Qadimgi Hindiston
Download 47 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hindistonning tabiiy boyliklari
- Ijtimoiy tuzum
- Manu qonunlari
Qadimgi Hindiston Reja:
Qadimgi Hindistonda davlat birlashmalari vujudga kelishi Hindiston tabiiy boyliklari va klastalarga bo`linishi Qadimgi Hindiston ma`daniyati Hindistonning tabiiy boyliklari II.. Hindistonda har xil mevalar beradigan har xil daraxtlar bilan o`sgan katta tog`lar bor, ko`plab daryolar kesib o`tgan chiroy bilan ajralib turadigan ko`p hosildor tekisliklar bor. Hind yerlarini katta qismi sug`oriladi va shuning uchun yilida ikki marta hosil beradi. Hindiston yerda va uchadigan, kattaligi va kuchi bilan ajralib turadigan turli xil hayvonlar bilan mo`l-ko`l. Hind yeri ko`p sonli va juda katta fillarni yetishtiradi, ularga mo`l-ko`l xashak berilgani uchun hind fillari o`z kuchi bilan Liviyada yashaydiganlardan ancha yuqori turadi. Shu sababli ko`pgina fillarni hindlar ushlab olib harbiy janglarga ishtirok etish uchun tayyorlaydilar, ba`zi paytda g`alabani ta`minlovchi hal qiluvchi lahza bo`ladi. II, 36. Shunday tarzda odamlarga yemish bo`ladigan mevalarni mo`l-ko`lligi u yerda odamlar bo`yi balandligi va savlatli bo`lishiga yordam beradi. Shunga yana qo`shimcha qilish kerak, ular san`atda yetakchi bo`lishlariga sabab, ular toza havo bilan nafas oladilar, tarkibi o`ta nozik suvni ichadilar. Ulartni yerlari odam yetishtirgan mevalarni mo`l-ko`l bo`lishi bilan har xil mertallarni ko`p ruda konlarini o`ziga oladi: hamda taqinchoqlar kundalik iste`mol narsalari va harbiy anjom uchun u yerda ko`p kumush, oltin, ko`pgina mis va temir, qo`rg`oshin va boshqa metallar mavjud. Demetra mevalaridan tashqari Hindistonda daryo namligi mo`lligi bilan sug`oriladigan tariq ko`p o`sadi, ko`p har xil dukkakli hamda sholi va bospor1[35] deb ataladigan, oziq-ovqat uchun foydali boshqa ko`pgina narsalar. Va bularni ko`p qismi yovvoyi o`sadigan … Shuning uchun, aytishlaricha Hindiston ochlikni bilmas edi yoki yemish uchun umumiy yetishmovchilik yo`q edi. Chunki har yili u yerda ikkitadan yomg`irli mavsum- biri qishki, qachonki boshqalarda bug`doy ekish bo`lganda, boshqasi yozgi- bu vaqtda sholi va bospor, hamda sezam va tariq ekiladi. Hindlarda qonunlar ham, ularda hech qachon ovqatga yetishmovchilik bo`lmasligiga yordam beradi. Chunki boshqa odamlarda dushmanlar qishloq joyiga zarar yetkazib uni dehqonchilik uchun yaroqsiz qiladi. Hindlarda esa dehqonlar muqaddas va daxlsiz sanalganlari uchun, ular jang qilayotganlar yaqinida dehqonchilik bilan shig`ullanadilar. Hech qanday zarar yetkazmaydilar chunki ular hamma uchun marhamatli hisoblanadilar, dushmanni yerini yong`in bilan ham, daraxtlarni chopish bilan halok qilmaydilar. 11.37. Hindlarni yerlarida boshlanishi tog`da bo`lgan, shimolda joylashgan katta va kema ishiga yaroqli daryolar ko`p. Tekislik bo`yicha tarqab oqib, ularning ko`pchiligi bir-biri bilan birlashib, Gang deb ataladigan daryoga quyiladi. Ijtimoiy tuzum Qadimgi hind jamiyatining erkin aholisi to`rt umumhind toifasi-varnalarga2[36] varna ichida ko`pgina mahalliy yopiq kasta3[37] yoki jati4[38] ga bo`linar edi. Varnalarga mansublik tug`ilish bilan aniqlanar va merosiy edi. Toifaviy tuzilish boshqa qadimgi jamiyatlarga ham bor edi, lekin Qadimgi Hindistonda unga mustahkamlik, aniqlik xos edi. Varnalarga bo`linish hukmron tabaqani aholini noiqtisodiy Varna ijtimoiy muassasa sifatida kastaga qaraganda ancha oldin kelib chiqqan, varnalarni paydo bo`lishi Shimoliy Hindiston hududida oriylarni joylashuvi va ularda ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilishi, zodagonlar, kohinlarni ajralib chiqishi bilan bog`liq. Varnaga mansublik shaklda aholini qaram qilishdan manfaatdorligi bilan bog`liq edi. Varnalarga bo`linish din tomonidan e`tirof etilar edi. Varnalarni yaratilishi xudo Braxmani amri deb ko`rsatilar edi. Varnalar huquq va majburiyatlarda farqlanar edilar. Har bir varnaga mansub an`anaviy mashg`ulotlar ko`rsatilgan edi: braxmanlar uchun kohinlik majburiyatlari, kshatriylar uchun harbiy ish va boshqaruv, vayshilar uchun savdo-hunar, dehqonchilik, shudralar uchun uch oliy varnalarga xizmat qilish. Kastalar mamlakatni notekis ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti sharoitida, aholini etnik va diniy bir-biridan ajralishidan kelib chiqdi. Ijtimoiy ahvoli, meroviy mashg`ulotlari, kasblari ma`lum etnik, ba`zida diniy birliklarga uyushgan kishilar guruhlari kastalarga ajraldilar. Jatilar asosan vayshi va shudralar doirasida paydo bo`ldilar. Ular yopiq jamoa ko`rinishida bo`lib boshqaruv organlariga ega edilar. Ba`zi jatilar juda past o`rinni egallaganlari uchun biror varnaga kirmas edilar, ular “tegib bo`lmaydiganlar” edi. Manu qonunlari “Manu qonunlari” majburiyat to`g`risidagi ko`rsatmalar to`plami, hindni xususiy va ijtimoiy hayotda yurish-turish qoidalari hamda davlat boshqaruvi va sud ishlari bo`yicha yo`riqlardir. Uni tuzuvchisi deb odamni afsonaviy asoschisi Manu hisoblanadi. Haqiqatda esa bu to`plam braxman ilmiy maktablaridan birida bir necha asrlar davomida yaratildi. To`plam er. avv. I asr boshlarida bunyodga kelgan deb taxmin qilinadi. To`plamda 4 varna tuzilishi tasvirlangan. 1-31. Dunyo gullab-yashnashi uchun u (Braxma) o`z og`zi, qo`li, (tegishli) soni va tovonlaridan braxmanni, kshatriyni, vayshi va shudrani yaratdi. X-4. Braxmanlar, kshatriylar va vayshilar-ikki marta tug`ilganlarni uch varnasi, to`rtinchisi shudralar-bir marta tug`ilganlar, beshinchisi yo`q. 1-87. U yaraqlagan bu barcha koinotni saqlab qolish uchun o`zini og`zi, qo`li, soni va tovonidan tug`ilganlar uchun alohida mashg`ulotlar belgiladi. Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling