Masalalar ustida ishlash rejasi
1. Masalani o’qib chiqing, masalada nima haqida gap borayotganini o’zing tasavvur qiling
2. Masalada nima ma‘lum va nimani topish kerakligini aniqlab oling. Agar masala matnini tushunib olish qiyin bo’lsa, uni qisqa yozing (yoki masalaga oid chizma tayyorlang).
3. Qisqa yozuv bo’yicha har bir son nimani ko’rsatishini tushuntiring va masala savolini takrorlang
4. O’ylab ko’ring, masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar mumkin bo’lmasa, nega? Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin? Masalani yechish rejasini tuzing.
5. Yechishni bajaring va javobini yozing.
6. O’z yechimingizning to’g’riligini tekshirib ko’ring.
7. O’zingizga qiziqarli savollar bering va ularga javob bering.
Bunda ilg’or o’qituvchilar ishlarida o’quvchilarni mustaqil masalalar yechishga o’rgatishning bir qancha bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin:
1-bosqich.
Masala o’qituvchining yo’naltiruvchi savollari bo’yicha yechiladi va bu yechish doskada va daftarlarda bir vaqtda bajariladi.
2-bosqich.
Masala sharti o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va yechish rejasi tuziladi. Yechishning o’zi doskaga yozilmaydi, og’zaki aytilmaydi ham, o’quvchilar esa uni mustaqil bajaradilar.
3-bosqich.
O’qituvchi rahbarligida masala faqat analiz qilinadi. Yechish rejasi va yechishning o’zini o’quvchilar mustaqil bajarishadi
4-bosqich. Masalani o’qituvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish.
O’quvchilarda masalalar yechish malakasini tarkib toptirishda ijodiy xarakterdagi mashqlarning ham muhim ahamiyati bor. Bunga quyidagilar kiradi:
1. Masalalarni har xil usullar bilan yechish.
2. Muammoli xarakterdagi masalalarni yechish.
1—masala.Ikki qishloqdan bir-biriga qarab 2 ta sportchi yugurish uchun yo’lga chiqdi.Birinchi sportchining tezligi 8km/soat, ikkinchi sportchining tezligi 10 rm/soat bo’lsa, ular bir soatda necha kmga yaqinlashadilar? 2 soatda-chi?
2-masala.Bir qishloqdan qarama-qarshi tomonga qarab ikki sportchi yugurish uchun yo’lga chiqdi.Birinchi sportchining tezligi 8 km/soat, ikkinchi sportchining tezligi 10 km/soat bo’lsa, ular bir soatda necha km uzoqlashadilar? 2 soatda-chi ? Qarama-qarshi yo’nalishdagi harakat.
3-masala
O’quv markazi ,, Malika Education’’ ga 472 nafar o’quvchi qatnaydi. Ulardan 106 nafari rus tili faniga, undan 43 nafari ingliz tili faniga qatnaydi.Qolgan o’quvcilar matematika faniga qatnaydi. Matematika faniga necha nafar o’quvchi qatnaydi?
Yechish: 1) 106+43=149
2) 106+149=225
3) 472-225=217
4-masala
Qandolatchilik sexida 5 turdagi shirinlikdan 126 kgdan pishirishdi. Bog’chaga 346 kg shirinlik, maktabga 124 kg shirinliklar jo’natildi. Sexda necha kg shirinlik qoldi ?
Yechish: 1) 5*126=630
2) 630-(346+124)=630-470=160 kg qoldi.
5-masala
,,8-mart’’ nomli tikuv sexida bir kunda 26 tadan bolalar kiyimlari tikilishi kerak.Lekin tikuv mashinalari yangisiga almashtirilgani uchun rejadagidan 3 ta ortiq tikadigan bo’lishdi. 4 kunda nechta kiyim ortig’I bilan bajargan bo’lishadi ?
Yechish: 1) 4*26=104
2) 26+3=29
3) 29*4=116
4) 116-104=12
Do'stlaringiz bilan baham: |