Loboratoriya mashg`ulotlari mashg‟ulot №: tadqiqot usullari. Anatomik atamalar. Umurtqa pog‟onasining tuzilishi. Ishdan maqsad
Download 14.44 Kb.
|
1-Lob-Tadqiqot usullari...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umurtqa pog‟onasi
- Ish uchun kerakli jihozlar
4.Endoskopik usuli – ichki a‘zolarni ichki yuzalarini va a‘zolar ichida ro‘y berayotgan jarayonlarni tekshirish mumkin. Endoskop asbobi yordamida hazm tizimining a‘zolarini, nafas olish tizimining a‘zolarini, Yurak, qon tomirlarni, siydik ajratish tizimining a‘zolarini chuqur o‘rganish mumkin.
Umurtqa pog‟onasi bir-birining ustida joylashgan alohida umurtqalar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, bular bo‘yin umurtqalari - 7, ko‘krak umurtqalari - 12, bel umurtqalari - 5, dumg‘aza umurtqalari - 5, va dum umurtqalari – 4-5. Voyaga yetgan odamda dumg‘aza va dum umurtqalari birlashib, alohida dumg‘aza va dum suyagini hosil qiladi. Umurtqa pog‘onasining o‘rtacha uzunligi erkaklarda 73-75 sm, ayollarda esa - 69-71 sm gacha bo‘ladi. Har qaysi ayrim umurtqada old tomonda joylashgan tana va orqa tomondagi ravog‘i farqlanadi. Ravog‘ umurtqa tanasiga ikkita oyoqchasi orqali birlashib, umurtqa teshigini hosil qiladi, hamma umurtqalarning teshiklari qo‘shilishi natijasida umurtqa kanalini hosil bo‘ladi. Umurtqa kanalining mustaxkam suyakli devori orqa miyani yaxshi muxofaza etadi. Umurtqalar tanalari orasida umurtqalar-aro disklari joylashgan, ular kollagen-tolali tog‘aydan tuzilgan bo‘lib, harakatlarni amortizatsiyasini ta‘minlaydi. Umurtqa ravog‘idan toq va juft o‘siqlari chiqqan bo‘ladi. O‘siqlarni umumiy soni 7 bo‘lib, ulardan bittasi toq sonda, qolganlari 3 juft bo‘ladi. Umurtqa ravog‘ining o‘rta qismidan orqa tomonga bitta o‘tkir qirrali o‘siq, ikkala yonbosh qismidan esa bittadan ko‘ndalang o‘siqlar va ikki juft bo‘g‘im o‘siqlari ko‘rinadi. Bu yuqorigi va pastki bo‘g‘im o‘siqlari bo‘lib, umurtqalarni bir-biri bilan birikishini ta‘minlaydi. Ish uchun kerakli jihozlar: Rangli atlaslar, plakatlar, skelet, suyaklar. Ishning borishi: Talabalar rangli plakatlar, atlaslardan, odam skeletidan va suyaklardan ko‘rib o‘rganishadi. Ishni rasmiylashtirish: Talabalar anatomiyada tadqiqot usullari, anatomik atamalar va ularni ma‘nolari, umurtqa pog‘onasi suyaklarini rangli ko‘rinishda albomlariga chizib, qisqacha konspekt qilishadi. Download 14.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling