Listening: Eng boshlang’ich daraja: Tactics Basic, Tactics Developing, Tactics Expanding
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
ielts boshlang\'ich - reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Target Listening
- IELTS Intensive Listening
- Read and Understand 1,2 IELTS Readingi 5.0+ darajadagilar uchun: Lessons for IELTS Reading
- Road to IELTS Simulation
- Destination
Foydalanish uchun kitoblar 1 Listening: Eng boshlang’ich daraja: Tactics Basic, Tactics Developing, Tactics Expanding – kitoblari. (kuniga 2-4 ta unitdan shug’ullanish zarur) IELTS Listeningi 5.0+ darajadagilar uchun: Target Listening (ichidagi barcha mashqlar va diktantlari bilan bajarilishi lozim) Listening strategies (eng samarali kitob; 5.5 dan 7.5-8.0 ga ko’tarib beradi) Lessons for IELTS Listening IELTS Listeningi 7.0+ darajadagilar uchun: IELTS Intensive Listening (imtihonga 2-3 hafta qolganda ishlash tavsiya etiladi) Succeed in IELTS Listening and Vocabulary (murakkab kitob, imtihonga 2-3 hafta qolganda ishlash tavsiya etiladi) 2 Reading: Eng boshlang’ich daraja: Reading challenge 1,2 (kuniga 2 ta unit yetadi, muhimi tarjima va tez o’qish bilan shug’ullanish lozim) Read and Understand 1,2 IELTS Readingi 5.0+ darajadagilar uchun: Lessons for IELTS Reading (juda foydali kitob, har qanday 5.5-6.0 da qotib qolgan kandidatga ishlab chiqish tavsiya qilinadi) IELTS Barron’s one IELTS Trainer 2 IELTS Readingi 7.0+ darajadagilar uchun: Cambridge 8-18 Road to IELTS Simulation Foydalanish uchun kitoblar 3 Writing: Essay yozishni bilmaydigan har qanday kandidat avvalo maqolalar va kitoblar o’qishi kerak. 7.0+ bo’lgan sample essaylarni o’qish ham juda foydali. Har bitta essay 4-5 martadan o’qilib, tarjima qilinishi kerak. Tahasoni, Simon, Krispeellarning essaylari kitob qilib chiqarilgan. Diqqat: Writing’da grammatika va so’z boyligi asosiy o’rinda turadi, chunki agar ularda xató bo’lsa, essedan ma’no yo’qolib, task achievement tushib ketadi. Agar sizda grammatika yaxshi bo’lmasa Destination’dagi va Grammarway’dagi mavzularni qayta ko’rib chiqing va ko’p mutolaa qiling! 4 Speaking: Speaking uchun: Shadowing (ovozli tekst ortidan qaytarish; kuniga 20-30 daqiqa) Kino, aossan, serial ko’rish (2-4 ta qism vaqtga qarab) Sample answerlar bilan ishlash (g’oya va yangi so’zlar o’rganish) Kunning qaysi qismida dars qilish ham muhim; inson miyyasi tong saharda eng produktiv bo’ladi. Kechasi 7 dan 9 gacha esa ko’proq so’z yodlash, eslab qolish bilan bog’liq mashqlarni bajarishni tavsiya qilaman. Agar sizda IELTS topshirishga 6-8 oycha vaqt bo’lsa, practice test’lardan ko’ra, serial ko’ring va kitob mutolaa qiling. Ingliz tilidagi kontekstga moslashing. Kuniga o’rtacha 2 soat listening va 1 soatdan reading va speaking qilish lozim bo’ladi. Agar sizda IELTS topshirishga 3-4 oycha vaqt qolgan bo’lsa, Mock imtihonlariga qatnashni boshlang va mutolaa va serialdan tashqari tinimsiz bajargan testlaringizni ustoz bilan analiz qiling va kuniga 30-40 daqiqa Speaking uchun vaqt ajrating. Masalan, Speaking 40 daqiqa; Reading 2 soat, Listening 3 soat va Writing 1-2 soat. Bu hammada har xil ishlashini ham unutmang, chunki ayrimlar ko’proq dam olib, kam dars qilsa, samaraliroq. Shu sababdan shug’illanish soatlarini o’zingizda sinab ko’ring. Davom ettira olsangiz ko’proq dars qiling. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling