Menejment” kafedrasi “soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha Bakalavriatning Yeutt va barcha noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun


Download 1.9 Mb.
bet8/61
Sana15.09.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1678778
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Bog'liq
SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI fandan masala va mashqlar to\'plami (1)

Bashoratning maqsadi - bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo‘jalikning umumiy axvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan- texnika taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chikaruvchilarga ta’sir ko‘rsatishi, an’anaviy mahsulotlardan tashqari korxonani barqarorlik va raqobatbardoshlikka olib keluvchi yangi mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni belgilashdadir.
Bashorat- korxona, ob’yekt yoki xodisaning kelajakdagi axvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan mulohazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni xozirgi vaqtdan kelib chiqqan holda oldindan ko‘ra bilish deb ataladi. Iqtisodiy bashoratlarning asosiy vazifalari: rivojlanish maqsadlarini belgilash, optimal yo‘nalishlar va ularga erishish vositalarini izlab topish, resurslarni va ko‘yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan cheklashlarni aniqlash.
Rejalashtirish - balans, me’yoriy, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo‘yicha, ko‘p variantli hisob-kitob usullaridan iborat.


AMALIY MASHG‘ULOTNI BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR


Topshiriq. Mavzuga doir muammoli vaziyatlarni yechimini toping.
Muammolar yechimini izlashda “Fikrlar hujumi” usulidan foydalaning.
1-ilova
Fikrlar hujumi – amaliy yoki ilmiy muammoni hal qilishda g‘oyalarni guruh bo‘lib ilgari surish usuli. Fikrlar hujumi vaqtida ishtirokchilar birgalikda qiyin masala yoki muammoni yechadilar. Iloji boricha ko‘proq g‘oyalar taklif etilib, ular tanqid ostiga olinmaydi. Bu usulning afzalligi ham shundan iborat bo‘lib, har qanday g‘oya, hatto mantiqsizlari ham hisobga olinadi. Ularning hammasi yoziladi, tahlil qilinadi, baxolanadi va shundan knyingina ularning ichidan eng samarali, optimal ratsional yechimi tanlab olinadi.
Fikrlar hujumida quyida keltirilgan 3 ta muammo bo‘yicha guruh talabalari 3 ta kichik guruhga bo‘linadilar. Har bir kichik guruh ishtirokchilari o‘zaro birlashib, muammo va kichik muammolar ustida ishlaydilar. Munozara 1 soatgacha davom etadi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling