Лирические народные песни


Muammoli bayon qilish metodi


Download 0.85 Mb.
bet5/5
Sana13.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1350081
1   2   3   4   5
Bog'liq
Beg‘amova Shodiyona

Muammoli bayon qilish metodi

  • O`qituvchi o`quvchilar oldiga ma`lum bir muammo qo`yadi va ularning mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatishlarini ta`minlash orqali bu muammoni hal qilishga kirishadi. Ta`limning bu metodi o`quvchilar tomonidan o`quv materialining o`qituvchi rahbarligiga mustaqil tahlil etilishi, kuzatilishi, guruhlanishi, umumlashtirilishi bilan ajralib turadi.

Tadqiqot (ijodiylik) metodi.

  • Bu metod o`quvchidan to`la ijodiylikni talab etadi. Yangi bilimlar olish maqsadida o`quvchi o`zi masala tuzishi va uni to`la mustaqil ravishda hal qilish yo`llarini izlaydi. O`qituvchi yordamisiz, yoki namunaga asoslanmagan holda bajariladi.
  • Mazkur tasnifning ustunligi shundaki, o`quvchilarning bilish faoliyatini bosqichma-bosqich faollashtirish nazarda tutilgan hamda unda o`quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga va o`quv faoliyati tarkibida tadqiqotchilik unsurlari bo`lishi zarurligiga e`tibor berilgan.

Ona tili o`qitish metodikasida ta’lim metodlari kam o`rganilgan masalalardan biridir. Metodist H.Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, oan tili o`qitish metodlarini quyidagicha tasniflaydi:

  • a) o`qituvchining bayoni;
  • b) suhbat;
  • s) til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish;
  • d) grammatik tahlil;
  • e) mashq;
  • f) darslik ustida ishlash;
  • g) ko`rgazmali qurollardan foydalanish;
  • h) sayohat.

XULOSA

  • Bu metodlar, birinchidan, qayta xotirlashga asoslangan metodlar bo`lib, ular o`quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o`stirishga to`la muvofiq kelmaydi. Bu metodlarda, asosan, o`qituvchi faoliyati nazarda tutilgan; ta’lim jarayonining sub`ekti sanalgan o`quvchi e`tibordan chetda qolgan. Mazkur tasnifda o`quvchilarda izlanuvchanlikni shakllantirishga xizmat qiladigan muammoli bayon, qisman izlanuvchanlik, tadqiqot (izlanuvchanlik) metodlari tamoman o`z ifodasini topmay qolgan.
  • Ma`lumki, dars ikki yoqlama jarayon bo`lib, unda o`quvchi ham, o`qituvchi ham faol ishtirok etadi. Shuning uchun o`qitish metodlarini tasnif qilishga nafaqat o`qituvchi faoliyati, balki o`quvchi faoliyati ham asos bo`lib xizmat qilmog`i lozim. Ona tili darslari qo`llaniladigan o`qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o`quvchilarning mustaqil bilim olishi ham hisobga olishi, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo`shish orqali ularni ijodiy faoliyatga tayyorlashi lozim.

Adabiyotlar ro`yхati:

  • Yu.K.Babanskiy “Hozirgi zamon umumta’lim maktablarida o`qitish metodlari” Toshkent-“O`qituvchi” 1990y.
  • Maxmudov M. “Maktabda muammoli ta’limni tashkil qilish” Toshkent-“O`qituvchi” 1981y.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling