Lirik chekinish
Download 121.34 Kb.
|
Kamtarin bo’l, hatto bir qadam O’tma g’urur ostonasidan. Piyolani inson shuning chun O’par doim peshonasidan.
O’quvchilar to’rtlikning birinchi misrasidagi ―kamtarlik‖ tushunchasining mohiyatiga kirishlari uchun ularga: ―To’rtlikni qayta o’qing. Uning mazmunidan kelib chiqib ―kamtarlik‖ning fazilat yoki illatligini aniqlang‖ topshirig’i beriladi. Albatta, o’quvchilar yoshlariga xos ziyraklik bilan kamtarlik yaxshi ekanini payqaydilar va fikrlarini aytadilar. So’ngra o’qituvchi choynakning yoniga piyolani qo’yadi va navbati bilan: ―Piyolaga xos bo’lgan fazilat nima? Nima uchun odamlar uning ―peshonasidan o’p‖ishadi? Piyolaning ―peshonasidan o’p‖ishni qanday tasavvur qilasiz? ―Shuning chun‖ deganda nima nazarda tutilgan deb o’ylaysiz? Piyolaning kamtarligini 178 siz nimada ko’ryapsiz?‖ tarzidagi savollarla o’quvchilariga murojaat qiladi. O’quvchilar bu savollarga ham o’z imkoniyatlari doirasida, o’zlarini ortiqcha zo’riqtirmay javob berishlari aniq. Barcha o’quvchilarning javoblari eshitilgach, batafsil va asosli javob bergan o’quvchilar o’z rag’batlarini oladilar. So’ngra ulardan ―mag’rurlik‖ va ―g’urur‖ tushunchalari anglatgan manolarni ochib berish so’raladi. O’quvchilar bilganlaricha javob berishsin. Agar mantiqli javob chiqmasa, bu masalani uyda ota-onalari, aka-opalari bilan maslahatlashib mohiyatiga kirish topshiriladi. Bolalar kun bo’yi bu ikki so’z anglatgan tushuncha haqida o’ylab yuradilar. Uyga borib kattalarni bezovta qiladilar. Bu izlanish va xatti-harakatlar bolalar tabiatida shaxs shakllanishi jarayoniga albatta o’z ijobiy ta‘sirini ko’rsatadi. ―Nazm darsi‖ shu tariq yakunlanadi. O’quvchilarga uy vazifasi sifatida she‘rni yod olish yoxud ―choynak va kerak‖ so’zlariga alohida, ―ostonasidan va peshonasidan‖ so’zlariga alohida ohangdosh (qofiya) bo’la oladigan so’zlarni topib yozishni yoki o’z bilganicha biror mavzuda she‘r bitishni ixtiyoriy tarzda topshirish mumkin. Keyingi darsda bolalarning she‘rxonligi, topqirligi va ijodkorligi namunalarini o’rganishga alohida vaqt ajratilishi ular uchun foydadan holi bo’lmaydi. Download 121.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling