Lirik asarlarni ifodali va to‘g‘ri o‘qishni o‘rganish Reja
Qilmadi rahmi mango, xud o’zgaga
Download 120.98 Kb.
|
Lirik asarlarni ifodali va to‘g‘ri o‘qishni o‘rganish Reja-fayllar.org
Qilmadi rahmi mango, xud o’zgaga
Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi. Ogahiyning tuyug’idagi qofiya shaklan bir xil, mazmunan uch ma’noga ega bo’lgan “yo qilmadi” so’zi asosiga qurilgan, birinchi misrada-qomatni egmadi, g’am yukida qomatim bukilmadi ma’nosida, ikkinchi misrada - ohim o’tidan falak yonmadi ma’nosida, to’rtinchi misrada – qilmadi ma’nosida qo’llanilgan. To’rtlik – ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan to’rt misralik barcha she’riy asarlarni to’rtlik(qorishiq) janri deb yuritish asoslidir. To’rtliklarning mavzu va mundarijasi – hayotning barcha jihatlarini qamrab oladi; ularda bu jihatlar siqiq tarzda poetiklashadi: Xalqqa ayting, men aslo o’lganim yo’q, Yov qo’liga taslim ham bo’lganim yo’q. Men elimning yuragida yashayman, Erk deganning tilagida yashayman. (Hamid Olimjon) Mazkur “qorishiq janr”ning Jamol Kamol aytgandek, asosiy belgilari bor. “Bular: a) lirik ifodaning erkin parvozi; b) kechinmalar doirasiga tushgan eng uvoq mayda-chuydalarning ham shu ondayoq qayd etilishi v) bevosita nutq-monolog bilan chuqur suvrat-tasvirlarning almashinib turishi; g) vazn va mulohazalarning erkin qo’llanishi kabi xususiyatlardir”1. Orzum shul, o’chmasin yongan charog’ing, Yulduzday nur sochsin chashming-qarog’ing. Magar chinor bo’lsang chinorday yasha, Bevaqt uzilmasin biror yaprog’ing. (Abdulla Oripov) Ko’rinadiki, bu xil to’rtliklar – “universal”lik xususiyatini kasb etadi va uning tarixi – xalq og’zaki ijodidan to hozirga qadar yaratilgan to’rtliklarning barchasini o’z ichiga oladi. B.Lirikaning o’rtacha janrlari G’azal (arabcha so’z, ma’nosi “Ayollarga sevgi va munosabat izhor qilish”) asosan ishq – muhabbatni kuylovchi, muhabbat kabi judayam qadimiy, doimo yangi bo’lgan lirik she’rdir. G’azal mavlono Fuzuliy ta’biricha, “Shoir qudratini bildiruvchi, hunarning guli- gulistoni”dir, Mavlono Vohid Abdulla nazdida “Qalb qonidan ochilgan lola”dir. G’azal aruzda ikki misrali bayt usulida yoziladi. Uning birinchi bayti “matla’” (“boshlanma”) deb yuritiladi va undagi ikki misra qofiyadosh (a,a) bo’ladi. Keyingi baytlarning ikkinchi misralari matla’ga qofiyadosh (ba, va, ga, da ... va h.) bo’ladilar. G’azalning oxirgi-xulosaviy bayti “maqta’” (“tugallanma”) deb yuritiladi va unda g’azal muallifining ismi yoxud taxallusi (“qutilish, xalos bo’lish”) qo’llaniladi. G’azalda, ko’pincha, qofiyadan so’ng radif keladi. G’azal 3 baytdan 19 baytgacha bo’lishi mumkin. Uning mumtoz shakli 7 baytdir. Jumladan, Alisher Navoiyning “Xazoinul maoniy” devonidagi 3244 asardan 2600 tasi g’azal bo’lib, ularning 1774 tasi 7 baytlidir. Ushbu ta’kiddan ko’rinadiki, g’azal mumtoz adabiyotimizda janrlarning sardori bo’lib kelgan. Qofiyalanish tartibiga ko’ra g’azal: 1) oddiy (a-a, b-a, v-a, g-a...), 2) husni matla’ (a-a, a-a, b-a, v-a, g-a...), 3) zulqofiyatayn (a-a, b-b, v-v, g-g...), 4) zebqofiyatayn (a-a, a-a, a-a, a-a...)ga, g’azal-mushoira, g’azal-chiston, g’azal-nazira, g’azal-muvashshah, g’azal-musajja’, g’azal-qit’a ko’rinishlariga ega bo’lgan. Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim, Darmon yo’qidin zahri balosin yuta qoldim. Ko’rdim men oni dushmani ruhu tan ekandur, Lo o’qi bilan ikki ko’ziga ota qoldim. Mayxonaga kirdim, bila qoldim kuyarimni, Masjidga kirib zohidi yaxdek qota qoldim. Zohid, menga bir shishada may, senga namozing, Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim. Vahdat mayini piri mug’on ilgidin ichtim, Mansur kabi boshimi dorg’a tuta qoldim. To telbalig’im shuhrati olamni tutubdir, Bir jilvasig’a ikki jahondin o’ta qoldim. Ayb etmangiz bu Mashrabi bexudni yoronlar, Naylayki, bu g’urbat ko’chasidin o’ta qoldim. Marsiya(arabcha so’z, ma’nosi “Biror shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag’ishlab yozilgan motam she’ri”) biror mashhur kishi vafoti munosabati bilan og’ir yo’qotishni, g’am-alamni, hasratu iztirobni kuylovchi asardir. U xalq og’zaki ijodida “yig’i” deb yuritilgan va unda o’limdan, bevafo dunyodan shikoyat qilingan. Bugungi marsiyalarda esa vafot qilgan buyuk shaxsning e’zozli ishlari ulug’lanadi, xalqning yo’qotishdan topgan alamli iztirobi kuylanadi; marhumning bajarishga ulgurmagan ishlarini davom ettirishga chorlaydi. Birgina jumla bilan aytganda, odamiylik o’lmasligini, uni boyitish har bir insonning vazifasi ekanligini – pafos darajasiga ko’taradi. Zulfiyaning “Sog’inganda”, “Bahor keldi, seni so’roqlab”, Abdulla Oripovning “Onajon”, “Alvido, ustoz”, “Sorlochin uchdi”, Dushan Fayziying “Umr suvday oqar”, Vohid Abdulloning “Yuzidan nur tomardi”, Farruh Hamroyevning “Nuriddin Shukur marsiyasi”, Nodir Jonuzoqning “Ustoz”, Sa’dulla Hakimning “Yolg’on-shoir o’limi” marsiyalari yuqoridagi fikrlarimizning isboti bo’la oladi. Mana, aytilganlarning eng so’nggisi: Rayhon qolur, gul qolur Evoh, o’tar Muhammad, Oshiq ko’ngil tul qolur, O’rtab ketar Muhammad. Erka kiyikni endi Kim suyadi erkalab. Hayron ko’zi g’am to’la Jayron ketar Muhammad? Yurtim deya kuyganni Kuyib-yonib suyganni, Xirad to’nin kiyganni Kim unutar, Muhammad? Oy porlar o’sha-o’sha, Yulduzlar qo’sha-qo’sha, Nur yog’ilgan tinch go’sha, Tonglar otar Muhammad. Er ulug’lar elini, Yolg’on-shoir o’limi. Muhammadning yo’lini Yana tutar Muhammad. Ashula (yakka xonanda, guruh yoki xor ijro etadigan vokal asar; qo’shiq) to’rt misradan iborat band tuzilishigi ega bo’lib, unda parallelizm keng qo’llaniladi, ya’ni to’rtlikning birinchi ikki misrasi ramziy obrazlar asosiga qurilsa, keyingi ikki misrada asosiy maqsad ifodalanadi. Birinchi ikki misra asosiy maqsad ifodalangan keyingi ikki misrani isbotlashga, aynan shunday bo’lishiga shubha qoldirmaslikka xizmat qiladi: Qaldirg’och qora bo’lur; Qanoti alo bo’lur. Yoshlikda bergan ko’ngil Ayrilmas balo bo’lur... Boshimdagi ro’molim Gul shoxiga ilindi. Bevafo yorga qarab Yurak bag’rim tilindi. Download 120.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling