Loboratoriya mashg`ulotlari mashg‟ulot №: tadqiqot usullari. Anatomik atamalar. Umurtqa pog‟onasining tuzilishi. Ishdan maqsad


Download 14.44 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi14.44 Kb.
#1472812
  1   2   3
Bog'liq
1-Lob-Tadqiqot usullari...


LOBORATORIYA MASHG`ULOTLARI

MASHG‟ULOT №: 1. TADQIQOT USULLARI. ANATOMIK ATAMALAR. UMURTQA POG‟ONASINING TUZILISHI.

Ishdan maqsad: Tadqiqot usullari (murdalarda va tirik odamlarda) bilan tanishish. Tana satxlari. Anatomik atamalarni o’rganish. Umurtqa pog‘onasining tuzilishini o‘rganish.
Nazariy tushuncha: Anatomiyani o’rganish usullari. Anatomiya fani o‘zining tarixiy rivojlanish davrida odam tanasini tuzilishini o‘rganishda turli
xil usullarni ishlab chiqqan. Har bir usul ma‘lum bir tarixiy davrda ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘sha davrga hos bo‘lgan fanning taraqqiyot darajasiga muvofiq. Xozirgi zamon morfologik usullarni 2 guruxga bo‘lish mumkin. Birinchi gurux usullaridan murda ustida o‘rganilganda foydalaniladi. Ikkinchi gurux usullar texnika vositalaridan foydalangan holda tirik odam organizmini o‘rganishda qo‘llaniladi.
Birinchi guruh usullari quyidagilar:
Kesib ochish usuli – qadimiy usullardan biri bo‘lib, birinchi marotaba Gerofil va Erazistrat tomonlaridan qo‘llanilgan. Bu usulni Andre Vezaliy yuqori darajada rivojlantirgan. Kesib ochish usulining asosiy vositalari – bu pichoq, skalpel, qaychi va arra bo‘lishi mumkin. Kesib ochish usuli yordamida organlarni tuzilishini, joylashuvini o‘rganib, ulardan preparatlar tayyorlash mumkin. Mo‘zlagan murdalarni arralash usuli - Bu usulni birinchi bor buyuk xirurg va anatom
N.I.Pirogov qo‘llagan. Arralash usuli yordamida organizmning ma‘lum sohasiga hos bo‘lgan a‘zolar topografiyasini, bir-biriga nisbatan joylashuvini aniq o‘rganish mumkin.
To’ldirish yoki in‟ektsiya usuli – ichi bo‘sh a‘zolarni ichini maxsus rang beruvchi suyuq massalar bilan to‘ldirish. So‘ng a‘zoning to‘qimalari glitserin, metil spirti yordamida eritiladi. Bu usul yordamida qon aylanish va limfatik sistemalarni, o‘pkalarni, bronxial daraxtini shoxlanishini o‘rganishda foydalaniladi.
Korroziya yoki yemirish usuli – Bu usul in‘ektsiya usuliga o‘xshash bo‘lib, ichi bo‘sh a‘zolar tez qotadigan moddalar bilan to‘ldiriladi. Bir oz vaqt o‘tgach a‘zo ichidagi modda qotib qoladi, so‘ngra uni turli kislota yoki ishqorlar suyuqligiga solinsa, a‘zo to‘qimalari yemiriladi va bo‘shligiga yuborilgan modda esa a‘zolar shaklini saqlab qoladi. Qotib qoluvchi moddalar sifatida parafin, plastmassa yoki suyuq metallar bo‘lishi mumkin. Gistologik usuli – yorug‘lik va elektron mikroskoplar ostida to‘qima va hujayralarni nozik tuzilishini o‘rganish. Murdalardan olingan a‘zo va to‘qimalarni bo‘lakchalariga autopsiya deyiladi. A‘zolardan olingan bo‘lakchalar maxsus suyuqliklarda – 12% formalinda, 70 spirtda, FSU – bu formalin, spirt va sirka kislotasining eritmasida va boshqa tarkibli eritmalarda fiksatsiyalanadi. Bunda to‘qima va xujayralarning hayotiy strukturasi saqlanib qoladi. So‘ngra tekshirilayotgan materialni ravshanlashtirish maqsadida kontsentratsiyasi oshib borayotgan spirtlardan o‘tkaziladi. Keyingi bosqichda a‘zolarning nozik strukturasi maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi, mikropreparat tayyorlanadi va mikroskop ostida tekshiriladi.

Download 14.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling