Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun


Download 1.9 Mb.
bet1/61
Sana15.09.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1678778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)


MENEJMENT” KAFEDRASI

SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI”
fani bo‘yicha


Bakalavriatning YeUTT va barcha noiqtisodiy ta’lim
yo‘nalishlari talabalari uchun

Farg‘ona - 2022


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi


Farg‘ona politexnika instituti

Menejment” kafedrasi







FANIDAN



Bakalavriatning YeUTT va barcha noiqtisodiy ta’lim
yo‘nalishlari talabalari uchun
FarPI uslubiy
kengashida tasdiqlandi
Bayon № ______________
« » __________2022 y.
Farg‘ona – 2022

Masala va mashqlar to‘plami YeUTT va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan.


Tuzuvchilar: Yu.Shakirova


N.Maxmudova

Taqrizchilar: prof. G.Xonkeldieva


i.f.n.dots.M.Ashurov

“Menejment” kafedrasi uslubiy seminarida ko‘rib chiqilgan Bayon №____ ______ 2022 y.



“Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti uslubiy seminarida
ma’qullangan

Bayon №____ ______2022 y.

FarPI uslubiy
kengashida tasdiqlangan

Bayon №____ ______2022 y.

FARG‘ONA - 2022
KIRISH
Har qanday davlatda yuqori taraqqiyot darajasiga erishish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotni ustuvorligini tahminlash, mavjud tabiiy resurslarni ishga solish, insonlar orasida mahnaviy va mahrifiy qadriyatlarni tiklash talab etiladi.
O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini naqadar to‘g‘ri tanlaganligi islohotlarning izchil kechayotganligida, har bir o‘zgarish aniq maqsadni ko‘zlagan holda, mukammal ishlangan dasturlar asosida amalga oshirilayotganligida o‘z ifodasini topmoqda.
Agar oldimizda “Milliy boylikning ko‘payishini, respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini tahminlaydigan qudratli, barqaror va jo‘shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish” kabi buyuk vazifa turganligini, bunday iqtisodiyot Prezidentimiz aytganlaridek: “Strategik maqsadimiz bo‘lgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosi” ekanligini ehtiborga olsak, iqtisodiy va boshqaruvdagi muammolarimiz naqadar ko‘pligi va murakkabligi yanada ayon bo‘ladi.
Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon tsivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompg‘yuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda yechilgani yo‘q. Yana bir muammoni hal etish ham o‘ta muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada tahlim olish, mahnaviy-mahrifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur. 
Uchinchi vazifa – tahlim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir hududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir1
Ana shu va boshqa iqtisodiy masalalarni tezroq hal qilish, ularni yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, menejment sanhatini, ayniqsa, bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsad va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Menejment fani rahbarlik mahorati va sanhatining sir-asrorlarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llari va shakllarini, korxonaning samaradorligini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan boshqarish tamoyillari, usullari va vositalarini o‘rgatadi.
“Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajarishga doir uslubiy qo‘llanma rahbarlik lavozimida ishlaydigan kadrlar uchun iqtisodni boshqarish, korxona faoliyatida istiqbolni belgilashda ham yordam beradi. Hozirgi global inqiroz sharoitida, o‘zgaruvchan davrda korxonalarni muvaffaqiyatli boshqarish, takomillashtirish, modernizatsiyalash va korxonalarning asosiy belgilari va xususiyatlarini aniq bilishlikni taqozo etadi. Tashkilotlarni boshqarish va ularning iqtisodiy barqarorliligini muvaffakiyatli ta’minlash muammolarini “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani va unga yaqin bo‘lgan fanlar o‘rganadi.


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling