Ллмлмллмщм0Buyrak tosh kasalliklarida qo’llaniladigan ayrim dorivor o’simliklar


Download 455.46 Kb.
bet1/32
Sana05.01.2022
Hajmi455.46 Kb.
#225033
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Buyrak tosh kasalliklari


Ллмлмллмщм0Ллмлмллмщм0Buyrak tosh kasalliklarida qo’llaniladigan ayrim dorivor o’simliklar

Kirish


I BOB. Siydik ayirish tizimi haqida umumiy tushuncha

    1. Siydik tanosil organlarining tuzilishi

    2. Siydik hosil bo’lish mexanizmi

    3. Buyraklar faoliyatining boshqarilishi

II bob Buyrak tosh kasalliklarini

2.1. Buyrak tosh kasalliklari haqida umumiy tushuncha

2.2. Buyrak tosh kasalliklarini viloyatlar bo’yicha tarqalishi

2.3. Buyrak tosh kasalliklarini davolashda ayrim shifobaxsh o’simliklar

2.4 Buyrak tosh kasalligining ekologiyaga bog’liqligi

III BOB Innovatsion texnologiyalari

3.1. Bir soatlik dars ishlanmasi

Xulosa


Amaliy tavsiyalar

Foydalanilgan adabiyotlar



KIRISH

Bizda o’sib kelayotgan yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash birinchi darajadagi vazifalardan biridir.Chunki yoshlar bizning kelajagimiz, ular ota – ona va vatanimizning ishini davomchilari hisoblanadi. Jamiyatda ongli, jismonan baquvvat, aqlan yetuk inson yetishtirib, tarbiyalash davr taqozosidir.

Yoshlarni tibbiy madaniyatga ega bo’lishlarida biz ularga avvalo o’z organizmlarini tuzilishi va vazifalarini bilishlari haqida bilim va ko’nikmalarni hosil qilishimiz zarur. Ushbu magistrlik desertatsiya ishimizni ham tarbiyaviy maqsadi ham o’smirlar bolalar va o’quvchilarda siydik ayirish organlarining tuzilishi, buyraklarning faoliyati va ularda uchraydigan kasalliklar hamda ushbu kasalliklarni xalq tabobati yordamida davolashda foydalanuvchi ko’pgina shifobaxsh o’simliklar haqida yoshlarga bilim va ko’nikmalarni hosil qilishdir. Ushbu magistrlik desertatsiya mavzusi doirasida biz o’quvchi yoshlarimizda atrofdagi o’zlarini o’rab turgan ona tabiatga ijobiy munosabatda bo’lish, xususan noyob o’simliklar shu jumladan dorivor o’simliklarga nisbatan ehtiyotkor munosabatda bo’lish ko’nikmalarini hosil qilish bilan birga ularga ekologik va estetik tarbiya hislatlarini yuzaga chiqarish, bu ham mavzu doirasidagi tarbiyaviy ta’limiy ahamiyatlardan biri sanaladi.

Siydik ayirish a’zolari tuzilish va rivojlanish nuqtayi nazaridan tanosil a’zolari bilan birga o’rganilsa-da, vazifasiga ko’ra, bu ikki tizim bir-biridan mutlaqo farq qiladi. Siydik ayiruvchi a’zolar qon tarkibidagi ortiqcha suyuqlikni siydik (shlak) sifatida siydik yo’llari orqali tashqariga chiqarib tashlash vazifasini bajaradi. Tanosil organlari esa ko’payish, zurriyot qoldirish vazifasini bajaradi.

Mavzuning dolzarbligi. Bizningcha yoshlar va o’smirlar buyrak faoliyatining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklari, ularning yuzaga kelishi sabablarini bilsalar hayotlari davomida birinchi navbatda o’z organizmlarida boradigan jarayonlarga sezgir bo’ladilar.

Hozirgi paytda aholi o’rtasida xalq tabobati ommalashib ketmoqda. Xalq tabobati vositalari zamonaviy dorilardan hech qolishmaydi. Shu jihatdan ham ushbu muammo dolzarb hisoblanadi.

Ushbu magistrlik desertatsiyasida siydik ayirish organlari kasalliklarini shifobaxsh o’simliklar bilan davolash haqida ma’lumot beramiz.

Ushbu magistrlik desertatsiyasida buyrak kasalliklaridan, Glomerulonefrit, Tubulointertisial nefrit, siydik – tanosil organlari kasalligi O’tkir pielonefrit, buyrak – toshi kasalliklari haqida va ularni davolashda qo’llaniladigan shifobaxsh o’simliklar haqida ma’lumotlar beriladi.

Ishning ilmiy va amaliy vazifasi. Ishning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, talabalar, maktab, kasb – hunar kollej va litsey o’quvchilariga ushbu bitiruv malakaviy ishi orqali siydik ayirish organlari kasalliklari va ularni davolashda qo’llaniladigan shifobaxsh o’simliklar haqida ma’lumotlar oladilar.


Download 455.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling