Qishloq xo’jalik va uy hayvonlarining urg’ochilik jinsiy organlarni tuzilishi darsning maqsadi


Download 18.24 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi18.24 Kb.
#1311764
  1   2
Bog'liq
urgochilik jin


QISHLOQ XO’JALIK VA UY HAYVONLARINING URG’OCHILIK JINSIY ORGANLARNI TUZILISHI

Darsning maqsadi: Har xil hayvonlarni (sigir, qo’y, echki, cho’chqa, it va baytal) urg’ochilik jinsiy organlarini( tuxumdon, tuxum yo’lini) anatomik tuzilishini o’rganish. Har xil hayvonlarni (sigir, qo’y, echki, cho’chqa, it va baytal) urg’ochilik jinsiy organlarini(bachadon, qin, siydik jinsiy dahlizini ) anatomik tuzilishini o’rganish.


Ko’rgazmali qurollar: rasm, sxema, biya, sigir, qo’y, echki, cho’chqa va itlarni urg’ochilik jinsiy organlarini ho’l preparati.
Darsning mazmuni: Tuxumdon – ovarium - juft organ bo’lib, asosiy tuxum hujayrasi etishtiruvchi, o’qtiruvchi organ. Tashqi tuzilishi bo’yicha uy hayvonlarida ko’pincha ellips shaklida bo’ladi. Cho’chqalarda oqish notekis, qolgan hayvonlarda tekis bo’ladi. Tuxumdon qorin bo’shligida buyrakdan keyin oraliq buyrak joyida joylashgan. Ustki tomondan tuxumdon epiteliy to’qimaqi bilan qoplangan. Ko’ndalang kesimida ikki zonaga bo’linadi: follikulyar zona – zona follicularis - tuxumdon pardasiga yaqin joylashadi va qoldiq epiteliy to’qimalaridan iborat bo’lib, ko’p follikulalardan, yangi o’sayotgan tuxum hujayralaridan iborat. Etilgan tuxum hujayralari (Graaf pufakchasi) tuxumdondan ko’rinib turadi va do’ngsimon bo’ladi; qon tomirlar zonasi - zona vascullosa - tuxumdon darvozasidan boshlanadi, bundan arteriya, vena va nerv tomirlari kiradi. Shu erda tuxumdon bel oblastiga osilib turadi.
Tuxumdonning ikki cheti, naysimon bachadon tomonga qaragan yuzasi, erkin pardaga tutashgan cheti, yon va o’rta yuzasi bo’ladi. tuxumdonning naysimon qismiga tuxum yo’lining voronkasi, bachadonga qaragan qismiga esa tuxumdon payi - lig. ovarii proprium birlashadi. Tuxumdonda ishlangan tuxum hujayralar aniq yo’l bilan emas, balki graaf pufakchalari yorilishi natijasida tuxum yo’liga tushadi.
Yetilgan follikula pufakchalari yorilishi natijasida tuxum follikulyar suyuqlik tuxum yo’liga tushadi, bu prosess ovulyasiya – ovulatio deyiladi. Yorilgan graaf pufakchasi o’rnida follikulyar epiteliy hisobidan sariq tana - corpus luteum rivojlanadi. U ichki sekresiya bezidir. U hayvon bug’oz vaqtida yaxshi rivojlanadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar tuxumdoni oval shaklda bo’lib, belning yonbosh suyagiga yaqinroq joyida osilib turadi. Sigirlar tuxumdoni 14 – 19 g, qorako’l qo’ylarniki 1,7 g, echkilarniki 2,5 g gacha bo’ladi. cho’chqalar tuxumdoni V – VI bel umurtqasi ro’parasida joylashadi. Uning yuzasi tut mevasi singari g’adir –budur bo’ladi, chunki ular ko’p bola tug’adi. Bir tuyoqlilarning tuxumdoni yosh vaqtida ellips shaklda bo’lib, katta yoshida loviya shakliga kiradi. Uning erkin yuzasida ovulyasiya chuqurchasi bo’ladi. tuxumdon seroz parda bilan o’ralgan. Uning uzunligi 5 – 8 sm, vazni 80 g keladi. Itlar tuxumdoni III – IV bel umurtqasi ro’parasida joylashadi.
Tuxum yo’li - tuba uterine s. oviductus egri naycha bo’lib, tuxumdon bilan bachadon shoxi o’rtasida joylashadi. U tuxumdonda yetilgan tuxum hujayralarni bachadonga o’tkazish uchun xizmat qiladi. Tuxum yo’lining oldingi, tuxumdonga yopishgan qismi voronkali o’xshash kengaygan joy - infundubulum tubae uterinae hosil qiladi. Uning kertikli joyi tuxum yo’lining shokilasi - fimbria tubae deyiladi. Shokilaning bir oz qismi tuxumdonga qo’shilib, tuxumdon shokilasi - fimbria ovarica ni hosil qiladi, unga yetilgan tuxum tushib turadi. Tuxum yo’lining devori uch qavatdan: ichki – shilimshiq, o’rta muskul va tashqi – seroz qavatlardan tuzilgan: ichki qavat tebranuvchi epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo’lib, ular sekin harakatlanishi natijasida, tuxum hujayrani tuxumdondan bachadon tomon haydaydi. Seroz parda tuxumdon pardasining davomi bo’lib, tuxumdon burmasi (tuxumdon pardasi) - mesosalpinx deyiladi. Bu parda bachadonning keng payi - lig. latum uteri dan kelib chiqadi. Tuxum yo’lining orqa qismi bachadon teshigi - ostium uterinum tubae ni hosil qilib tugaydi. Tuxum yo’lining uzunligi sigirlarda 21 – 28 sm, kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlarda 14 – 26 sm, biyalarda 10 – 30 sm, cho’chqalarda 15 – 30 sm, itlarda 4 – 10 sm gacha bo’ladi.
Bachadon – uteris s. metra - uy hayvonlarida homila o’sadigan joy bo’lib sanaladi. Bachadon devori 3 qavatdan iborat: a) shilimshiq qavati – endometrium - bezlari bo’lib, boshlanish vaqtida homilaga oziq moddalarni etishtirib beradi; b) muskul qavati – miometrium - rivojlangan bo’lib, bug’ozlikni oxirida bolani tashqariga chiqazishga yordam beradi; v) zardob parda – paerimitrium - tashqi tomondan o’rab turadi va bachadon erkin harakat qilishiga sharoit yaratib beradi.
Sut emizuvchi hayvonlarda bachadon 4 tipga bo’linadi: a) qo’shaloq bachadon – uteris dublex - har biri qinga o’z teshigi yordamida ochiladi. Bunday bachadon fillarda uchraydi; b) ikkiga bulingan bachadon – uteris bipartitus - ularning bo’yni qo’shilgan bo’ladi va bir teshik bilan qinga ochiladi. Bunday bachadon kemiruvchilarda uchraydi; v) ikki shoxli bachadon – uteris bicornus - tanasi, bo’yni va shoxi aniq ko’rinib turadi. Shoxiga - cornea uteris, bo’yniga - collum uteris va tanasiga - corpus uteris deyiladi. Bunday bachadonlar uy va qishloq xo’jalik hayvonlarida uchraydi; g) oddiy bachadon – uteris simplex - uning tanasi, bo’yni bo’lib, faqat tuxum yo’li juftdir.
Qin – vagina - tos bo’shligining oxirida to’g’ri ichakni pastki qismida joylashadi. homilani chiqaradi va eyakulyatsiyaga sharoit yaratib beradi.
Siydik jinsiy dahlizi – vestibulum vaginae s. urogenitalae – u orqali homila va siydik tashqariga chiqib ketadi. Sindan dahliz iffat pardasi – hymen - orqali ajralib turadi. Bu erda dahlizning katta va kichik bezlari va uyat lablari bo’ladi.
Klitor – clitor – kelib chiqishiga ko’ra erkaklik jinsiy a’zosini (olotni) kovak tanalari hisoblanadi. U jinsiy aloqada sezuvchanlikni oshiradi.

Download 18.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling