Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
Download 1.9 Mb.
|
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja
- Mavzuni o‘rganishga doir nazariy ma’lumotlar 3.1. Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari
Muammolar
1-muammo. Nima deb o‘ylaysiz, nima uchun sanoat tarmoqlari va ularning faoliyatini rivojlantirish hozirgi kunda iqtisodiy rivojlanishning asosiy faoliyat turi bo‘lib qolmoqda? Kichik muammolar. “Texnologiya” termini ma’nosi nima? Mexanik texnologiya tushunchasini-chi? Kimyoyaviy texnologiya tushunchasini-chi? Blits so‘rov uchun savollar1.Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i. 2.Sanoatning asosiy xususiyatlari va sanoat ishlab chiqarishining milliy iqtisodiyotning boshqa sohalar bilan o‘zaro bog‘liqligi nimalarda namoyon bo‘ladi? 3.O‘zbekiston sanoatining rivojlanish bosqichlari va sanoat tarmoqlarining taraqqiyoti. 4.Sanoat va bozor xo‘jaligi hamda uning xorijiy bozorga chiqish imkoniyatlari va yo‘llari nimalardan iborat? 5.Sanoat ishlab chiqarishning xalqaro hamkorlik sohasidagi vazifalari nimalarni taqazo etadi? 3-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja: Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari, shakllari, usullari Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va uni hisoblash usuli Optimal ishlab chiqarish hajmi va sotish Mahsulot sifati Mavzuni o‘rganishga doir nazariy ma’lumotlar 3.1. Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari Korxonalarda mahsulotlarni qayta ishlash usullariga qarab tegishli bo‘linmalar, boshqaruv apparatida esa - tegishli funktsiyalar va bo‘g‘inlar mavjud. Har bir korxona ishlab chiqarish ob’ektlari, sexlar, uchastkalar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar, boshqaruv organlari va korxona xodimlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat. Aniq tasniflash va ular o‘rtasidagi munosabatlarning o‘rnatilishi ishlab chiqarishni tashkil etish va korxona tuzilmasini oqilona shakllantirish imkonini beradi. Korxona umumiy va ishlab chiqarish tuzilmasiga ega bo‘ladi. Korxonaning umumiy tuzilishi ishlab chiqarish bo‘g‘inlari (ishlab chiqarish tuzilmasi) tarkibi, shuningdek korxonani boshqaruv va xizmat ko‘rsatish xodimlari, ularning soni, band bo‘lgan maydon hajmi jihatidan, ular orasidagi nisbati, xodimlar soni va ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha tuzilmalar (tashkiliy tuzilmasi) shakllantiriladi (3.1-rasm). Ishlab chiqarish tuzilmasi umumiy tuzilmaning bir qismi bo‘lib, xususan korxona ishlab chiqarish bo‘linmalari (ishlab chiqarish, sexlar, xo‘jaliklar) tarkibi, ularning o‘zaro munosabatlari, hamkorlik tartibi va shakllari, xodimlarni band bo‘lgan soni nisbati, asbob-uskunalar qiymati, egallagan maydoni va hududiy joylashuvidir. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi.3.2-rasmda keltirilgan. Ishlab chiqarish tuzilmasining tarkibida bo‘lgan tashkiliy tuzilma o‘z navbatida unga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tashkiliy tuzilmani takomillashtirish ishlab chiqarishni takomillashtirishga yordam beradi, uning yangi turdagi mahsulotlarga tez qayta moslashishiga sharoit yaratadi, ishlab chiqarish bo‘linmalarini tutib turish harajatlarini kamaytiradi. Shu bilan birga, agar korxonaning tashkiliy tuzilishi turli xil operatsion yechimlarni amalga oshirish natijasida juda murakkab bo‘lsa, bu ishlab chiqarish tuzilmasini murakkablashtiradi, ya’ni ortiqcha parallel ravishda ishlaydigan sexlar, uchastkalar, omborlar, zavod ichidagi aloqalarning buzilishi va oxir-oqibatda korxonaning bir maromda ishlamasligiga olib keladi. Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi doimiy bir xil bo‘lmaydi. U ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va turi, texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirilishi natijasida takomillashib boradi. 3.1-rasm. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi. Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi quyidagi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta omillar: korxonani ixtisoslashtirish darajasi va boshqa korxonalar bilan birgalikda ish olib borish asosida tashkil etish shakli (kooperasiya); korxonaning mahsulot ishlab chiqarish ko‘lami (masshtabi) va uning murakkabligi; texnologik jarayonning xususiyatlariga bog‘liq. Ishlab chiqarish jarayonining harakteri. Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichiga ko‘ra sexlar va jarayonlarga bo‘linadi: tayyorlov (quyish, presslash, metallkonstruktsiyalarlar va boshqalar); ishlov berish (mexanik, yog‘ochga ishlov berish, termik, elektroliz va boshqalar); yig‘ish (uzellar va umumiy yig‘ish, sinash, tayyor mashinalarni bo‘yash va boshqalar) Iste’mol qilinadigan xom ashyo tarkibi va tayyor mahsulot tabiatiga qarab quyidagi jarayonlar farqlanadi: analitik (bir xil xom ashyodan bir necha turdagi mahsulotlar olinadi - neftkimyosi, yog‘och kimyosi, koks kimyosi va boshqalar); sintetik (bir turdagi mahsulot har xil xom ashyodan tayyorlanadi); to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bir turdagi xom ashyo bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi). Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling