Lmashlab ekish slayd


Dalalarni navbatlab joylashtirish


Download 6.82 Mb.
bet3/4
Sana02.12.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1780710
1   2   3   4
Bog'liq
3-амалий машғулот Алмашлаб экиш

Dalalarni navbatlab joylashtirish

  • Lalmikor sharoitda don-shudgor almashlab ekish qoʼllaniladi.
  • Аlmashlab ekishda ekinlar maʼlum dalalarda navbatlanish tartibi boʼyicha joylashtiriladi, bunda dalalar soni 2-4 dan 10-12 tagacha boʼladi.
  • Masalan 10 dalali almashlab ekish boʼlsa dalalar 10 taga boʼlib ekinlar unda navbat bilan joylashtiriladi.
  • Bir qancha ekin ekiladigan almashlab ekish dalasiga dalalar toʼplami deyiladi.

Oʼtmishdosh ekinning ahamiyati

  • Oʼtmishdosh ekinning ahamiyati
  • Аlmashlab ekishda oʼtmishdosh ekin muhim ahamiyatga ega.
  • Oʼtmishdosh ekin deb, muayyan dalada oldingi yillarda ekilgan ekin turlariga aytiladi.
  • Oʼtmishdosh ekinlarga qoʼllaniladigan agrotexnik tadbirlar (erni ishlash, parvarishlash, oʼgʼitlash, sugʼorish kabilar) undan keyin ekiladigan ekinlarni oʼsishi rivojlanishi va hosildorligiga katta taʼsir koʼrsatadi.
  • Shuning uchun dalalar tarixini bilish (yillar davomida ekilgan ekin turi, agrotexnikasi) muhim ahamiyatga ega.
  • Bu maʼlumotlar dala tarixi kitobida qayd qilib boriladi.
  • Sugʼoriladigan yerlarda barcha ekinlar uchun beda eng yaxshi oʼtmishdosh hisoblanadi.
  • Lalmikor sharoitda esa toza shudgor yaxshi oʼtmishdoshdir.

Rotatsiya deb nimaga aytiladi

  • Ekinlarni maʼlum bir navbat bilan belgilangan almashlab ekish sxemasiga koʼra har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqtga almashlab ekish rotatsiyasi deyiladi. Rotatsiya soʼzi lotincha – rotatie- soʼzidan olingan boʼlib davra aylanishi degan maʼnoni bildiradi.
  • Аlmashlab ekiladigan dalalar soni rotatsiya yillari soniga toʼgʼri keladi.
  • Ekinlarni rotatsiya davrida yillar va dalalar boʼyicha navbatma-navbat joylashtirish rejasi rotatsiya jadvali deb ataladi.

Almashlab ekish sxemalari asosida rotatsiya jadvalini tuzish.

  • Almashlab ekish sxemalari asosida rotatsiya jadvalini tuzish.
  • Almashlab ekishning har qaysi dalasida ma’lum vaqt davomida ekinlarni izchillik bilan navbatlab ekish rotatsiya deb ataladi. Odatda, almashlab ekish dalalar soni rotatsiya yillari soniga mos keladi. Bir rotatsiya davomida yillar va dalalar bо‘yicha ekinlarni navbatlash rejasi belgilanadigan jadval rotatsiya jadvali deb ataladi. Almashlab ekishda ekinlar nomi о‘rniga, unga kiradigan о‘simliklar guruhi, masalan, kuzgi, bahorgi g‘alla ekinlari va boshqa ekinlar kо‘rsatilishi mumkin, bu ekinlar guruhining rо‘yxati va ularni navbatlash almashlab ekish sxemasi deb ataladi.
  • Ekinlarni har yili yoki bir necha yil о‘tgach almashtirish mumkin. Masalan, g‘о‘za almashlab ekishda bitta dalaga surunkasiga bir necha yilgacha g‘о‘za ekiladi.
  • Tavsiya etiladigan almashlab ekish sxemalari
  • О‘zbekistonning sug‘oriladigan tumanlari tuproq-iqlim sharoitiga qarab ikki mintaqa bо‘linadi.
  • Birinchi mintaqa – bо‘z tuproqli, bu mintaqaning tuproqlari – tо‘q tusli tuproq, och bо‘z tuproq, о‘tloqi-bо‘z tuproq va о‘tloqi tuproqlardan iborat.
  • a) bu mintaqada navbat bilan ekishning quyidagi sxemasi qо‘llanilishi mumkin:
  • 1) 12 dalali (2: 6: 1: 3) almashlab ekish – bunda 9 ta dalaga g‘о‘za, 3 ta dalaga yem-xashak ekinlari ekiladi, paxtachilik 75% bо‘ladi.
  • 2) 10 dalali (3: 7) almashlab ekish – bunda 7 ta dalaga g‘о‘za va 3 ta dalag em-xashak ekinlari ekiladi, paxtachilik 70% bо‘ladi.
  • Ikkinchi mintaqa – chо‘l mintaqasining tuproqlari taqir tuproq, taqir-о‘tloqi tuproq, о‘tloqi va sur-qо‘ng‘ir tusli tuproqlar:
  • a) yuqori darajada madaniylashtirilgan, kam shо‘rlangan va qat’iy yuvilgan tuproqli yerlarda quyidagi sxemalar tavsiya etiladi:
  • 1) 10 dalali (3:7 va 1:4:1:4) almashlab ekish.
  • 2) 12 dalali (2:6:1:3) almashlab ekish.
  • b) kam darajada madaniylashtirilgan, asosan о‘rtacha shо‘rlangan tuproqli yerlarda quyidagi sxemalarni qо‘llash mumkin:
  • 1) 9 dalali almashlab ekish (3:6).
  • 2) 10 dalali almashlab ekish (3:7).
  • v) kuchli shо‘rlangan tuproqli yerlarda quyidagi sxema qо‘llaniladi:
  • 1) 9 dalali almashlab ekish (3:6).

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling