Liviya tayyorladi 402-guruh talabasi Fazliddin Muhiddinov davlat tuzumi


Download 0.64 Mb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1370325
  1   2   3   4
Bog'liq
Muhiddinov

LIVIYA

Tayyorladi 402-guruh talabasi Fazliddin Muhiddinov

DAVLAT TUZUMI


Davlat tuzumi
Liviya — jamahiriya (xalq ommasi davlati). Konstitutsiyasi yoʻq. Rahbar organ — Inqilobiy (Tarixiy) rahbariyat. Qonun chiqaruvchi organ — umumiy xalq kongressi. Ijrochi hokimiyat — hukumat vazifasini bajaruvchi Oliy Xalq qoʻmitasi. Davlat boshligʻi — Liviya inqilobi rahbari, Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi boshligʻi Muammar Qazzofiy (Kaddafiy).

TABIATI

  • Liviya hududining 98% subtropik chala choʻl (shimolida) va tropik choʻldan (janubida) iborat. Qirgʻoq chizigʻi nisbatan tekis. Eng katta va yagona qoʻltigʻi — Sidra. Liviya yer yuzasining koʻp qismi plato (balandligi 200–600 m). Janubida Tibasti togʻligining tarmoqlari (balandligi 2286 m gacha) bor. Mamlakatning sharqiy kismini Liviya nuli egallagan. Geologik jihatdan Liviya hududi Afrika platformasi shimoliy yon bagʻrining bir qismidan iborat. Tokembriy kristalli jinslar yer yuziga chiqib yotadi. Soyliklar choʻkindi jinslar bilan tulgan. Liviyaning markaziy qismida yosh vulkan jinslari koʻp. Yuqori boʻr — paleogen yotqiziqlari orasida neft konlari bor; gaz, temir rudasi, fosforit va boshqa qazilma boyliklar ham mavjud.
  • Iqlimi tropik, choʻlga xos iqlim. temperaturalarning mavsumiy va sutkalik farqi katta. Mamlakat shimolida subtropik iqlim, Oʻrta dengizga xos. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida 11 — 12° va janubida 15—18° gacha, iyulniki shimolida 27—29° va janubida 32—35°gacha, eng yuqori temperatura (50° dan oshadi) Liviya choʻlining markazida. Yillik yogʻin mamlakat shimolida 250–350 mm dan (Tarobulus al-Gʻarbda) 400–625 mm gacha (Kirenaikada). Issiq va kuruq hamsin shamoli esib turadi. Doim oquvchi daryolari yoʻq. Yer osti suvlari yuza joylashgan yerlarda vohalar bor. Kuruqoʻzanli vodiy koʻp.

AHOLISI

Aholisining 98% arablar. Barbar, tuareg va tubular, yirik shaharlarida yevropalik (asosan, italyan)lar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom (musulmonlarning aksari sunna mazhabida). 90% aholi mamlakatning shimoliy qismida, choʻlda siyrak, bir qismi koʻchmanchi. Ahrlining 82% shaharlarda yashaydi (1990). Yirik shaharlari: Tarobulus al-Gʻarb va Bingʻozi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling