Lms turlari va imkoniyatlari


Download 30.1 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi30.1 Kb.
#1048722
1   2   3
Bog'liq
LMS turlari

2.Moodle.
Bu dasturiy mahsulot dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlarida ishlatiladi.
Bepul tarqatiladigan bu dasturiy majmua o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan foydalanuvchilarning ko‘plab talablarini qanoatlantira oladi.
Masofadan turib ta’lim olish muhiti hisoblanib, sifatli masofaviy kurslarni yaratish uchun mo‘ljallangan.
Moodle masofaviy ta’limda o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng doiradagi, jumladan, o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazoratini amalga oshirish kabi imkoniyatlarni beradi.
LearnDash .Ommabop kontentni boshqaruv tizimi (CMS)da sinflar yaratish, ularni boshqarish, o‘zgartirish va nashr etish imkonini beruvchi ishonchli plagin.
Bu plagin WordPress platformasi tarkibida ishlaydi. Shu sababli, agar ta’lim muassasasi kompyuteriga WordPress o‘rnatilgan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda LearnDash plaginini o‘rnatgan holda o‘quv kurslarini yaratish mumkin
Plagin bir necha kursni yaratish va ularning tarkibini bitta sinfdan boshqa sinfga nusxalash imkonini ham beradi. Shuningdek, kontent tarkibidagi funksiyalar yordamida sertifikat hamda nishonlarni rasmiylashtirish mumkin.
Hozirgi kunda qolgan manbalarni jamlash va tizimlashtirish uchun Moodle Centerda http://moodle-center.ru sayti yaratilgan. Ushbu sayt vaqt oʻtishi bilan ommalashib Moodle tizimining ishlashi haqida ma’lumotlar joylashtirila bordi va tizimning asosiy manbasiga aylandi.
Moodle tizimi bu masofaviy ta’lim va elektron ta’limni qo’llab quvvatlovchi tizim hisoblanadi. Uning imkoniyatlari bilan tanishib chiqamiz.
Masofaviy ta’lim – zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari vositasida masofadan turib ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish orqali ma’lum fan yoki soha boʻyicha oʻqitish shakli boʻlib, an’anaviy ta’limga nisbatan oʻziga xos avzalliklarga ega. U bir vaqtning oʻzida jamoaning keng qatlamiga ta’lim berishda qoʻl keladi. Fan-texnika rivojlanishi tufayli oʻquvchilarga berilishi zarur boʻlgan axborot miqdori nihoyat darajada koʻpayib bormoqda. Bu axborotlarni talabalarga an’anaviy usul va vositalar yordamida yetkazib berish murakkab vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Bugungi kunda talabalarga bilim berish jarayonida masofadan turib oʻqitish juda zarur vositalardan biri boʻlib, jahon miqiyosida bu sohada katta yutuqlarga erishilmoqda. Bunga misol tariqasida MOODLE tizimida masofadan ta’lim berishni misol qilib olish mumkin.
Moodle-bu sayt tarkibiga kirivchi boshqarish tizimi bo’lib, oʻqituvchining onlayn-kurs yordamida dars berishiga moʻljallangan tizimdir. Moodle tizimi asosan mudulli ob’ektga moʻljallangan dinamik ta’lim muhitini boshqarish tizimi boʻlib hisoblanadi. Moodle tizimining asoschisi Avstraliyaning Curtin universiteti “Kompyuter ilmi va ta’lim” yoʻnalishi oʻqituvchisi Martin Dougiamas boʻlib, u bu sistemani yaratish gʻoyasini 1999 yilda ilgaru surdi va 2002 yilda Moodle 1.0 tizimini yaratdi. Bu sistema bepul kengaytirilgan dasturiy kompleks boʻlib, oʻzining funksional imkoniyatlariga asosan keng miqiyosida masofaviy ta’lim olivchilarga qulayliklar yaratib beradi. Bugungi kunda moodle tizimidan jahonning nufuzli universitetlari ta’lim berish jarayonida foydalanib kelmoqda. Moodle – masofaviy ta’limni boshqarish tizimining bugungi kunda jahonning 200 ga yaqin mamlakatlarida 70 tilga moʻljallangan 46 mingdan ortiq ta’lim portallari boʻlib, unga 2 mlnga yaqin foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtkazilgan va ular 300 dan ortiq ishlab chiqaruvchi dasturchilarni oʻzida mujassamlashtirgan.
Moodle tizimini quyidagi maqsadlarda ishlatish mumkin:
Masofaviy ta’lim uchun – bunda oʻqituvchi va talaba ko’p vaqtda yuzma-yuz uchrashmasdan ta’lim olib boriladi;
Ta’limning masofaviy qoʻllab-quvvatlanishi-elektron ta’lim vositalari asosida talabalar Moodle tizimidan foydalangan holda topshiriqlarni olishi va uni tekshirish uchun yuborishlari mumkin;
Amaliy topshiriqlarning, testlarning bajarilishi elektron ta’lim tizimi moodleda o’quv mashgʻulotlari vaqtida amalga oshiriladi.

Moodle tizimi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:


Oʻqituvchi va talabaga ta’lim olish uchun qulay vaqt va joyning tanlash imkoniyatining mavjudligi;
Bilimning puxta oʻzlashtirilishi;
Oʻqituvchi va talabaning kerak boʻlgan vaqtdagina muloqotda boʻlishi. Agar talaba topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib borsa, u oʻqituvchi bilan muloqotda boʻlib boradi.
Ta’limning individualligi;
Vaqt va pulning tejalishi-oʻquv mashgʻuloti uchun vaqt va pulning sarflanishiga zaruriyat boʻlmaydi.
Moodle serverga oʻrnatiladi, foydalanuvchi tarmoq orqali brouzerlar yordamida unga kirish imkoniyatini oladi.
Tarmoqda “mijoz” kompyuterlar uchun talab unchalik yuqori emas-asosan brouzer ishlasa boʻldi, shuning uchun hozirgi kundagi mavjud barcha internetga ulana oladigan kompyuterlardan ushbu tizimnida foydalana olish imkoni mavjud.
Moodle tizimida foydalanuvchilarning soniga chegaralar yoʻq, barcha chegaralashlar serverning texnik xarakteristikasiga bogʻliq. Bundan kelib chiqib Moodle tizimini barcha kompyuterlarga oʻrnatish kerakmi? Degan savol tugʻiladi yoʻq, faqat siz foydalanayotgan kompyuter internet tarmorgʻiga ulangan boʻlsa yetarli.
Moodle tizimini oʻrnatish va sozlash. Birinchi sahifada Moodle tizimiga kirish uchun login-parol koʻrinishini tashkil etishda quyidagi amallar bajarilishi kerak; “Administrirovaniya” blogidan “Bezopastnost” tanlanadi va undan “Politiki bezopastnosti sayta” tanlanadi. Yuklangan sahifadan “Prinujdat polzovateley voyti v sistemu” belgilab olinadi.
Foydalanuvchilarning oʻzlari mustaqil qayt etilishlari uchun esa, “Nastroyka” blogida ketma-ket “Plagini => Autentifikastiya => Nastroyki autentifikastii” ga oʻtib, hosil boʻlgan “Samostoyatelnaya registrastiya” roʻyhatidan “Samostoyatelnaya registrastiya po elektronnoy pochte” tanlanadi

Download 30.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling