Ikkinchi guruh usullari. Rentgenologik usuli va uning turlari (rentgenoskopiya, rentgenografiya). Birinchi marotaba P.F.Lesgaft tomonidan anatomiyada qo‘llanilgan. Rentgenologik usuli yordamida tirik
organizmda a‘zolarni tuzilishini, joylashuvini turli funktsional holatlarda, yoshga qarab o‘zgarishlarni o‘rganishda keng foydalaniladi. Oxirgi yillarda rangli rentgenoskopiya usuli tomografiya usuli bilan birgalikda qo‘llanilib, tirik
organizmning strukturalarini rangli tasvirda qatma-qat qatlamlarini ko‘rish imkoniyatini vujudga keltirdi.
Antropometrik usuli – odam tanasining jismoniy taraqqiyot darajisini aniqlash maqsadida, inson gavdasining shakli murakkab tuzilganligi sababli uning o‘lchovlarini aniqlashda qo‘llaniladi. O‘lchashning 2 usuli farqlanadi – total va partsial o‘lchovlarni aniqlash. Total o‘lchovlariga – tananing massasi, uzunligi va ko‘krak qafasining aylanmasini o‘lchovlari kiradi. Partsial o‘lchovlariga – tananing tashkil etuvchi ayrim qism yoki zvenolarni bo‘yiga, ko‘ndalangiga va
aylanma ko‘rsatkichlarini aniqlashi kiradi. Bu o‘lchovlar asosida tanani proportsiyalarini, tana massasini belgilovchi to‘zimlarini miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Tana massasi tarkibini yog‘, muskul, suyak komponentlari tashkil etadi. Komponentlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari asosida tana somatotipi aniqlanadi.
3. Somatoskopik usuli - yaxlit odam tanasini yoki uni tashkil etuvchi qismlarini sirtdan tekshirish. Bu usul asosida ko‘krak qafasining shakli, muskullarning va teri osti yog‘ qatlamini rivojlanish darajasini, umurtqa pog‘onasining qiyshiqliklarini, tana konstitutsiyasi xususiyatlarini aniqlash mumkin. Tibbiyotda bu usul 3 yo‘lda olib boriladi: a) palpatsiya - paypaslab ko‘rib o‘rganish yo‘li. b) perkussiya – barmoq yoki bolgacha bilan tukillatib ko‘rib aniqlash yo‘li. v)
auskultatsiya – maxsus eshituv asboblar yordamida eshitib ko‘rish yo‘li.
Ko‘rsatilgan usullar a‘zolarni soglom yoki kasallangan holatini ajratishda katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |