsistensiyali molekulyar bir atomli spirt bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir.
II.Murakkab lipidlar guruhi bir-biridan ancha farqli ko’p komponentli geterogen birikmalarni o’z doirasida birlashtiradi. Murakkab lipidlarning eng muhim katta guruhi fosfolipidlar tarkibida murakkab efir shaklida birikkan yog’ kislotadan tashqari, azot tutuvchi komponent va fosfat kislota mavjud.
Ularning strukturasi fosfoasilgliserinlarning azot asoslaridan xolin yoki kefalin bilan bog’lanishidan hosil bo’ladi. Tarkibida azot sifatida sfingozin saqlovchi sfingolipidlar fosfolipidlar guruhiga yaqindir.
2.Lipidlarning fizik-kimyoviy xossalari bo’yicha bo’linishida ularning qutblilik darajasi hisobga olinadi. Bu belgisiga ko’ra lipidlar neytral(qutbsiz) va qutblilarga bo’linadi. Birinchi turga zaryadga ega bo’lmagan lipidlar kiradi. Ikkinchisiga esa zaryadga ega va qutblangan lipidlar, masalan, fosfolipidlar, yog’ kislotalari kiradi.
Lipidlar odam orgnizmi massasining o’rtacha 10-20 % ini tashkil qiladi.
O’rtacha katta odam tanasida 10-12 kg ini lipid bo’lib, undan 2-3 kg ini struktura lipidlarlari (asosan membrana tarkibidagi lipidlar), qolganini esa rezerv lipidlar tashkil etadi. Rezerv lipidlarning 98 % i yog’ to’qimalarda bo’ladi.

    1. Lipidlarning asosiy sinflari. Monomer lipidlarga quyidagi lipidlar kiradi:

1.Yuqori uglevodlar
2.Yuqori alifatik spirtlar, aldegidlar, ketonlar
3.Izoprenoidlar va ularning unumlari
4.Yuqori aminospirtlar(sfingozinlar)
5.Yuqori poliollar
6.Yog’ kislotalari
1. Yuqori uglevodlar. Bu guruhga eng sodda lipidlar kiradi.Ular yuksak tuzilgan organizmlar uchun muhim ahamiyatga ega emas.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling