Lirik chekinish


Download 121.34 Kb.
bet11/15
Sana09.05.2023
Hajmi121.34 Kb.
#1448673
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O’qish asnosida uqishga ta‘sir ko’rsatuvchi faktorlar quyidagilardan iborat:
ma‘lum axborotga ega bo’lish;
matnning kompozitsion tuzulishini ilg’ash;
matnga xos til xususiyatlarini farqlash;
mantiqiy va emotsional ifodalarni tushunish;
matndagi ma‘lumotlarning leksik va grammatik xususiyatlari, ifoda uslubining o’quvchi nutq uslubiga, leksik va grammatik bilimdonlik darajasiga yaqinligi

201
matnni o’zlashtirish asnosida o’quvchi diqqatining uni anglashga yo’naltirilganligi;
o’quvchining matnni o’qish va mazmunini o’zlashtirishdagi individual psixologik xususiyatlari.

20. Asarlarning didaktik tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:


1. Tanlab o’qish. Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini ajratib olib o’qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog’lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo’lishi mumkin.
2. O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan javob berishi. Badiiy matn tahlilida o’quvchilarning bu faoliyati ham ularda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko’nikmasini o’stirishga, asar qahramonlarini baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan yetakchi fikrlar o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma‘lum maqsadga yo’naltirilgan va muayyan izchillikda bo’lishi, o’quvchilarni mustaqil fikrlash va erkin faoliyatga undashi lozim.
3. O’quvchilarni savol berishga o’rgatish. O’quvchilarni savol berishga yo’naltirish ham matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. O’quvchilar matnni ongli o’zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O’quvchilarni o’qiganlari va bilganlari orasida anglanmay qolgan o’rinlar yuzasidan savollar berishga o’rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o’rgatish uchun o’qituvchi matnga o’zi tuzgan yoki «O’qish kitobi»da berilgan savollarni tahlilga tortadi. Savol va topshiriqlar tahlili uchun o’qituvchi o’quvchilari oldiga u yoki bu savol qanday maqsadda qo’yilganini, unda kim yoki nima haqida gap borayotganini, savol ko’proq qaysi so’zlar bilan boshlanayotganini aniqlashga, savol va topshiriqlarning mohiyatiga kirishga yo’naltiruvchi savollarni qo’yadi hamda matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o’rgatadi.

Download 121.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling