Litiy metalini ishlab chiqarish va qo’llanilishi
Download 26.79 Kb.
|
litiy metali
LITIY METALINI ISHLAB CHIQARISH VA QO’LLANILISHI. Litiy (lot. “lithium”) Li, Mendeleyev davriy jadvalining 1-guruh elementi, tartib raqami 3, atom massasi 6.941, ishqoriy metallar sinfiga mansub. Tabiatdagi litiy ikkita o'zgarmas doimiy izotopdan tashkil topadi - 6Li (7,42%) va7 Li (92,58%). Elementning elektron konfiguratsiyasi 1s^2 2s^2. Litiy 1817-yilda shved kimyogari va minerologi Iogan Arfvedson tomonidan birinchi marta mineral petal, (Li,Na)[Si4AlO10], kiyinchalik spodumendan LiAl[Si2O6] va lepidolitdan KLi1.5Al1.5[Si3AlO10](F,OH)2 kashf etilgan. Litiy metallini birinchi bo’lib Gemfri Devi (1778-1829) 1825 yilda ajratib oldi. U o’zining nomini "Tosh"larda (grek. litos – “tosh”) uchraganligi uchun ham unga litiy deb nom bergan. Tabiatda targalishi. Litiy o’zining geokimyoviy xossalariga ko’ra katta ionli litofil elementlar turkumiga kiradi, ular qatorida kaliy, rubidiy va seziy ham bor. Litiy yerning ustki kontinental qavatidagi mikdori 21g/t ni, dengiz suvid esa 0,17 mg/l ni tashkil etadi. Tarkibida litiy element mavjud 150 ga yaqin minerallar ma'lum. Ularning ko’p qismini silikatlar va fosfatlar tashkil qiladi. Sanoat miqiyosida esa beshta mineral ahamiyatlidir: spodumen LiAl [Si2O6] yoki Li2O*Al2O3*4SiO2; lepidolit KLi1,5[Si3AlO10(F,OH)2]; sinnvaldit KLiFe11Al[Si3AlO10](F,OH)2; petalit (Li,Na)AlSi4O10; ambligonit LiAl[PO4](F,OH). Chili, Boliviya, AQSH, Argentina, Kongo, Xitoy, Braziliya, Serbiya, Avstraliya kabi mamlakatlarda ko'plab litiy tarkibli konlar mavjud. Rossiyaning umumiy litiy zahirasining 50% dan ziyod zahiralari kamyob metallargaboy bo’lgan Murmansk viloyatidagi konlarda joylashgan. Fizikaviy xossalari. Litiy - kumushsimon oq metall, tesda nitrid Li3N va oksid Li2O tarkibli qo'ng'ir-kulrang qavat (nalet) bilan osongina qoplanadi. Odatdagi haroratda litiy kubsimon hajmli markazlashgan panjara ko’rinishda kristallanadi, a = 3.5098 Å. Atom radiusi 1,57 Å, ion radiusi Li+ 0,68 Å. -195 °C haroratdan pasda litiy panjarasi geksagonal zich o'ramlidir. Litiy metallar orasida eng yengil metall; zichligi 0,534 g/sm3 (20 °C); t suyuq 180,5°C, t qay 1317°C. Solishtirma issiqlik sig’imi (0-100 °C haroratda) 3,31*10^3 Dj/(kg*K), ya’ni 0,790 kal/(g*grad); chiziqli kengayishning termik koeffitsienti 5,6*10^-5. Solishtirma elektr qarshiligi (20 ° C haroratda) 9,29*10- 4 om*m (9,29 mkom*sm); Elektr qarshiligining harorat koeffitsienti (0-100°C oralig’da) 4.50*10^-3. Litiy paramagnet xossali, plastik, egiluvchan, cho’ziluvchan metall, osongina sim bo’lib cho’ziladi. Moos bo’yicha qattiqligi 0.6 (Na va K dan qattiq), oddiy ish pichog’i bilan oson kesiladi. Bosimning (chiqishi) tashqariga chiqishi (15-20 °C) 17 Mn/m^2 (1,7 kgc/mm^2).Egiluvchanlik moduli 5 Gh/m^2 (500 kgs/mm^2), Cho’zilgandagi mustahkamligi 116 Mn/m^2 (11.8 kgc/mm^2), nisby cho’ziluvchanligi 50-70%. Litiy r=0,534^20; 0,507^200 (s); 0,441^1000 (s); c r=3,55^25; 3.31^0-100; C p-o=24,63; S^o=29,10; ∆H0 =0; ∆G0 =0; ∆Hsuyuq=4,2; r=0,01^538; 0,1^629; 1^744; 10^894;100^1098; Litiy bug’lari alangani turli ranglarga bo'yash xususiyatiga ega. Kimyoviy xossalari. Litiy atomining tashqi qavat elektron konfiguratsiyasi 2s1; barcha ma'lum bo’lgan birikmalarida bir valentli. Kislorod bilan tasirlashganda yoki havoda qizdirilganda (moviy alanga xosil qilib yonadi) oksidni Li2O (peroksidi Li2O2) faqatgina bilvosita yo’l bilan olinadi) hosil qiladi. Suv bilan boshqa ishqoriy metallarga qaraganda nisbatan pastroq energiya bilan ta'sirlashadi va gidroksidni LiOH va vodorodni hosil qiladi. Mineral kislotalar Li ni juda oson eritadi (kuchlanishlar qatorida birinchi o'rinda turadi, uning normal elektrod potensiali - 3,02 V). Litiy gologenlar bilan birikadi (yod bilan qizdirilganda) va galogenidlarni hosil qiladi (eng muhim birikmasi – litiy xlorid). Oltingugurt bilan qizdirilganda litiy sulfidini Li2S, vodorod bilan gidridni hosil qiladi. Azot bilan litiy xona haroratida sekinroq ta'sirlashadi, 250 °Cda esa oson val litiy nitridini Li3N hosil qiladi. Fosfor bilan litiy to’g’ridan to’g’ri tasirlashmaydi, ammo maxsus sharoitlarda fosfidlar hosil bo'lishi mumkin. Litiyni uglerod bilan birga qizdirish natijasida litiy karbidi Li2C2, kremniy bilan - litiy silisid hosil bo’lishiga olib keladi. Litiyning binary birikmalari - Li2O, LiH, Li3N, Li2C2, LiCl va boshqalar, hamda LiOH juda reaksiyaga tez kirishuvchan; qizdirilgan yoki suyuklangan holatida ular ko'plab metallarni, chinnini, kvarsni va boshka materiallarni yimiradi. Litiy karbonati, ftoridi LiF, fosfati Li3PO4 va boshqa birikmalari hosil bo’lish sharoiti va hossalariga ko’ra magniy va kalsiy hossalariga yaqindir. Litiy ko’p sonli litiy organik birikmalarni hosil qiladi va bular organik sintezda muhim rol o'ynaydi. Olinishi. Litiyning birikmalari litiyli rudalarni boyitilgan konsentratlarni gidrometallurgik qayta ishlash natijasida hosil bo’ladi. Asosiy silikatli mineral - spodumen ohaktoshli, sulfatli va sulfat kislotali usullarda qayta ishlanadi. Avvaliga spodumenning ohaktosh bilan 1150-1200°C haroratda parchalanishi boradi: Li2O*Al2O3*4SiO2 + 8CaCO3 → Li2O*Al2O3 + 4(2CaO*SiO2) + 8CO2 Qizdirilgan suv va ko’p miqdordagi ohaktosh bilan ishqorlashda litiy alyuminat litiy gidroksidni hosil qilib parchalanadi: Li2O*Al2O3 + Ca(OH)2 → 2LiOH + CaO*Al2O3 Sulfatli usulda spodumenni (va boshqa alyuminosilikatlar) kaliy sulfat bilan qizdirilib biriktiriladi va yaxlitlanadi: Li2O*Al2O3*4SiO2+K2SO4→Li2SO4 + K2O*Al2O3*4SiO2 Litiy sulfati suvda eritiladi va uning soda bilan eritmasidan litiy karbonat hosil bo‘lib, so’ng cho’ktiriladi: Li2SO4+Na2CO3→Li2CO3 + Na2SO4. Sulfat kislotali usulda ham avval litiy sulfat eritmasi olinadi , keyin litiy karbonatni; spodumenni sulfat kislota bilan 250-300 ° C haroratda parchalanadi (bu yerda, reaksiya faqatigina spodumenning b-modifikatsiyasi uchun o’rinlidir): Β- Li2O*Al2O3*4SiO2+H2SO4→Li2SO4+ H2O*Al2O3*4SiO Agarda ularda Li2O miqdori 1% dan kam bo’lmasa, ushbu usul spodumen bilan boyitilmagan rudalarni qayta ishlash uchun qo'llanilada. Litiyning fosfatli minerallari osongina kislotalar bilan parchalanadi, biroq yangi usullar yordamida ularni gips va ohaktosh bilan 950-1050°C haroratda qizdiriladi va u suvli qayta ishlash va litiy karbonatni ch'ktirish orqali parchalanadi. Litiy metallni erigan litiy va kaliy xloridlari aralashmasidan elektroliz kilish orqali 400-460°C haroratda (komponentlarning og’irlik nisbatlari 1:1 olinadi. Elektroliz vannalari suyuqlangan elektrolitga chidamli bo’lgan magnezit, alund, mullit, talk, grafit va boshka meteriallar bilan qoplanadi; anod sifatida grafitli, katod sifatida temirli sterjenlar xizmat qiladi. Qorasimon litiy metalli mexanik birikmalar va qo'shimchalarni (K, Mg, Ca, Al, Si, Fe, ammo asosan Na) o'z tarkibida biriktiradi. Qo'shimchalar qayta eritish orqali past bosimda rafinasiyalash usulida tozalanib yo’qotiladi. Hozirgi kunda metallotermik usullarga katta ahamiyat berilgan. Qotishmalar. Qo’rg’oshin-kalsiyli qotishmalar tarkibiga 0,04% litiyni qo'shish ularning qattiqligini, mustahkamligini va ishqalanishini kamaytiradi. Al-Li li, hamda tarkibida Cd bo’lgan qotishmasi aviatsiyada o’zining amaliy qo'llanilishini topgan. Odatda alyuminiyli qotishmalardan 3% yingil, yuqori egiluvchanlikka ega (alyuminiyga nisbatan 8% ga yuqori) va 204°C haroratgacha bo’lgan haroratga bardosh bera oladi. Litiyning magniydagi qo'shimchalari bilan birikib olingan qotishmalari ularning ishlashini yaxshilaydi, magniyning zichligini pasaytiradi; magniy-litiy qotishmalari yetarli bo’lmagan taqdirda zanglash va yimirilishga qodir bo’ladi. Uning ozgina miqdori (0,05% atrofiida) qo’rg’oshinni kuyish jarayonini yingillashtiradi , asosan qo'vushqoqligini, qattiqligini va mustahkamligini yo'qotmagan holda yaxshilaydi. Germaniyada podshipnikli qotishma Pb-Li- "banmetal" temir yo'l transportlari jihozlari uchun keng qo'llaniladi. Bunday qotishma tarkibida 0,73% Ca, 0,58% Na va 0,04% Li, qolgan 98,65%ini - Pb tashkil etadi. Ishlatilishi. Litiyning muhim qo’llanilish sohasi- yadro energetikasi. 6Li izotopi tritiyni quyidagi reaksiya asosida ishlab chiqarishdagi yagona manbaidir: Issiqlik neytronlarining (s) litiy izatoplari bilan zabt etish kesimi keskin farqlanadi: 6 Li 945,7. Li 0,033; tabiiy aralashma uchun 67 (barnada); Litiyning texnik qo’llanilishi bo’yicha bu juda muhim – reaktorlarning himoya tizimi uchun nazarat sterjinlarini tayyorlaydi. Suyuq holatdagi litiy (7 Li izotopi ko’rinishida) uran reaktorlarida issilik tashuvchi bo’lib ishlatilada. Suyuqlangan 7 LiF gomogen reaktorlarda U va Th birikmalari erituvchisi sifatida ishlatiladi. Litiy birikmalarining eng kata xaridori silikat sanoatidir, bu yerda litiy mineralarini, LiF, Li2CO3 va ko’plab masus olinadigan birikmalar ishlatiladi. Qora metallurgiyada litiy , uning birikmalari va qotishmalari ko’p markali qotishmalarni yuqori haroratda eritib, achitishda, legirlash va modifikatsiyalash uchun keng qo’llaniladi. Rangli metallurgiyada litiy bilan qotishmalarni yaxshi struktura, plastiklikka va yuqori mustahkamlikka ega bo’lishi uchun qayta ishlanadi. Alyuminiyli qotishmalar hammaga yaxshi ma'lum, ular tarkibida ozgina, yani 0,1% litiy bo’ladi, aeron va skleron; yingilligidan tashqari, ular yuqori mustahkamlikka,plastiklikka, karroziyaga qarshi turg’unlikka ega bo’lgan va aviasozlik uchun juda muhimsanaladi. Litiy birikmalarini plastik so’rgichlar (mazlar) olish uchun ham ishlatiladi. Litiy, bundan tashqari, havo kondisionerlari sitemasida namlikni mo’tadillashtirish va karbonat angidridni yo’qotish uchun xizmat qiladi. Ahamiyati bo’yicha litiy zamonaviy texnikada - muhim, yingil, kamyob metallardan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Хожиев Ш.Т., Бердияров Б.Т., Рахматалиев Ш.А., Рахмоналиев М.М., Якубов А.О. Переработка цинксодержащих отходов // “Mineral xomashyolar va texnogen chiqindilarni qayta ishlashda fundamental tadqiqotlar va amaliy ishlanmalar” nomli, professor M.M. Yakubovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-texnik anjumani ma’ruzalar to‘plami, Olmaliq, 10-dekabr, 2021. 79-80 b. 2. Berdiyarov B.T., Khojiev Sh.T. Thermodynamic analysis of reduction of oxidized copper compounds in a slag phase // Kompozitsion materiallar, 2021, №4. P. 39 – 43. 3. Toshpo‘latov D.D., Hojiyev Sh.T. Oksidlangan mis birikmalarini etil spirti bilan tiklab mis olishning termodinamik tahlili // Texnika yulduzlari, 2021, №4. P. 13 – 18. 4. Berdiyarov B.T., Xasanov A.S., Hojiyev Sh.T., Mutalibxonov S.S., Karimova Sh.K. Mis ishlab chiqarishning silikatli shlaklarini mahalliy tiklovchi moddalar bilan qayta ishlash jarayonining termodinamik imkoniyatlarini o‘rganish // Материалы II-Республиканской научно-практической конференции с участием зарубежных ученых «Инновационные разработки и перспективы развития химической технологии силикатных материалов», Ташкент, 19 января 2022 г. С. 432-434. 5. Бердияров Б.Т., Хасанов А.С., Исмоилов Ж.Б., Ҳожиев Ш.Т. Рух ишлаб чиқариш куйиндиларини қайта ишлаш технологиясини такомиллаштириш // Материалы II-Республиканской научно-практической конференции с участием зарубежных ученых «Инновационные разработки и перспективы развития химической технологии силикатных материалов», Ташкент, 19 января 2022 г. С. 434-437. 6. Hojiyev Sh.T., Berdiyarov B.T., Xasanov A.S., Ochildiyev Q.T. Xalkopirit mineralini oltingugurt bilan termik parchalash orqali hosil bo‘luvchi silikatli shlaklar miqdorini kamaytirish // Материалы II-Республиканской научно- практической конференции с участием зарубежных ученых 230 «Инновационные разработки и перспективы развития химической технологии силикатных материалов», Ташкент, 19 января 2022 г. С. 556-558. 7. Ochildiyev Q.T., Xasanov A.S., Berdiyarov B.T., Hojiyev Sh.T. Mеtаllаrning shlаk bilаn mехаnik isrоf bo‘lish sabablarini o‘rganish // Материалы II- Республиканской научно-практической конференции с участием зарубежных ученых «Инновационные разработки и перспективы развития химической технологии силикатных материалов», Ташкент, 19 января 2022 г. С. 564-566. 8. Xasanov A.S., Ochildiyev Q.T., Berdiyarov B.T., Hojiyev Sh.T. Silikatli shlak tarkibidan rangli metallarni ajratib olish // Материалы II-Республиканской научно-практической конференции с участием зарубежных ученых «Инновационные разработки и перспективы развития химической технологии силикатных материалов», Ташкент, 19 января 2022 г. С. 568-571. 9. Хожиев Ш.Т., Бердияров Б.Т., Мухаметджанова Ш.А., Нематиллаев А.И. Некоторые термодинамические аспекты карботермических реакций в системе Fe-Cu-O-C // O‘zbekiston kimyo jurnali. – Toshkent, 2021, – №6. – C. 3 – 13. 10. Hojiyev Sh.T., Matkarimov S.T., To‘xtamurodov F.B., Akramov O‘.A. Po‘lat ishlab chiqarish sanoatining ikkilamchi texnogen chiqindilarini qayta ishlash asosida kukunsimon temirli birikmalar olish // “Quymakorlik ishlab chiqarish sohasida resurs va energiyatejamkor innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi Xalqaro miqiyosdagi ilmiy va ilmiy-texnik anjumani to‘plami, Toshkent, 23-24 mart, 2022 y. С. 61-63. 11. Кадиров Н.А., Туляганов М.И., Хожиев Ш.Т., Рахматалиев Ш.А. Сырьевая база металлургии индия // “Quymakorlik ishlab chiqarish sohasida resurs va energiyatejamkor innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi Xalqaro miqiyosdagi ilmiy va ilmiy-texnik anjumani to‘plami, Toshkent, 23-24 mart, 2022 y. С. 118- 120. 12. Kadirov N.A., Khojiev Sh.T., Avbakirov I.F., Rakhmataliev Sh.A. Copper electrolytic purification method // “Quymakorlik ishlab chiqarish sohasida resurs va energiyatejamkor innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi Xalqaro miqiyosdagi ilmiy va ilmiy-texnik anjumani to‘plami, Toshkent, 23-24 mart, 2022 y. С. 183-186. 13. Khojiev Sh.T., Berdiyarov B.T., Abjalova Kh.T. Determination of the main technological parameters of restoration of the quality of copper in waste slag // “Quymakorlik ishlab chiqarish sohasida resurs va energiyatejamkor innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi Xalqaro miqiyosdagi ilmiy va ilmiy-texnik anjumani to‘plami, Toshkent, 23-24 mart, 2022 y. С. 183-186. 14. Hojiyev Sh.T., G‘ulomov I.I., Raxmataliyev Sh.A., Mamatov M.A. Konvertor shlaklarini sulfidlash jarayonining termodinamik jihatlarini o‘rganish // “Quymakorlik ishlab chiqarish sohasida resurs va energiyatejamkor innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi Xalqaro miqiyosdagi ilmiy va ilmiy-texnik anjumani to‘plami, Toshkent, 23-24 mart, 2022 y. С. 196-198. Download 26.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling