Liviya tayyorladi 402-guruh talabasi Fazliddin Muhiddinov davlat tuzumi


Download 0.64 Mb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1370325
1   2   3   4
Bog'liq
Muhiddinov

TARIXI

Liviya hududida odam qadimdan yashab keladi. Ming yillar davomida ibtidoiy jamoa tuzumi xukm surgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida Liviya gʻarbida Leptis-Magna, Sabrata va Ea degan Finikiya manzilgoxlari vujudga keldi. 7-asrda Liviya sharqida yunonlarning shaharchalari paydo boʻldi. Shulardan muximi Kirena. Keyinchalik Liviya hududining bir qismi Kirenaika deb yuritildi. Miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida Liviyaning gʻarbiy qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Miloddan avvalgi 6-asr oxiri va 5-asr boshlarida Kirenaikaning bir qismini Axomaniylar davlati, keyinchalik makedoniyalik Aleksandr qoʻshinlari bosib oldi. Miloddan avvalgi 2-asrda uni Rim egallagan. 6-asrdan Liviya Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-asrda Liviya Arab xalifaligiga qoʻshib olingan. Liviyaga juda koʻp arab qabilalari koʻchirib keltirilishi natijasida mahalliy aholi arablar bilan chatishib ketgan. Islom dini keng tarkalgan.

  • Ikkinchi jahon urushi davrida Italiya mustamlakalarini kengaytirish uchun Liviyadan baza sifatida foydalanishga urindi. Liviyada harbiy bazalar, katta tosh yoʻllar qurildi, portlar qayta tiklandi, mustamlaka qoʻshinlari tuzildi. Ikkinchi jahon urushida fashist qoʻshinlari magʻlubiyatga uchray boshlagach, ItaliyaGermaniya qoʻshinlari Liviyadan butunlay olib chiqildi. 1942-yil oxiri — 1943-yil boshida esa fransuz askarlari Fetssanni, ingliz askarlari Kirenaika va Tarobulus al-Gʻarbtaniyani egalladi. Shu vaqtdan Liviya Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy maʼmuriyati qul ostiga oʻtdi.
  • Liviya takdiri haqidagi masala dastlab 1945—48 yillarda Tashqi ishlar vazirlari kengashi (Ikkinchi jahon urushidan keyin yarash bitimlarini tayyorlash maqsadida taʼsis etilgan xalqaro organ)da, soʻngra BMTda muhokama qilindi.
  • 1949-yil noyabrda BMT Bosh Assambleyasi Liviyaga 1952-yil 1-yanvardan mustaqillik berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1950-yilda chaqirilgan Milliy taʼsis majlisi Liviya konstitutsiyasini qabul qildi. 1951-yil 24-dekabrda mustaqil Liviya Qoʻshma Podshohligi (tarkibida Kirenaika, Tarobulus al-Gʻarbtaniya, Fetssan vilo-yatlari boʻlgan federatsiya) tuzilganli-gi eʼlon qilindi.
  • 1963-yilda Liviya unitar davlat deb eʼlon qilindi. Ayollarga saylov huquqi berildi. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamon yirik zamindorlar, qabila shayxlari qoʻlida edi. Demokratik harakatlar qattiqqoʻllik bilan bostirilar edi.
  • 1969-yil 1-sentabrda yashirin siyosiy tashkilot aʼzolari — yesh armiya ofitserlari guruhi monarxiyani agʻdarib tashlab, Liviya Arab Respublikasi (LAR) tuzilganligini eʼlon qildilar. Mamlakatni boshqarish Inqilobiy qoʻmondonlik qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. Liviyada "Liviya islom sotsializmi" qurilishi eʼlon qilindi. 1970-yilda barcha chet davlatlarning harbiy bazalari LAR hududidan chiqarib yuborildi. 1972-yilda mamlakatda yagona siyosiy tashkilot — Arab Sotsialistik Ittifoqi tuzildi. 1977-yilda "Xalq hokimiyati" tartiboti eʼlon qilindi, mamlakatning nomi oʻzgartirilib, Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi deb ataldi. Oliy xalq kongressining 1979-yil 1—2-martdagi favqulodda sessiyasi qarori bilan Muammar Qazzofiy rasmiy ravishda davlat hokimiyat tizimidan tashqari turuvchi, amalda esa rahbar organ boʻlmish Inqilob rahbariyati boshligʻi boʻlib qoldi. Liviya 1955-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1-sentabr — Inqilob Kuni (1969).
  • Liviyada Siyosiy partiyalar yoʻq. Liviya Jamahiriyasi ishlab chiqaruvchilar kasaba kongresslari uyushmasi umumiy kongressi 1972-yilda tuzilgan.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling